Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa)
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
3.Yangi mavzu. (15 daqiqa)
Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bog’bon oilasida tug’ildi.O’z davrining maktab va madrasalarida oqiganligi, ilmga chanqoqligi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi. “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlar, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz”hikoyasi va boshqalar o’z davrida gazetalarda bosilib chiqdi. Abdulla Qodiriy birinchi o’zbek romanchiligining asoschisi. “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari bugungi kunda ham sevib o’qiladi.
Abdulla Qodiriyning «Uloqda» hikoyasi yangi o'zbek adabiyotida yaratilgan dastlabki hikoyalardandir. Hikoyaning ibratli g'oyasi - umrni behuda narsalarga sarflamaslik, keraksiz o'yin va bid'atlar ta'siriga berilmaslik.
Muhtaram o'quvchi, sizga ma'lumki, o'zbek yozma adabiyoti XX asrga qadar, asosan, she'riy shaklda (aruz vaznida) yaratilgan g'azal, ruboiy, qasida, doston, hikoyat, noma kabi asarlardan iborat edi. Bunday asarlarning ko'plab namunalari bilan Siz ulug' bobomiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Muqimiy, Furqat kabi mumtoz shoirlarimiz ijodi orqali tanishsiz va kelgusida yanada kengroq tanishib borasiz.
XX asrning boshlariga kelib O'rta Osiyoda juda kuchli ma'rifatparvarlik harakati boshlanib, maktab-maorif sohalari qatori, badiiy ijod sohasida ham yangicha usulda, hayotga yanada yaqinroq yondoshuvchi, sodda, jonli tilda hikoya qiluvchi adabiyot maydonga kela boshladi. Bu adabiyotning asoschilari Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda, Hoji Muin, Abdulhamid Cho'lpon va Abdulla Qodiriylar edi. Ular Turkiston o'lkasining so'nggi asrlarda ilmsizlik va jaholat tufayli asoratga, qoloqlikka yuz tutganidan qattiq qayg'urar va bu chirkin hayotni yaxshilash choralarini izlar edilar. Shu maqsadda qisqa muddatda xat-savod chiqaradigan maktablar ochib, unda yosh bolalarni o'qitar, ularga zamonaviy bilimlar berib, o'lkamizni rivojlangan, madaniy bir mustaqil davlatga aylantirish uchun mehnat qiladigan yigit-qizlarni tarbiyalashni orzu qilar edilar. Maktab-maorif bilan bir qatorda matbuot, teatr va badiiy adabiyot sohalarini ham yangi davr talablari asosida barpo etish, shakllantirish va isloh etish maqsadini ilgari surgan edilar. Mana shunday olijanob niyat — milla- timizning nurli istiqbolini orzulab Abdulla Qodiriy ham yangicha badiiy asarlar yaratish yo'lida tinimsiz izlandi va ijod qildi. Siz o'qib chiqadigan «Uloqda» hikoyasi yozuvchi bobomizning ana shunday izlanishlari mahsuli, ayni chog'da zamonaviy o'zbek adabiyotining birinchi namunalaridandir. Hikoya 1915-yildayozilib, 1916-yilda Toshkentda alohida kitobcha sifatida nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |