6-cинфлар учун



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/64
Sana03.03.2022
Hajmi4,73 Mb.
#481630
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Bog'liq
texnologiya va dizayn metallarga ishlov berish texnalogiyasi

 
PICHOQ TURLARI 
 
O’rta Osiyoda pichoq alohida razmiy ma’noda ya’ni barcha yovuzliklardan 
saqlash ma’nosida masalan, “dandon sopli pichoq” va “ karkesopli pichoq” lar 
iloxiy hisoblangan.. Bu pichoqlar kishini ins-jinsdan, yomonlikdan asrashda 
muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Pichoq dastasini ushlash ilon chaqishidan
ayollarni esa farzandsizlikdan asraydi deb irim qilishgan. Ushbu pichoqlar hozir 
ham noyob, hatto ustalar uchun ham kamyob hisob. pichoqni yasash jarayonida 
pichoqni tig’i o’tkirlash uchun ishlatiladigan suv tomoq og’rig’i hamda yurakni 
davolashda ishlatilgan. Bundan tashqari kashtachilikda, me’morlik bezagida, 
sopolchilikda pichoqni ramziy holatda tasvirlaydilar.
 To’g’ri pichoq 
— qadimdan ishlatilib kelinayotgan pichoq turi bo’lib, 
pichoq-chilikda pichoq tig’ining uchi qayrilmay to’g’ri chiqqan bo’ladi.Shuning 
uchun Marg’ilonda to’g’ri pichoq deb yuritiladi.Asakada bu pichoqni ribak, 
Namanganda esa to’g’ri pichoq yoki hanjar nusxa deb ataladi. 
Qaychi pichoq
— pichoqchilikda pichoqning bir shakli bo’lib,tig’ning uchi 
orqasiga ozgina qayrilgan bo’ladi.Uni qilichak pichoq chaqmoqi pichoq deb ham 
yuritiladi.
Bodomcha pichoq
— uning orqa qirrasi uchidan taxminan 4—5 smcha joyi 
ichiga kamalak bo’lib kirgan bo’ladi. Ko’qonda qozoqcha, Marg’ilonda qozoqi, 
Namanganda bodomcha va qozoqcha deb yuritiladi, Pichoqlar katta-kichikligiga 
ko’ra o’rtasuyamli, kezlik, bolapichoq va chalabuzar mardona pichoq turlariga 
bo’linadi. 
O’rtasuyampm pichoq
— pichoq turlaridan biri bo’lib,tig’ining uzunligi 
o’rtacha suyamda bir suyam keladigan pichoqdir. 
Kezlik pichoq
— pichoqchilikda balalar uchun moslab yasalgan pichoq. Uni 
bola pichoq va to’g’ri pichoq deb yuritiladi. Qiz to’yida kelinning ukasi yoki 
jiyaniga kuyov tomonidan to’y pichog’i in’om etilgan. Bu ham o’zbeklarning 


78 
millim urf-odati bo’lib, an’ana tariqasida avloddan-avlodga o’tib kelgan. 
Bolapichoq 
— qadimdan ishlatilib kelinayotgan bolalar uchun moslab 
yasalgan pichoq turi. 
Chalabuzar
— pichog’ining tig’i bo’g’zidan qayrilib, dastasiga yopilgan 
bo’ladi. Bu pichoqni qadimda qinga solib belda osib yurilgan. Uni yana kallabuzar, 
Cho’stda chalaavzal deb yuritadilar. 
Mardona pichoq
— pichoqsozlar kishilarni yoshiga qarab har xil pichoqlar 
ishlaganlar. Katta yoshdagi kishilar uchun ishlangan pichoqlarni «mardona 
pichoq» deb yuritilgan. U turli-tuman ko’rinishga ega bo’lib, ajoyib qilib bezati-
ladi. Tig’i po’latdan yasalgan pichoqlar alohida ajralib turgan. Bezatilishiga qarab 
to’rt turga; ya’ni sodda pichoq, guldor pichoq chilmixgulli
 
va zufta pichoqlarga 
bo’linadi. 
Sodda pichoq
— qadimdan uy-ro’zg’or ishlarida ishlatiladigan oddiy pichoq. 
Unga xech qanday gul yoki naqsh solinmagan, hashamsiz bo’ladi.U juda ko’p 
ishlatiladi. Har bir xonadonda ko’rish mumkin. 
Guldor pichoq
—pichoqchilikda gulli pichoq deb ham yuritiladi. Uning dasta 
hamda gul-bandiga naqshlar solingan, chiroyli pichoq. 
Chilmixgulli pichoq
— (qirqmix gulli pichoq) pichoqchilikda pichoq 
turlaridan biri bo’lib, uni chilmixa pichoq deb ham yuritiladi. Uning dastasiga 
chilmixlar qoqib, guldor qilib yasalgan pichoq bo’lib, u qadimdan ishlatilib 
kelinadi. 
Ro’fta pichoq
— tig’ining yuzi sidirg’asiga charxlangan bo’ladi. Ro’fta 
tojikcha ro’fta, ya’ni sidirilgan ma’nosini anglatadi. Bu pichoqning yuziga zok 
(achchiqtosh) surtiladi va ishlatib o’tmas qilinsa, o’tkirlash uchun charhlanmay 
qayiriladi. Marg’ilonda qayroqi lekin charxlanadigan turki charhi deb yuriti-ladi. 
Qo’qonda bu pichoqni ro’fta deb yuritiladi. Ro’ftani dami charxlanmaydi. 
Dastasining tuzilishiga ko’ra pichoqlar yog’och sopli, suyak sopli, dandon sopli, 
o’n besh sadafli turlarga bo’linadi. 
Yog’och sopli pichoq
—yog’och suqmasopli, yog’och sopli pichoq deb ham 
yuritiladi. Suqmasi yog’ochdan ishlangan pichoq turi. Shoadastali pichoq — uni 
shoxa, mug’uz, mug’uz dastali pichoq deb ham yuritiladi. Bu pichoqni dastasi 
hayvon shoxidan yasalgan bo’ladi. 
Dakdon sopli pichoq
— bunday pichoqning sopi filning tishi va suyagidan 
tayyorlanganbo’ladi.
Dandon—tojikcha tir degani. Bunday pichoqlarni narxi 
qimmat bo’lgan. Dandon sopli pichoq qadimda ilohiy hiso6lanib, kishini 
yomonlikdan asrashda ahamiyatga ega bo’lgan. Odamlar bu pichoqning dastasini 
ushlaganlarida ilon chaqishidan, ayollarni esa farzandsizlikdan asraydi deb 
ishonganlar. 
O’n uch sadafli pichoq
— bunday pichoq dastasiga o’n uch dona sadaf ko’z 
solingan. Shuning uchun bu pichoqni un uch sadafli pichoq deb yuritiladi. Xuddi 
shuningdek o’n uch sadafli pichoq dastasiga esa sadafdan o’n besh dona gul 
solingan bo’ladi. Gul o’rniga ko’z deb ham yuritiladi. Yasash usuliga ko’ra 
pichoqlar cho’st pichog’i, qorasuv pichog’i, shahrixon pichog’
I
,
poytug’ 
PICHOG

I
,
buxo-rocha pichoq va boshqalar bor. 


79 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish