6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Download 499,5 Kb.
bet57/59
Sana26.04.2022
Hajmi499,5 Kb.
#584784
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Ko`rdim.
Direktor:
26.X.2016

27.X.2016. Ona tili. 6-sinf.
MAVZU:Harakat nomining yasalishi
Darsning maqsadi:

  1. O‘quvchilarga harakat nomlarining yasalishi va turlanishi haqida bilim berish.

  1. O‘quvchilarda xalqparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash.

  1. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish. 
    Darsning metodi: 
    suhbat, o‘yin. 
    Darsning jihozi:


  1. 6-sinf ona tili darsligi.

  1. «Harakat nomi yasovchi qo‘shimchalar» nomli ko‘rgazma.

Dars tashkil etilib, uy vazifasi tekshiriladi va baholanadi. So‘ng yangi mavzuga oid topshiriqlar bajartiriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida topshiriqqa ko‘ra berilgan fe’llarni asos va qo‘shimchalarga ajratadilar hamda ulardagi tovush o‘zgarishlarini aniqlaydilar.
Namuna: tashuv-tashi+v. Bunda tashi asosiga harakat nomi yasovchi –v qo‘shimchasi qo‘shilganda asosning oxirgi bo‘g‘inidagi i unlisi u ga aylangan.
O‘quvchilarga ma’lum vaqt berilib, topshiriqdagi harakat nomlari qanday yasalganligini va fe’l asoslariga harakat nomlari yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilganda qanday tovush o‘zgarishlari hosil bo‘lganligini kuzatishni topshiradi hamda quyidagi savollar asosida o‘quvchilarni yangi mavzuga oid nazariy xulosalarga olib kelinadi: 

  1. Harakat nomi qanday qo‘shimchalar bilan yasaladi? 

  1. Harakat nomi yasovchi qo‘shimchalarning unli va undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilish tartibi qanday? 

  1. Harakat nomi qo‘shimchalari fe’l asoslariga qo‘shilganda qanday tovush o‘zgarishlari kuzatiladi?

So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi va mavzu yuzasidan nazariy bilimlar beradi.
Yangi mavzu mashqlar bajarish asosida yanada mustahkamlanadi. 132-mashqda berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga harakat nomlaridan mosini qo‘yib ko‘chirtirish asosida o‘quvchilarda harakat nomi yasovchi qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Namuna: Birovlarning gapini zimdan tinglash odobdan emas. (S.Anorboyev)
Bu gap asosida o‘quvchilarga axloqiy va Cho‘lponning vatan haqidagi fikrlari asosida vatanparvarlik tarbiyasini beriladi.
133-mashq topshirig‘iga ko‘ra o‘quvchilar avvalgi darslardagidek uch guruhga bo‘linib, harakat nomi shakllariga oid ko‘p so‘z topish va ular asosida gap tuzish yuzasidan bahslashadilar. Demak, mashq «Topqirlar va zukkolar bahsi» tarzida bajariladi.
134-mashq topshirig‘iga ko‘ra o‘quvchilar harakat nomi shakllariga egalik va kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘shish bilan shug‘ullanadilar.
Mashqlar bajarilgach, o‘qituvchi mavzu uchun berilgan savol va topshiriqlar asosida «mustahkamlash daqiqasi»ni o‘tkazadi.
135-mashq topshirig‘iga ko‘ra «Mening do‘stim» mavzusida harakat nomlarini qatnashtirib, qisqa ijodiy matn tuzish uyga vazifa qilib beriladi.



Download 499,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish