7-bob. Kompyutertar moqlarining texnik vositalari


-rasm. Ikkita II klass konsentratorlarini ulash



Download 2,08 Mb.
bet7/29
Sana29.12.2021
Hajmi2,08 Mb.
#83092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
7-BOB комп.тарм. to'g'irlangan

7.4-rasm. Ikkita II klass konsentratorlarini ulash.

I klass konsentratorlari (repiterlari) – bu turdagi konsentratorlar segmentga kelayotgan signallarni raqamli ko‘rinishga o‘zgartiradi, so‘ng boshqa segmentlarga uzatadi. II klass konsentratorlaridan farqi, turli segmentlarda ishlatiladigan kodlarni o‘zgartirish imkoni bor, shuning uchun ularga bir vaqtda turli xil segmentlarni ulash mumkin, masalan, 100BASE-TX, 100BASE-T4 va 100BASE-G‘X turdagi segmentlarni. Lekin signalni o‘zgaritrish jarayoni vaqt talab qiladi, shuning uchun bu turdagi konsentratorlar sekin ishlaydi (standart bo‘yicha ulardagi ushlanish 140 bit oralig‘idan ko‘p bo‘lishi kerak emas). I klass konsentratorlari ancha erkin, ular kengayish bo‘yicha ancha keng imkoniyatlarga ega. Aynan shulardan shassi asosidagi murakkab konsentratorlar hosil qilishda ishlatiladi. Shuningdek, ulardagi ichki raqamli signallar shinasi mavjud bo‘lganligi uchun masofaviy ish stansiyalaridan boshqarish imkoniyati hosil bo‘ladi. Ya’ni tarmoq yuklamasini va portlar holatini, tarmoqdagi xatoliklarni qaytarish chastotasini nazorat qilish, shuningdek, nosoz segmentni avtomatik ravishda o‘chirish ishlarini masofadan amalga oshirish mum-kin bo‘ladi. Bu holda boshqarish stansiyasi bilan aloqa qilish uchun maxsus loyihalashtirilgan aloqa protokoli SNMP (Simple Network Management Protocol-prostoy protokol uprav-leniya setyu) ishlatiladi. Bunday masofaviy boshqarilish imkoniyati bor konsentratorni idrokli konsentrator deb ataladi (Intelligent Hub, intelektualnыy, idrokli). 1988-yili IAB (Internet Activities Board) komissiyasi tomonidan SNMP protokoli taklif qilingan. U RFC1067, RFC1098, RFC1157 hujjatlarida bayon qilingan. SNMP protokoli amaliy bosqichga tegishli bo‘lib, IP va IPX protokollari bilan ishlaydi. U tarmoq haqida axborot yig‘ishga imkoniyati bor, shuningdek, tarmoq qurilmalarini ham boshqarishi mumkin. SNMP protokoli ASN1 formatida matn fayllari ko‘rinishida tarmoq qurilmalari haqidagi axborotni saqlaydi deb bilinadi, ulardan har biri MIB (Management Information Base, bazaupravlyayuщeyinfarmatsii, boshqarish axborotlar bazasi) nomi bilan ataladi. Masalan, idrokli konsentratorlar bo‘lgan holda ulardan har bir portdan uzatilgan va qabul qilingan paketlar sonini o‘qish mumkin, shuningdek, har bir portni aloqadan uzib va yana ulash mumkin. Bular SNMP yordamida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlarning hammasi emas.

Tarmoq qurilmalarini boshqarish uchun, bu qurilma kontrolleri SNMP agentining dasturini bajarishi kerak. Agent dasturi, qo‘yilgan tizimdagi tarmoq haqidagi axborotni yig‘adi va bu tizim obyektlarini boshqaradi. Tarmoqni boshqaradigan ishchi stansiya (NMS-Network Management Station) – bu tarmoqqa ulangan komp’yuterlardan biri bo‘lib, bu komp’yuterga maxsus amaliy dastur paketi joylashtirilgan va qulay grafik ko‘rinishda tarmoq qurilmalarining holatini aks ettirib turadi hamda ularni boshqarish imkonini beradi.

SNMP protokoli uchta turdagi buyuruqlarni qo‘llaydi.

- GET buyurug‘i erkin tartibda axborot obyektlarining qurilmasining qiymatlarini o‘qiydi (MIB dan);

- GET NEXT buyurug‘i tartib bo‘yicha keyingi axborot obyektining qurilmasini qiymatlarini o‘qiydi;

- SET buyurug‘i axborot obyekt qurilmasining qiymatini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.

SNMP protokolining buyuruqlar deytogramma tarkibidagi (PDV-Protocol Data Unit) axborotlar moduli yordamida uzatiladi. Shuningdek, protokolda MIB kodlashtirish tipi haqidagi axborotni ham uzatishi ko‘zda tutilgan, shuning uchun turli qurilmalarda MIB turli formatga bog‘lanishi mumkin. Qator firma va standart MIB formatlari mavjud, tarmoq adapterlari uchun (MIB II), konsentratorlar, ko‘priklar va butun tarmoq uchun (RMON MIB), ularni SNMP qo‘llaydi



7.3.1.Kommutatorlar, Ko’priklar, Svichlar va marshrutizatorlar


Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish