7-sinf adabiyot (2017-yil nashri asosida)
1.Badiiy adabiyot qaysi xususiyatiga ko‘ra lirik, epik, dramatik singari turlarga bo‘linadi?
A) yaratilish davriga ko‘ra
B) qay tarzda yaratilganligi va kishilik xotirasida qay tarzda saqlanib qolganligiga ko‘ra
C) ifoda xususiyatiga ko‘ra
D) og‘zaki yoki yozmaligiga ko‘ra
2.Hamza Hakimzoda Niyoziy “Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz” deganda kim (nima) larni nazarda tutgan?
A) ona va vatan B) ona va ustoz
C) millat va vatan D)ona va millat
3.Qaysi ma’rifatparvar ijodkor o‘zining tarjimayi holida 10 yoshida “o‘zbekcha, forschaga tom savodli bo‘lganligini” yodga oladi?
A) A.Avloniy B) H.H.Niyoziy
C) Cho‘lpon D) Fitrat
4. Qaysi ma’rifatparvar ijodkor o‘zining tarjimayi holida 10 yoshlaridan she’r mashq qila boshlaganligini yodga oladi?
A) A.Avloniy B) H.H.Niyoziy
C) Cho‘lpon D) Fitrat
5.Hamzaning yuz sahifadan ortiq hajmdagi ijod namunalarini ko‘rib, unga har jihatdan yordam va maslahat bergan ma’rifatparvar ijodkor nomi ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A) Abdulla To‘qmullin B) Abdulla to‘xtash
C) Cho‘lpon D) Fitrat
6.Mamlakatimizning qaysi hududida Hamza tashabbusi bilan arab tili kursi ochilgan?
A) Xiva B) Marg‘ilon
C) Namangan D) Buxoro
7.1907- yili Hamza jadidlarning qaysi nashrlari bilan tanishadi?
A) “Turkiston avozi”, “Vaqt”
B) “Al Isloh”, “Bog‘chasaroy”
C) “Vaqt”, “Bog‘chasaroy”
D) “Al Isloh”, “Vaqt”, “Bog‘chasaroy”
8. Hamza o‘zining 1926-yilning 25-avgustida yozgan tarjimyi holida yozicha, qayerda maktab ochgan edi?
A)Xiva B) Marg‘ilon
C) Namangan D) Buxoro
9.Hamza qayerlarda maktablar ochgan?
A) Namangan, Qo‘qon
B) Marg‘ilon, Buxoro
C) Marg‘ilon, Xo‘qand
D) Marg‘ilon, Karki
10.HamzaHakimzoda Niyoziy qayerda 1915- yili “G‘ayrat” kutubxonasini ochdi?
A)Xiva B) Marg‘ilon
C) Namangan D) Buxoro
11. HamzaHakimzoda Niyoziy ijodi va faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlardan nechtasi noto‘g‘ri?
1. HamzaHakimzoda Niyoziy boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish kitobi”, “Qiroat kitobi”, “Yengil adabiyot” singari darslik va majmualar yaratgan; 2. HamzaHakimzoda Niyoziy o‘zbeklar orasida birinchi bo‘lib 1908- yili sahna asarini yaratgan; 3. HamzaHakimzoda Niyoziyning bir nechta kuylarni notaga solgani, birinchilardan bo‘lib roman va opera yozgani ma’lumdir; 4. Sho‘ro yillarida HamzaHakimzoda Niyoziyning bir nechta asarlari nashrdan chiqarilgan edi.
A) 3 B) 2 C) 4 D) 1
12. HamzaHakimzoda Niyoziy lirik she’rlariga qanday tahallus qa‘ygan edi?
A) Hijron B) Qalandar C) Nihon D) Niyoziy
13. HamzaHakimzoda Niyoziyning “Dardiga darmon istamas” she’ri qanday shaklda yozilgan?
A) Murabba B) Musallas C) G‘azal D) Muxammas
13.S.Zunnunova qaysi matbuot nashrlarida faoliyat olib brogan?
A) “Yosh kuch”, “Gulxan”
B) “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Gulxan”
C) “O‘zbekiston madaniyati”, “Andijon fronti”
D) “O‘zbekiston madaniyati”, “Gulxan”
14.S.Zunnunovaning birinchi she’ri haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang?
A) S.Zunnunovaning birinchi “Salom senga” deb nomlangan edi.
B) S.Zunnunovaning birinchi she’ri Andijon viloyatining “Paxta fronti” gazetasida bosilgan edi.
C) S.Zunnunovaning birinchi she’ri 1945- yili matbuotda bosilgan edi
D) S.Zunnunovaning birinchi kitobini o‘qib G‘.G‘ulom uni “Qizingiz yozdi” deb nomlagan edi
15. S.Zunnunova haqidagi ushbu fikrlarni kim bildirgan: “U xotin -qizlarga xos nazokat, iforli tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib mehnatga rag‘batimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi”
A) S.Ahmad B) G‘.G‘ulom
C) A.Muxtor D) Q.Yo‘ldoshov
16. “Yangi she’rlar”, “Dalada bir kun”, “Bir yil o‘ylari”, “Dala armonlari”, “Tabassum”, “Tong qo‘shig‘i”, “She’rlar”, “Nilufar”, “O‘ylar”, “Shalola”, “Qizlarjon”, “Qizlar qo‘shig‘i”, “Gullar vodiysi”, “Mangu buloqlar”, “Ona”, “Sur’at bilan suhbat”, “Qo‘shnilarim”, “She’rlarim sizga”
Yuqoridagi asarlardan nechtasi S.Zunnunova qalamiga mansub she’riy to‘plamlar hisoblanadi?
A) 5 tasi B) 6 tasi C) 8 tasi D) 7 tasi
17. S.Zunnunovaning bir adabiy turga mansub bo‘lgan asarlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Ona”, “Sur’at bilan suhbat”, “Qo‘shnilarim”
B) “Yangi she’rlar”, “Qizlarjon”, “She’rlarim sizga”
C) “Sur’at bilan suhbat”, “Qo‘shnilarim”, “Sodiq va Anor”, “Xayrixon”
D) “Bo‘ylaringdan o‘rgilay”, “Ko‘chalar charog‘on”, “Gullar vodiysi”, “Do‘stlik”
18. Bir adabiy turga mansub asarlar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Ona”, “Ko‘zlar”, “Baxtsiz kuyov”
B) “Ayajonlarim”, “Istambul fojiasi”, “Qatog‘on”, “Odamlar nima derkin”
C) “She’rlar”, “Sur’at bilan suhbat”, “Olov”
D) “Yozning yolg‘iz yodgori”, “sen yetim emassan”
19. S.Zunnunova qalamiga mansub asarlar berilmagan qatorni aniqlang?
A) “Povest va hgikoyalar”, “tanlangan asarlar”
B) “Gulxan”, “Do‘stlik”, “Qanoat”, “Olov”
C) “Ko‘chalar charog‘on”, “Bo‘ylaringdan o‘rgilay”, “Hukm”
D) “She’rlar”, “Sur’at bilan suhbat”, “Olov sochlar”
20. “Kurashsiz, mehnatsiz keladigan shodlik va kulguni o‘g‘irlik mol” – deb aytadigan va undan hazar qiladigan ijodkor qalamiga mansub bo‘lgan asar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Qishloq hukm ostida”
B) “Qadrdon dalalar”
C) “She’rlar” D) “Qizlar qo‘shig‘i”
21.Qaysi ijodkor o‘z she’rlarining birida o‘zini Vatanining tasvirini chizish uchun munosib bir rang topolmay tentirab yurgan rassomga o‘xshatadi?
A) S.Ahmad B) S.Zunnunova
C) A.Muxtor D) R.Parfi
22.Qaysi ijodkorning ijod maydoniga kirib kelishiga adabiyot o‘qituvchisi Yunus Latif turtki bo‘ladi?
A) Shuhrat B) S.Zunnunova
C) A.Muxtor D) T.Malik
23…garchi Shuhrat kasbiga ko‘ra transport injineri bo‘lishiga qaramay, uning birinchi she’ri qachon e’lon qilindi?
A) 1935- yil 15 yoshida B) 1935-yil 17 yoshida
C) 1938-yil 17 yoshida D) 1937-yil 16 yoshida
24. Shuhratning bir xil janrdagi asarlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Orzu va qasos”, “Jamila”, “Guldursun”
B) “Farzand”, “So‘lmas chechaklar”, “orzu va qasos”
C) “Jamila”, “Raymonda”, “Ona va farzand”, “Mehrol”
D) “Shinelli yillar”, “jannat qidirganlar”, “Orzu va qasos”
25. “Orzu va qasos”, “Jamila”, “Guldursun” , “Farzand”, “So‘lmas chechaklar”, “Raymonda”, “Ona va farzand”, “Mehrol”, “Shinelli yillar”, “jannat qidirganlar”, “Mardlik afsonasi”, “Raksananing ko‘z yoshlari”, “Uch qiz afsonasi”, “Oltin zanglamas”, “Shinelli yillar daftari”, “Qora va oq aravacha haqida ertak”
Yuqoridagi asarlardan nechtasi Shuhrat qalamiga mansub balladalar hisoblanadi?
A) 6 tasi B) 5 tasi C) 8 tasi D) 7 tasi
26. Shuhrat qalamiga mansub qaysi balladasida Arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi qaysi asarda aks ettirilgan?
A) «Jamila». B) «Ona va farzand».
C) «Raymonda». D) «Uch qiz afsonasi».
27. Qaysi asarda Vetnamda borayotgan urushga qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etiladi?
A) «Raymonda». B) «Mardlik afsonasi».
C) «Jamila». D) «Guldursun».
28. 30-yillarda Shuhrat qaysi asalarini yaratgan?
A “Orzu va qasos” dostoni. «Mehrol”ertak-dostoni.
B. «Farzand», «Solmas chechaklar» dostonlari
C. «Raymonda», «Jamila».
D. «Ona va farzand», «Mashrab».
29. Shuhratning qaysi asarida Sho‘ro tuzumining eng adolatsiz. eng chirkin bosqichi bo‘lmish qatog‘on davri mahorat bilan aks ettirilgan?
A) Mashrab. B) Oltin zanglamas.
C) Farzand. D) Orzu va qasos.
30. o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, chet eldagi o‘zbeklar hayoti aks ettirilgan asar qaysi javobda
berilgan?
A) “Jannat qidirganlar”. B) “Mashrab”.
C) “Oltin zanglamas”. D) “Guldursun”.
31.Shuhratning markazida bolalar obrazi turuvchi asarlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Orzu va qasos”, “Jamila”, “Guldursun”
B) “Farzand”, “So‘lmas chechaklar”, “orzu va qasos”
C) “Jamila”, “Raymonda”, “Ona va farzand”
D) “Shinelli yillar”, “jannat qidirganlar”, “Orzu va qasos”
32.Shuhratning markazida bolalar obrazi turuvchi asarlaridan qaysi birida sho‘ro yerida borgan urush voqeasi ake etgan?
A) «Jamila». B) «Ona va farzand».
C) «Raymonda». D) «Uch qiz afsonasi».
33.Shuhratni elga mashhur qilib yuborgan asari nechinchi yili bosilib chiqqan edi?
A) 1958-yil B) 1955-yil C) 1965-yil D) 1968-yil
34.Yozuvchi Shuhrat qaysi asarining yozilishi haqida fikr bildirib shunday deb yozadi: “Bu asardagi hayotni men yaxshi bilaman , ular men bilan bo‘lgan, menga uchragan kishilarning hayoti. Men bu hayotning atrofidamas, naq ichida bo‘lganman. Bu haqida biror narsa yozmasam yuragim o‘rniga tushmas edi”.
A) “Jannat qidirganlar” B) “Shinelli yillar daftari”
C) “Oltin zanglamas”. D) “Shinelli yillar”.
35. “Mardlik afsonasi” balladasida “Qo‘li bog‘liq yashashdan o‘lim a’lodir” tarzidagi hitob kimga tegishli?
A) To‘marisga B) Kayxisrovga
C)To‘marisning o‘g‘liga D) Xalqqa
36. “Mardlik afsonasi” balladasida “Yo o‘lamiz, yo yurtni shonga ko‘mamiz! ” tarzidagi hitob kimga tegishli?
A) To‘marisga B) Kayxisrovga
C)To‘marisning o‘g‘liga D) Xalqqa
37. “Mardlik afsonasi” balladasida chap qulog‘ida oltin sirg‘asi bor obraz kim edi?
A) To‘marisga B) Kayxisrovga
C)To‘marisning o‘g‘liga D)To‘marisning kelini
38. Ballada haqida to‘g‘ri hukm berilgan qatorni aniqlang?
A) Ballada fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib raqs qo‘shig‘i degan ma’noni anglatadi.
B) Balladalarda shoir o‘z his -tuyg‘ularidan tashqari shu his- tuyg‘ularga sabab bo‘lgan voqealarni ham tasvirlaydi.
C) O‘zbek adabiyotida balladalar ,asosan, tarixiy va hoyotiy –maishiy mavzularda bitiladi.
D)O‘zbek adabiyotida balladalarda o‘tmishda ko‘pchilikning foydasi yo‘lida fidoiylik ko‘rsatgan kishilarning jasorati tasvirlanadi.
39. Balladalar qanday yo‘nalishlarda bitiladi?
A) Tarixiy- maishiy yo‘nalishda
B) Tarixiy –fantastik va qahramonlik yo‘nalishida
C) Faqat qahramonlik yo‘nalishida
D) Ijtimoiy –siyosiy va qahramonlik yo‘nalishida
40. R.Hamzatov qalamiga mansub asarlar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Mening yulduzim”, “Tog‘ qizi”, “Ovuldan xat”
B) “Yuksak yulduzlar”, “To‘g‘likning vatani”, “Tug‘ilgan kunim”, “Mening qalbim tog‘larda”
C) “Yuksak qorlikdagi uchrashuv”, “Tug‘ilgan kunim”, “Dog‘istonim”, “Tug‘ilgan kunim”
D) “Do‘stlik”, “Mening yigitlik vaqtim”, “Quyosh belanchagi”, “Tong qo‘shig‘i”
41. R.Hamzatovning birinchi kitobi qachon chop etilgan?
A) 1942-yil B) 1945-yil C) 1943-yil D)1947-yil
42.R.Hamzatov o‘z she’rlaridan birida nimani jonimga Masih deb ta’riflaydi?
A) Vatanini B) She’rlarini C) Ona tilini
D) Avar tilida aytilgan allani
43. A. Muxtorning bolalarga bag‘ishlab yozgan hikoyalar to‘plamini aniqlang?
A)“Hayotga chaqiriq”, “Chin yurakdan” “Dunyo bolalari”
B) “Dunyo bolalari”, “Hayotga chaqiriq”
C) “Dunyo bolalari”, “Tug‘ilish”
D) “Hayotga chaqiriq”, “Chin yurakdan”, “Tug‘ilish”
44.A.Muxtor qaysi matbuot nashrlarida ishlaydi?
A) “Guliston”, “Sharq yulduzi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”
B) “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Gulxan”
C) “O‘zbekiston madaniyati”, “Guliston”, “Sharq yulduzi”
D) “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Sharq yulduzi”
45. A. Muxtor matbuot sahifalarida qaysi she’ri bilan paydo bo‘ldi?
A) “Bizning avlod” B) “Po‘lat quyuvchi”
C) “Chin yurakdan” C) “Karvon qo‘ng‘irog‘i”
46.Asqad Muxtor qaysi asari orqali katta ijodkorlar nazariga tushadi?
A) 1938- yili yozilgan “Bizning avlod” she’ri bilan
B)1947- yili yozilgan “Po‘lat quyuvchi” poemasi bilan
C) 1950 –yili yozilgan “Daryolar tutashgan joyda” qissasi orqali
D) 1955-yili nashr etilgan “Opa-singillar” romani orqali
47. “Hamshaharlarim”, “Po‘lat quyuvchi”,“Opa-singillar”, “Chin yurakdan”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “99 miniatura”, “Quyosh maskani”, “Quyosh belanchagi”, “Kumush tola”, “Sizga aytar so‘zlarim”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Rahmat mehribonlarim”, “She’rlar”
Ushbu asarlardan nechtasi A.Muxtor qalamiga mansub she’riy asarlar hisoblanadi?
A) 9 tasi B) 10 tasi C) 8 tasi D) 7 tasi
48.A.Muxtor qalamiga mansub dastlabki romani berilgan qatorni aniqlang?
A) “Davr mening taqdirimda” B) “Amu”
C) “Opa-singillar” D) “Chinor”
49. “Hamshaharlarim”, “Po‘lat quyuvchi”,“Opa-singillar”, “Chin yurakdan”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “99 miniatura”, “Quyosh maskani”, “Qoraqalpoq qissasi”, “Bo‘ronlarda bordek halovat”, “She’rlar”
“Jar yoqasidagi chaqmoq”,“Tungi chaqmoqlar”, “Quyosh belanchagi”, “Kumush tola”, “Sizga aytar so‘zlarim”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Buxoroning jin ko‘chalari”,“Rahmat mehribonlarim”
Ushbu asarlardan nechtasi A.Muxtor qalamiga mansub qissalar hisoblanadi?
A) 4 tasi B) 5 tasi C) 6 tasi D) 7 tasi
50.A.Muxtor qalamiga mansub pyessalar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Yaxshilikka yaxshilik”, “Istambul fojiasi”, “Qatogo‘n”
B) “Yaxshilikka yaxshilik”, “Zar qadri”, “Mardlik cho‘qqisi”, “Samandar”
C) “Istambul fojiasi”, “Oltin devor”, “To‘ylar muborak”
D) “Ona”, “Ko‘zlar”, “Bo‘ylaringdan o‘rgilay”
51. Sofoklning “Shoh Edip” asarini ona tilimizga tarjima qilgan tarjimon kim?
A) Mirmuhsin B) A.Muxtor
C) O‘.Umarbekov D) Shuhrat
52.Topmadim o‘shanda bola baxtimni,
Sirli mo‘jizaga to‘ymadi ko‘zim.
Hali ham izlayman. Bilaman: yerda,
Shu cho‘llarda mening yulduzim!
Ushbu misralar muallifi berilgan qatorni aniqlang?
A)S.Zunnunova B) A.Muxtor
C)U.Nosir D) X.Saloh
53.Bir kun uyda o‘tirib qolsam,
Hayot go‘yo chetlab o‘tadi.
Usbu satrlar muallifi kim?
A)S.Zunnunova B) A.Muxtor
C)U.Nosir D) Zulfiya
54.Qaysi ijodkor o‘z ijod namunalaridan birida: “Ijod dardi yo‘l azobidir”, - deb ta’kidlagan edi?
A)S.Zunnunova B) U.Nosir
C) A.Muxtor D) Zulfiya
55.Qaysi ijodkor o‘z ijod namunalaridan birida ruhi bilan yo‘lga chiqqanligini hamda ruhi bilan yo‘lda ekan umrining ham nihoyasi yo‘q ekanligini ta’kidlagandi?
A)S.Zunnunova B) U.Nosir
C) A.Muxtor D) Zulfiya
56.Bir xil nomdagi she’r va roman yozgan ijodkor berilgan qatorni aniqlang?
A)S.Zunnunova B) U.Nosir
C) A.Muxtor D) Zulfiya
57. A.Muxtor “Tug‘ilish” she’rida eshikdan eshikka yugirib suyinchi so‘rab yurgan obraz berilgan qatorni aniqlang?
A) Chaqaloqning otasi B) Shamol
C) Yashil Shabboda D) Chaqaloqning buvasi
58. qaysi she’riy asarda iyul quyoshining ilk yolqinlari yoproqlarga sachrab yonishi badiiy tasviri uchraydi?
A) “Yo‘l” she’rida B) “Tug‘ilish” she’rida
C)“Yulduzim” she’rida
D)“Mening vatanim”she’rida
59. Qaysi asarda “yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutulolmaysan, bulutli kunda esa izlasang ham topolmaysan”,- degan fikr uchraydi?
A) Abay“Nasihatlar” B)A.Muxtor “Bir tub o‘rik…”
C) Zulfiya “Bog‘lar qiyg‘os gulda”
D) A.Muxtor “Yo‘l”
60.O‘zbek she’riyatida eng ko‘p o‘rin egallagan she’riy tizimga xos bo‘lmagan xususiyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
1.bo‘g‘inlarning sifati muhim sanaladi, 2.bo‘g‘inlar soni bir xil miqdorda takrorlanadi va bir xil guruhlanadi, 3. Unda na bo‘g‘inlar, na turoqlar bir xilligiga rioya qilininadi, 4.bu she’riy tizimda ikki xil vazn bor
A) 1,3,4 B) 1,4 C) 1,3 D) faqat 3
61.Tuproq ko‘chalardan chopgan bolalik
Yillar changi ichra asta yo‘qoldi.
Bolalik ketdi-yu sho‘x suhbatlarda
Uni kula-kula eslamoq qoldi.
Qaysi javobda she’r turoqlarga to‘g‘ri ajratilgan?
A) 5+6=11 B) 6+5=11 C) 4+5=9 D) 7+4=9
62.Garchi shuncha mag‘rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimga kerak?
Qaysi javobda she’r turoqlarga to‘g‘ri ajratilgan?
A) 5+4=11 B) 7+2=11 C) 4+5=9 D) 6+3=9
63.Mirmuhsin haqidagi fikrlardan qaysi biri notog‘ri?
A) Qo‘rg‘ontegi mahallasida kulol oilasida dunyoga kelgan.
B) “Sharq yulduzi”, “Qizil O‘zbekiston”, “Guliston”, “Mushtum” singari matbuot nashrlarida faoliyat yuritgan.
C) A.Qodiriy nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritgan.
D) 1938-yil “Qamar” nomli birinchi dostoni bosib chiqildi.
64. Mirmuhsinning 1936- yili nashr qilingan asarlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Qamar”, “Jamila”
B) “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar”
C) “Vafo”, “Qadrdon do‘stlar”, “farg‘ona”
D) “Vatandoshlar”, “Irmoqlar”, “Qalb va Falsafa”
65. “Qamar”, “Jamila”, “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar”, “Vafo”, “Qadrdon do‘stlar”, “Farg‘ona”, “Vatandoshlar”, “Irmoqlar”, “Qalb va Falsafa”, “She’rlar”, “Tungi chaqmoqlar”
Ushbu asarlardan nechtasi Mirmuhsin qalamiga mansub she’riy kitoblar hisoblanadi?
A) 6 tasi B) 5 tasi C) 8 tasi D) 7 tasi
66. “Qamar”, “Jamila”, “Usta G‘iyos”, “Ovchi bolalar”, “Do‘nan”, “Qadrdon do‘stlar”, “Shiroq”,“Farg‘ona”, “Nevara”, “Irmoqlar”, “yashil qishloq”,“Qalb va Falsafa”, “Avesto”,“She’rlar”, “Tungi chaqmoqlar”
Ushbu asarlardan nechtasi Mirmuhsin qalamiga mansub dostonlar hisoblanadi?
A) 6 tasi B) 5 tasi C) 8 tasi D) 7 tasi
67.O‘zbek tilida yaratilgan ilk she’riy roman muallifining qissalari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar”,” Chodrali ayol”, “Cho‘ri”, “Oq marmar”, “Chotqol yo‘lbarsi”
B) “Tungi chaqmoqlar” “Avesto”,“Nevara”, “Shiroq”
C) Usta G‘iyos”, “Avesto”,“Nevara”, “Shiroq”
D) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar”, “Chodrali ayol”, “Cho‘ri”, “Oq marmar”
68.Mirmuhsinning xalqimiz o‘tmishini aks ettirishga bag‘ishlangan asarlari berilgan qatorni aniqalang? A) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar”,” Chodrali ayol”, “Cho‘ri”, “Oq marmar”, “Chotqol yo‘lbarsi”
B) “Me’mor”,“Avesto”, “Shiroq”, “Temur Malik”
C) Usta G‘iyos”, “Avesto”,“Nevara”, “Shiroq”
D) “Jamila”, “Tungi chaqmoqlar”, “Cho‘ri”, “Oq marmar”
69.Mirmuhsin dastlabki qissasi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Chodrali ayol” B)“Jamila”
C) “Cho‘ri” D) “Oq marmar”
70. “Jamila” nomli asar yozgan ijodkorlarni yozgan asarlarining janrlari bilan to‘g‘ri joylashtiring?
1.Ch.Aytmatov 2.Mirmuhsin 3.Shuhrat
a) qissa b) doston c) ballada d) roman
A) 1-a,2-a,3-c B) 1-b,2-a,3-c
C)1-a,2-b,3-c D) 1-a,2-a,3-d
71.Mirmuhsinning bolalarga bag‘ishlab yozgan asarlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Ovchi bolalar”, “O‘lim yovga”
B) “Hayotga chaqiriq”, “Dunyo bolalari”
C) “Ovchi bolalar” , “Sheralining mardligi”, “Luqmon va O‘roqvoy”
D) “Ovchi bolalar” , “Sheralining mardligi”
72. “Chiniqish”, “Jamila”, “Usta G‘iyos”, “Ovchi bolalar”, “Temur Malik”, “Chatqol Yo‘lbarsi”, “Shiroq”,“Farg‘ona”, “Degrez o‘g‘li”, “Irmoqlar”, “yashil qishloq”,“Qalb va Falsafa”, “Me’mor”, “Umid”“Avesto”,“Ildizlar va yaproqlar”, “Tungi chaqmoqlar”, “Ilon o‘chi”, “Turon malikasi”
Ushbu asarlardan nechtasi Mirmuhsin qalamiga mansub romanlar hisoblanadi?
A) 6 tasi B) 5 tasi C) 8 tasi D) 7 tasi
73. “She’rlar” nomli asar yozgan ijodkorlarning qalamiga mansub bir xil janrdagi asarlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Tungi chaqmoqlar”, “Kumush tola”, “Yetti zog‘ara”
B) “Tong qo‘shig‘i”, “Vafo”, “Sur’at bilan suhbat”
C) “Ona”, “Quyoshli qalam”, “Namatak”, “Avesto”
D) “Tug‘ilish”, “Temur Malik”, “Xotiram siniqlari”
74.Qaysi asarni iymoni butun onalarga, ayollarga bitilgan madhiya deb baholashimiz mumkin?
A) “Dunyoning ishlari”(O‘.Hoshimov)
B) “Onajon” (A.Oripov)
C) “Jamila” (Ch.Aytmatov)
D) “Sur’at bilan suhbat” (S.Zunnunova)
75. “Me’mor” romani persanajlari berilgan qatorni aniqlang?
A) Horunbek, Najmiddin, Zulfiqor, Zavrak, Qosim
B) Horunbek, Najmiddin, Zulfiqor, Zavrak, Badia, Mahmud
C) Horunbek, Najmiddin, Zulfiqor, Zavrak, Badia, Ma’suma
D) Horunbek, Najmiddin, Zulfiqor, Zavrak, Badia, Ma’suma, Jamol
76. “Me’mor” romanida G‘avvos Muhammad Buxoroga borishdan bosh tortib, Hirotga qaymoqchi ekanligini aytib yo‘ldoshlari dilini og‘rita boshladi, ammo bu vaqtda yo‘lovchilar qaysi hududga yetib kelishgan edi va G‘avvos Muhammad bu niyatini qaysi hududda aytishi kerak edi?
A) Jayxun…Maymana B) Maymana… Qizilqum
C) Xalach… Karki D) Karki… Tollimarjon
77. “Me’mor” romanida G‘avvosni kim aravadan otib yuboradi?
A) Zulfuqor B) Zavrak C) Badia D) Horunbek
78. “Me’mor” romanida qaysi hudud “Do‘zax” deb ataladi?
A) Xalach B) Qizilqum C) Karki D)Tollimarjon
79. “Me’mor” romanida Xuroson va Movarounnahr chegarasi deb qayer atalgan?
A) Xalach B) Qizilqum C) Karki D)Tollimarjon
80. “Me’mor” romanida Me’mor umr bo‘yi qaysi daryo suvini ichib kelganligi aytiladi?
A) Jayxun daryosining B) Karki daryosining
C)Zarafshon daryosining
D)Tollimarjon daryosining
81. “Me’mor” romanida Daryodan ot-u aravalarni o‘tkazadigan sol va ulkan qayiqlar qaysi shaharda mavjud edi?
A) Xalach B) Qizilqum C) Karki D)Tollimarjon
82. “Me’mor” romanida aksar bo‘ronlar qaysi hududlarda bo‘lishi aytilgan edi?
A) Jayxun, Xalach,Maymana
B) Maymana, Tollimarjon Qizilqum
C) Xalach,Saqar, Karki
D) Karki, Tollimarjon, Hirot
83.Qaysi asarda podsholarga yaqin yurmoqlik ajdarga yaqin yurmoqlikdan xavfli ekanligi aytilgan?
A) “Uch og‘ayni botirlar” da B) “Me’mor”da
C) “Abulfayzxon ”dramasida
D) “Zulmat ichra nur”da
84. “Me’mor” romanida Me’mor qaysi hududni “dunyodagi eng go‘zal mamlakat ” deb aytadi?
A)Hirotni B)Movarounnahrni C) Karki C)Tollimarjonni
85.Xurosondan Samarqand-u Buxoroga qatnaydiganlar o‘z manzillariga qayendan o‘tmay turib yetib borolmas edilar?
A) Maymana B) Jayhun C) Karki D) Xalach
86. “Me’mor” romanida keltirilishicha, Jayhunning narigi tomonida joylashgan manzil berilgan qatorni aniqlang?
A) Oqsaroy B) Tollimarjon
C) Xo‘jaabbos D) Karki
87.Jayhun daryosiga yetmay turib boshlangan Xalach bo‘roni hosil qilgan “ustun”lar Me’mor ko‘z o‘ngida gavdalandi, go‘yo bu “ustunlar” qaysi imoratlardan-da buyukroq edi?
A) Minorayi kalon va Podsho minorasidan
B) Oqsaroydan va Bog‘i Jahonorodan
C) Mirzo madrasasidan
D) Hirotdagi gala minoradan
88. “Agar mening ustimdan qo‘rqoq deb yana kulsangiz, endi najdarni tutib kelaman”.
Ushbu so‘zlar qaysi asar qahramoni tilidan aytilgan?
A) “Sariq devni minib” Hoshimjon
B) “Hellados” Jamol
C) “Me’mor” Nishopuriy
D) “Me’mor” G‘avvos Muhammad
89.Romanlar qaysi xususiyatiga ko‘ra diolgiya, trilogiya, tetralogiya ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin?
A) Yaratilishi davriga ko‘ra
B) Xotirada saqlanib qolishi va ifoda xususiyatiga ko‘ra
C) Tuzilishi, tasvir qamrovi va hajmiga ko‘ra
D) Jamiyat hayotidagi katta bir davrni qamrab olishi va inson taqdiri va hayotini ancha keng qamrab olishi yoki olmasligiga ko‘ra
90.Tetrologiyaga misol bo‘la oladigan roman berilgan qatorni aniqlang?
A) “Ufq” (S.Ahmad)
B) “Farg‘onada tong otguncha” (M.Ismoiliy)
C) “Ulug‘ saltanat” (M.Ali)
D) “Yulduzli tunlar” (P.Qodir)
91. G‘ulomjon qaysi asarning markaziy obrazi hisoblanadi?
A) “Ufq” (S.Ahmad)
B) “Farg‘onada tong otguncha” (M.Ismoiliy)
C) “Ulug‘ saltanat” (M.Ali)
D) “Yulduzli tunlar” (P.Qodir)
92. Qaysi xalq dostoni qahramonining “Aziz boshing oyog‘imgateng emas... — degan e’tirofi orqali o‘zbeklik g‘ururi aksettirilgan?
A) “Rustamxon”da Rustamxon
B) “Ravshan”da Ravshan
C) “Kuntug‘mish”da Kuntug‘mish
D) “Alpomish”da Alpomish
93. Berilgan qaysi asarlar E.A’zamovning asarlari sanaladi?
A)“Javob”, “Otoyining tug‘ilgan kuni”
B)“Galatepaga qaytish”, “Bir toychoqning xuni”
C)“Yozning yolg‘iz yodgori”, “Ko‘ngil ozodadir”
D)“Otoyining tug‘ilgan kuni”, “Bir toychoqning xuni”
94. ”Ajab zamona”, “Kajdor zamona”, “Dar mazammati zamona” satiralari muallifi kim?
A) Maxmur B) Furqat C) Zavqiy D) Muqirniy
95. Toshkentda tug‘ilgan qaysi adib millatimiz hayotida chuqur iz qoldirgan ma’rifatparvar Abdulla Avloniy asos solgan 40-maktabda o‘qib, uni oltin medal bilan tamomlagan?
A) O‘lmas Umarbekov B) O‘tkir Hoshimov
C) Erkin Vohidov D) Tohir Malik
96. Qaysi ijodkor 1982-1986- yillar oralig‘ida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan?
A) O‘lmas Umarbekov B) O‘tkir Hoshimov
C) Erkin Vohidov D) Tohir Malik
97.Qaysi ijodkor o‘z ijodini kichik- kichik she’rlar yozish yoki kichik- kichik publitsistik maqolalar yozish bilan emas, balki hikoyachilikdan boshlagan?
A) O‘lmas Umarbekov B) O‘tkir Hoshimov
C) A.Qahhor D) Tohir Malik
98. Qaysi ijodkorning “Xatingni kutaman” nomli birinchi asariyoq yilning eng yaxshi hikoyasi deb topilgan edi?
A) O‘lmas Umarbekov B) Mirmuhsin
C) A.Qahhor D) Tohir Malik
99. “Qishlog‘imiz kishilari”, “Sevgim sevgilim”, “Yer yonganda”, “Qiyomat qarz”, “Bolgar qo‘shiqlari”, “Oltin yoproqlar”, “Odam bo‘lish qiyn”, “Charos”, “Hikoyalar”, “Fotima va Zuhra”, “Ko‘rik”, “Yulduzlar”, “Oq marmar”, “Changalzor qonuni”
Ushbu asarlardan nachtasi O‘.Umarbekov qalamiga mansub hikoyalar to‘plami hisoblanadi?
A) 8 ta B) 9 ta C) 7 ta D) 10 ta
100. “Urush farzandi”, “Sevgim sevgilim”, “Yer yonganda”, “Qiyomat qarz”, “Cho‘li iroq” “Bolgar qo‘shiqlari”, “Kimning tashvishi yo‘q”, “Odam bo‘lish qiyn”, “Charos”, “Hikoyalar”, “Yoz yomg‘iri”, “Ko‘rik”, “Yulduzlar”, “Oq qaldirg‘ch”, “Changalzor qonuni”, “Oq marmar”, “Damir Usmonovning ikki bahori”, “Yashil qishloq”, “Tungi chaqmoqlar”
Ushbu asarlardan nachtasi O‘.Umarbekov qalamiga mansub qissalar hisoblanadi?
A) 8 ta B) 9 ta C) 7 ta D) 6 ta
101. O‘.Umarbekovning ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan qissasi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Yoz yomg‘iri” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Urush farzandi”
102.Qaysi asarda adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi ta’sirli aks ettirilgan.
A) “Yoz yomg‘iri” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Urush farzandi”
103. O‘.Umarbekovning dedektiv yo‘nalishdagi asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Yoz yomg‘iri” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Urush farzandi”
104. Qaysi asar sujet to‘qimasining murakkabligi, voqealar ta’sirining favqulotda keskinligi, ifoda maromining shiddatkorligi bilan o‘quvchi e’tiborini tortadi?
A) “Yoz yomg‘iri” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Urush farzandi”
105.Qaysi asarda yoshgina go‘zal ayolning sirli o‘limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o‘rganish, qotillarni aniqlash borobarida asar qahramonlarining ma’naviy qiyofalari oydinlashib boradi?
A) “Yoz yomg‘iri” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Urush farzandi”
106.O‘.Umarbekovning qaysi asari voqealar rivojining sirliligi, persanajlar xatti –harakatlarining kutilmaganligi, ayni vaqtda chuqur hayotiy asoslarga egaligi tasvirning samimiyligi bilan e’tiborni tortadi?
A) “Yoz yomg‘iri” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Urush farzandi”
107. O‘.Umarbekovning qaysi asari yozilishi bilan milliy adabiyotimizga fojia tasviri qaytadan kirib keldi?
A) “Yoz yomg‘iri” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Urush farzandi”
108.O‘.Umarbekovning qaysi asarida halol o‘qituvchi Abdullajonning oilasi taqdiri misolida ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi omonsiz kurash ko‘rsatib beriladi?
A) “Fotima va Zuhra” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Odam bo‘lish qiyin”
109. O‘.Umarbekovning qaysi asarida manfaatni insoniylikdan ustun qo‘yish odamni ma’naviy qabohat sari yetaklashi fojiali timsollar misolida yorqin ko‘rsatib beriladi?
A) “Fotima va Zuhra” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Odam bo‘lish qiyin”
110. O‘.Umarbekovning qaysi asarida milliy ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo‘sinida aks ettiriladi?
A) “Fotima va Zuhra” B) “Qiyomat qarz”
C) “Sevgim sevgilim” D) “Odam bo‘lish qiyin”
111. “Shoshma quyosh”, “Yigit va qiz”, “Kurort”, “Yuksak qorlikdagi uchrahuv”, “Komissiya”, “Ikki soldat haqida qissa”, “O‘zgalar uchun”, “Arizasiga ko‘ra”, “Changalzor qonuni”, “Kuzning birinchi kuni”, “Oqar suv”, “Sevgi afsonasi”, “Qiyomat qarz”
Ushbu asarlardan nechtasi O‘.Umarbekov ijodiga mansub kinosenariylar hisoblanadi?
A) 8 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 6 ta
112. “Shoshma quyosh”, “Yigit va qiz”, “Kurort”, “Yuksak qorlikdagi uchrahuv”, “Komissiya”, “Ikki soldat haqida qissa”, “O‘zgalar uchun”, “Arizasiga ko‘ra”, “Changalzor qonuni”, “Kuzning birinchi kuni”, “Oqar suv”, “Sevgi afsonasi”, “Qiyomat qarz”
O‘.Umarbekov qalamiga mansub ushbu asarlardan nechtasi bir qator chet tillarga tarjima qilinib, jahonga yuz tutgan?
A) 4 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 6 ta
113.Qaysi asrda tor taxta ko‘prik yoniga omonatgina qurilgan choyxona tasviri uchraydi?
A) “Daxshat” B) “Qiyomat qarz”
C) “Bemor” D) “Oq kema”
114. ..choyxona qurilibdiki shu joy uniki. Birov o‘tirgan bo‘lsa ham u kelsa bo‘shatib beradi. Shu yerdan bozor yaxshi ko‘rinadi, ko‘prikdan o‘tayotgan biror odam ham xato ketmaydi, hammasi ko‘zdan o‘tadi .
Ushbu badiiy tasvir qaysi asrdan olingan?
A) “Yo Jamshid” B) “Qiyomat qarz”
C) “Ko‘k eshik” D) “Me’mor”
115. “Qiyomat qarz” qissasida o‘g‘lidan qoraxat kelganidan keyin ham o‘g‘lini o‘n yil kutib, xat-xabar bo‘lmagach chidolmay aza ochgan obraz kim edi?
A) Sarsonboy ota B) Madumar aka
C) Savxoz raisi D) Haydarali
116.Qaysi asarda o‘z egasining yo‘talini eshtsa, yoniga yugurib keladigan ot tasviri uchraydi?
A) “Do‘nan” B) “Qiyomat qarz”
C) “Ravshanxon” da D) “Alpomish”da
117. Qaysi asar qahramoni o‘z xotinini ovaozidan taniomaydi, so‘ngra yoniga yaqinlashavergach havorang ko‘ylagidan taniydi?
A) “Chinor” B) “Qiyomat qarz”
C) “Ko‘k eshik” D) “Me’mor”
118. “Qiyomat qarz” qissasi bilan bog‘liq notog‘ri ma’lumotlar miqdorini aniqlang?
1. Sarsonboy ota va Zebi xolaning yagona farzadi bo‘lib uning ismi G‘ofirjon edi; 2.G‘ofirjoning do‘stining ismi Haydarali bo‘lib u otasidan bir oy o‘tib urushga janab ketti. U urushga jo‘nashidan oldin Sarsonboy otaga ikkita qo‘y tashlab ketgan edi; 3. Go‘firjonning qabri Lelingratda edi; 4. Sarsonboy otaga har bozor Haydaralining daragini bilish uchun bozorga chiqishni xotini maslahat berganedi; 5.Sarsonboy ota Haydaralining qo‘ylarini podadagi molar bilan almashtirib qo‘ymaslik uchun ularga tamg‘a bosgan edi
A) 4 tasi B) 1 tasi C) 3 tasi D) 2 tasi
119.Uzumli, Toshqala nomlari qaysi asrada uchraydi?
A) “Chinor” B) “Qiyomat qarz”
C) “Ko‘k eshik” D) “Me’mor”
120. “Bir oyog‘ing go‘rda, bir oyog‘ing yerda” maqoli qaysi asarda ishlatilgan?
A) “Chinor” B) “Qiyomat qarz”
C) “Mehrobdan chayon” D) “Me’mor”
121. . “Oq kema’' asaridagi kamdan-
kam uchraydigan baxtli odam kim?
A) Mo‘min chol. B) O‘rozqul.
C) Bekey D) Seydahmad
122. «1937 - yil mening otam - partiya
xodimi. Moskvadagi qizil professura
institutining tinglovchisi - qatog‘on
qilindi». Bu faktlar qaysi mashhur
yozuvchining o‘zi haqidagi taijimayi
holidan olingan?
A) Shuhrat. B) A. Avloniy.
C) Ch.Aytmatov. D) M.Osim.
123.Qaysi ijodkor o‘z tarjimayi holida shunday deb yozadi: “…Bizning ovulimizda yetti otasini bilish odatiga qat’iy rioya qilinardi. Shu sababdan o‘zimizdan oldin o‘tgan yeti ajdodimizni bilish muqaddas burch ekanligi bolalikdanoq ongimizga singdirildi”.
A) Shuhrat B) A. Avloniy
C) Ch.Aytmatov D) M.Osim.
124. Qaysi ijodkor o‘z tarjimayi holida shunday deb yozadi: “…Boshqa odam topilmagach o‘z tengqurlarim ichida savodli bo‘lganim uchun meni qishloq kengashiga kotib etib tayinlashdi”.
A) Shuhrat B) A. Avloniy
C) Ch.Aytmatov D) M.Osim.
125. “Oq kema” qissasida bolaning eng sevimli toshi qaysi edi?
A) Tuya B) Egar C) Tank D) Bo‘ri
126. Bola “sevimli”, “botir”, “hurkak”, “yovuz” deb nimalarni nomlaydi?
A) toshlarini B) o‘simliklarni
C) chaqirtikanakni D) pechak o‘tini
127. “Oq kema” qissasida bola sadoqatli do‘st deb nimani ta’riflaydi?
A) Shiroljinni B) Pechakgullarni
C) Tuyani C) Tankni
128.Qaysi asar qahramoni yolg‘iz, jo‘ralarsiz sodda, bayov narsalar qurshovida yashardi?
A) “Oq kema” qissasida
B) “Me’mor” romanida
C) “Qiyomat qarz” qissasida
D) “Chinor” romanida
129. “Oq kema” qissasida yuvosh, baquvvat yigit bo‘lishiga qaramay, yalqov uyquni yaxshi ko‘rardi, deb e’tirof etilgan persanaj berilgan qatorni aniqlang?
A) O‘razqul B) Seydahmad C) Bola D) Qosim
130. “Oq kema” qissasida bola bormoqchi bo‘lgan maktab qayerda joylashgan edi?
A) Qoravultog‘da B) Issikko‘lda
C) Jilasoyda D) Kungayda
131. “Oq kema” qissasida bolaning maktabga borishi haqidagi yangilikni masxaraomuz qarshi olgan persanaj berilgan qatorni aniqlang?
A) O‘razqul B) Seydahmad
C) Guljamol D) Bo‘key
132. Qaysi asar qahramoni o‘z- o‘zi bilan gaplashishni yaxshi ko‘rardi?
A) “Oq kema” qissasida
B) “Me’mor” romanida
C) “Qiyomat qarz” qissasida
D) “Chinor” romanida
133. “Sen uning gaplariga ishonma, bobom unaqa emas. Uning sira shumligi yo‘q, shuning uchun ham undan kulishgani- kulishgan. Chunki quvlik –shumlikni bilmaydi”-deb kim (nima)ga aytyapdi?
A) durbiniga B) Portfeliga
C) toshlariga D) Guljamolga
134. “Oq kema” qissasi persanaji endi biz uchtamiz – deb nimalarni yoki kimlarni nazarda tutmoqda?
A) O‘zini, toshlarni va gullarni
B) O‘zini, durbini va Portfelini
C) O‘zini, durbini va toshlarini
D) maktabini, durbini va Portfelini
135. “Oq kema” qissasidagi suv bilan osmon bir-biriga tutashib ketadigan ko‘l nomini aniqlang?
A) Matonsoy B) Issikko‘l
C) Jilasoy D) Kungay
136.Qaysi asardagi bolaning kipriklari xuddi buzoqnikiga o‘xshash uzun –uzun bo‘lib, hamisha o‘zidan o‘zi nimagadir pirpirab turardi?
A) “Oq kema” qissasida
B) “Me’mor” romanida
C) “Qiyomat qarz” qissasida
D) “Do‘nan” hikoyasida
137.Qizg‘iz qabilasining buyuk yo‘lboshchisi Botir Qulchi haqida qaysi asarda hikoya qilinadi?
A) “Oq kema” qissasida
B) “Asrni qaritgan kun” romanida
C) “Kasandra tamg‘asi” qissasida
D) “Jamila” qissasida
138.Qaysi asrada inson tug‘ish va o‘stirish qanchalik qiyin bo‘lsa,o‘ldirish oson degan fikrlar uchraydi?
A) “Oq kema” qissasida
B) “Me’mor” romanida
C) “Qiyomat qarz” qissasida
D) “Do‘nan” hikoyasida
139. “Oq kema” qissasida Cho‘loq Baymoq kampir yetim bolalarni daryoga tashlashdan oldin ularni nimaga o‘xshatadi?
A) Pokiza buloq suviga B) Qum zarrasiga
C) Sham shu’lasiga D) so‘layotgan gulga
140. “Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, osmon ularga torlik qilib qoladi” ushbu fikrlar “Oq kema” qissasidagi qaysi qahramon tilidan aytilgan?
A) Bola B) Ona bug‘u
C) Baymoq kampir D) Mo‘min chaqqon
141.Go‘zallikda hatto ko‘kdagi yulduzlar ham ularga rashk qiladigan obrazlar qaysi asarda uchraydi?
A) “Oq kema” qissasida B) “Hayrat ul-abror” da C) “Sabba’i sayyor” da D) “Mehrobdanchayon”da
142. “Aytilgan gap- otilgan o‘q” maqoli qaysi asarda keltirilgan?
A) “Oq kema” qissasida B) “Zulmat ichra nur” da C) “Sabba’i sayyor”da D) “Mehrobdanchayon”da
143.Ona bug‘ining buyragini bolaning qo‘liga tutqazgan obzaz berilgan qatorni aniqlang?
A) O‘razqul B) Seydahmad
C)Qassob D) Mo‘min chol
144. “Oq kema” qissasidagi hech qachon tamomila yo‘qotib bo‘lmaydigan ezgulik, yaxshilik, mehr-oqibat timsoli berilgan qatorni aniqlang?
A) ona bug‘u B) baliq C) oq kema D) durbin
145. “Oq kema” qissasidagi xalq ramzi berilgan qatorni anqialang?
A) durbin B) baliq C) oq kema D) ona bug‘u
146. “Oq kema” qissasidagi to‘kislik, mehr-oqibat va diydor ramzi berilgan qatorni aniqlang?
A) durbin B) baliq C) oq kema D) ona bug‘u
147. “Oq kema” qissasidagi erk va qudrat ramzi berilgan qatorni aniqlang?
A)toshlar B) baliq C) oq kema D) ona bug‘u
148.Qirq yigitni yig‘dirib, silovsin to‘n kiydirib, kuniga kechkisin sergo‘sht qilib, sermoy polovga to‘ydirib, semiz qo‘ydan so‘ydirib, ko‘pkarisin choptirib, olamonga ola sarpo yoptirib, el-u xalqning ko‘nglini toptirib umr o‘tkazayotgan obraz qaysi xalq dostonida uchraydi?
A) “Kuntug‘mish”da B) “Rustamxon”da
C) “Alpomish”da D) “Ravshanxon”da
149. “Me’mor”romanida bo‘ron paytida daryoga yaqin yurish xavfli ekanini kim aytadi?
A) Horunbek B) Ma’suma beka
C) Najmiddin Buxoriy D) Badia
150. “Ravshanxon” dostonida Go‘rog‘libek Avazxonni qayerdan olib kelgan edi?
A) Ko‘xi Qofdan B) Bog‘i Eramdan
C) Xunxordan D) Vayangandan
151. “Ravshanxon” dostonida Go‘rog‘libek Hasanxonni qayerdan olib kelgan edi?
A) Ko‘xi Qofdan B) Bog‘i Eramdan
C) Xunxordan D) Vayangandan
152.Xalq dostonlaridagi qaysi qahramonlar sher haybatli, yo‘lbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli yigitlar bo‘ldi deb ta’riflanadi?
A) Boybo‘ri va Boysari
B) Hasanxon va Avazxon
C) Ravshanxon va Hakimjon
D) Surxayl kampirning o‘g‘illari
153. “Ravshanxon” dostoniga oid noto‘g‘ri hukm berilgan qatorni aniqlang?
A) Avazni bolam deb Og‘a Yunus pari tarbiyaladi.
B) Go‘ro‘g‘libek Avazxonga Arzirumdan Gulqiz degan bir suluvni olib berdi
C) Avaz bilan Hasanxonni quad qilish fikri Go‘ro‘g‘libekdan chiqqan edi.
D) Ravshanning ismini Go‘ro‘g‘libek qo‘ygan edi.
156. “…bachalar birdan ikkiga kirdi, ota ona degudek bo‘ldi, osh-u non bersa yeguday bo‘ldi, u yoq – bu yoqqa borib keguday bo‘ldi. Ikkidan uchga to‘rtga kirdi, ikkovini bir maktabga bordi” ushbu ta’rif qaysi xalq dostoni qahramonlari haqida?
A) “Kuntug‘mish”da B) “Rustamxon”da
C) “Alpomish”da D) “Ravshanxon”da
157.Yaxshi suratli, shirin so‘zli, uzun bo‘yli, keng ko‘krakli, xushxayol, zehni tez, serfahm qiz deb ta’riflangan qahramon kim va qaysi asarda uchraydi?
A) “Ravshanxon”da Zulxumor
B) “Rustamxon”da Oftoboy
C) “Alpomish”da Barchinoy
D) “Ravshanxon”da Gulanor
158. Go‘ro‘g‘libek Avazxonni necha yoshida Chambilga olib kelgan edi?
A)3 yoshida B) 2 yoshida C)7 yoshida D)5 yoshida
159. “Ravshanxon” dostonida qahri kelganda ajdarday to‘lg‘onadigan obraz berilgan qatorni aniqlang?
A) Go‘ro‘g‘libek B) Hasanxon
C) Ravshanxon D) Avazxon
160. “Ravshanxon” dostonida keltirilgan sovuq shamol yemagan iborasi anglatgan ma’no to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang?
A) Shashti qaytmagan B) Qattiq qap eshtmagan
C) Gapi ikki bo‘lmagan D) Hech haqorat eshtmagan
161. to‘rt oyog‘i teng tushgan: biqin yoziq keng tushgan, qarchig‘oyning havosi tekkan otning nomini va bu ot qaysi xalq dostonida uchrashini toping?
A) “Ravshanxon”dostonida G‘irot
B) “Alpomish” dostonida Boychibor
C) “Ravshanxon”dostonida Jiyronqush
D) “Ravshanxon”dostonida G‘irko‘k
162.Qaysi xalq dostoni qahramonining darvozabon bilan oshnolig‘i bor edi?
A) “Kuntug‘mish” B) “Rustamxon”
C) “Alpomish” D) “Ravshanxon”
163.To‘rasan, Ravshanjon, Chambil elingga,
…ni boylab belingga,
Qo‘sh popukli nayza ushlab qo‘lingga,
Otang qurbon bo‘lsin shirin tilingga,
Yovga ajdahorim senga yo‘ bo‘lsin.
Nuqtalar o‘rniga mas so‘zni joylashtiring?
A) Yashin tilli xanjar B) Ilon tilli xanjar
C) Keskir Isfaxon D) Qilich
164. “Ravshanxon” dostonida qo‘llanmagan maqol berilgan qatorni aniqlang?
A) Qizi borning nozi bor
B) Adashganning oldi yo‘l
C) Yolg‘iz bola yovdan yomon
D) Yolg‘iz yursa chang chiqarmas, yaxshi ot
165. O‘z yorini qidirib “G‘amning loyiga botgan” obraz qaysi xalq dostonida uchraydi?
A) “Kuntug‘mish” B) “Rustamxon”
C) “Alpomish” D) “Ravshanxon”
166. “Ravshan” dostoni qahramoni Ravshan nima uchun bandi bo‘lib zindonga tushib qoladi?
A) Zulxumorni ranjitgani tufayli
B) Bozorda uxlab qolgani tufayli
C) Qoraxon qo‘ygan shartga ko‘nmaganligi tufayli
D) Yosh va tajribasizligi, oq ko‘ngilligi tufayli
167. “Sovuq shamol yemagan “ iborasi qaysi qahramonga nisbatan qo‘llangan?
A) Zulxumorga B) Kuntug‘mishga
C) Hasanxonga D) Ravshanga
168. “Ravshanxon” dostonida Qoraxon podsho kimlardan qo‘rqar edi?
A) Hasanxondan B) Ravshandan
C) Kampirning olti o‘g‘lidan
D) to‘rtta polvondan
169.Qaysi xalq dostoni qahramoni yorini minilmagan asov toyga o‘xshatadi?
A) “Rustamxon”da Rustamxon
B) “Ravshanxon” da Hasanxon
C) “Kuntug‘mish”da Kuntug‘mish
D) “Ravshanxon” da Ravshanxon
170. “Ravshanxon” dostonida qalpoq bozori qaysi bozordan keyin joylashgan edi?
A) Un bozoridan keyin B) To‘n bozoridan keyin
C) Jun bozoridan keyin
D) Pichoq bilan qin bozoridan keyin
171.Qaysi xalq dostoni qahramoni yasangan hurday, tishlari durday, ko‘zlari yulduzday,qoshlari qunduzday,lablari qirmizday, og‘izlari o‘ymoqday, lablari qaymoqdek deb ta’riflangan?
A) “Kuntug‘mish” B) “Rustamxon”
C) “Alpomish” D) “Ravshanxon”
172. xalq dostoni qahramonlaridan qaysi biri yasangan hurday, tishlari durday, ko‘zlari yulduzday,qoshlari qunduzday,lablari qirmizday, og‘izlari o‘ymoqday, lablari qaymoqdek deb ta’riflangan?
A) Barchinoy B) Oftoboy C) Zulxumor D) Gulanor
173. xalq dostoni qahramonlaridan qaysi biri Muhrlangan qog‘ozga o‘xhatilgan?
A) Barchinoy B) Oftoboy C) Zulxumor D) Gulanor
174.O‘n kam ikki yuz kokili bor deb e’tirof etilgan, jamoli chillaning qoriga o‘xshatilgan qiz qaysi xalq dostonida uchraydi?
A) “Kuntug‘mish” B) “Rustamxon”
C) “Alpomish” D) “Ravshanxon”
175. Xalq dostoni qahramonlaridan qaysi birining
O‘n kam ikki yuz kokili bor deb e’tirof etilgan hamda jamoli chillaning qoriga o‘xshatilgan?
A) Barchinoy B) Oftoboy C) Zulxumor D) Gulanor
176. “Ravshanxon” dostonida Zulxumorning jamolining chiroyiga chidolmay uning yelkasiga urilib uchadigan qushlar berilgan qatorni aniqlang?
A) kaptar, g‘zalay, simcha, musicha
B) sapito‘rg‘ay, g‘zalay, simcha, musicha
C) sapito‘rg‘ay, g‘zalay, bulbul, musicha
D) kaptar, g‘zalay, simcha, musicha, sapito‘rg‘ay
178. Qaysi xalq dostonida “Kaptarday bo‘b turgan qizlar” tasviri uchraydi?
A) “Kuntug‘mish” B) “Rustamxon”
C) “Alpomish” D) “Ravshanxon”
179. Yorining ishqi ilon – chayon chaqqandek kuydirgan oshiq yigit obrazi qaysi xalq dostonida uchraydi?
A) “Kuntug‘mish” B) “Rustamxon”
C) “Alpomish” D) “Ravshanxon”
180. “Ravshanxon” dostonida Zulxumorning kanizining ismi berilgan qatorni aniqlang?
A) Suqsuroy B) Bahragul C) Oqqiz D) Himcha
181. “Ravshanxon” dostonida Zulxumorniko‘rish maqsadida ko‘rmana sifatida Ravshan tomonidan Oqqizga berib yuborilgan uzuk qanday ramziy ma’noga ega edi?
A) Do‘stlik belgisi edi
B) Hech qanday ramziy ma’noga ega emas
C) Taqdirga ishora edi
D) Bu uzuk Sulaymon uzugi ekanligi va bu uzuk rgasining ko‘plab karomatlar egasi ekanligini anglatib turgan
182.19-kuni nomozshomda bitiolgan maktub qaysi xalq dostonida uchraydi?
A) “Kuntug‘mish” B) “Rustamxon”
C) “Alpomish” D) “Ravshanxon”
183. “Ravshanxon” dostonida Hasanxon uch oylik yo‘lni qancha vaqtda bosib o‘tadi?
A) 40 kunda B) 20 kunda C) 19 kunda D) bir oyda
184. “Ravshanxon” dostonida yilqining tulporini suyagidan tanir edi, qilichning o‘tkirligini qinidan bilar edi deb ta’riflangan obraz berilgan qatorni aniqlang?
A) Aynoq B) Ersak C) Tersak D) Jaynoq
185. “Ravshanxon” dostonida tusini o‘zgartirsa do‘stlari ham tanimaydigan masxaraboz kalning ismi qaysi qatorda berilgan?
A) Aynoq B) Ersak C) Tersak D) Jaynoq
186. “Ravshanxon” dostonida oqshomlari kamonni qo‘liga olsa, qushni ko‘zidan urardi deb ta’riflangan polvon qaysi?
A) Aynoq B) Ersak C) Tersak D) Jaynoq
187. “Ravshanxon” dostonida ot, tuya va arava ko‘tarolmaydi deb ta’riflangan polvon qaysi?
A) Aynoq B) Ersak C) Tersak D) Jaynoq
188.Shirvon eliga Hasanxon kelganida uning Hasanxonligini birinchi bo‘lib kim taniydi?
A) Aynoq B) Ersak C) Tersak D) Jaynoq
189. “Ravshanxon” dostonida “Shu kuni kun pora-pora bo‘lib yerga o‘tirgan vaqtda jonivar … suzilib, buyuri-buyuriga qopishib, qorni-qorniga yopishib, ter bilan qotgan changlar yong‘oqday dumaloq bo‘lib shirvonga kirib keldi” deb ta’riflangan ot nomi berilgan qatorni aniqlang?
A) Girko‘k B) G‘irot C) G‘irko‘k D) Jiyronqush
190. Qaysi xalq dostonida bolalar o‘ynaydigan “qadama og‘och” o‘yini haqida ma’lumot beriladi?
A) “Kuntug‘mish” B) “Rustamxon”
C) “Alpomish” D) “Ravshanxon”
191. “Ravshanxon” dostonida Kallar Hasanxonni qanday taomlar bilan mehmon qilishgan edi?
1. manti 2.barak, 3. kabob, 4. Polov, 5.go‘sht, 6.qovurdoq
A) 1,3,4,5 B) 1,2,4,5 C) 3,4,5 D) 2,4,5
192. “Ravshanxon” dostonida arzg‘o‘y bilan hukmdor o‘rtasida turadigan mansab egasi qanday nomlanadi?
A) Salom og‘asi B) Hudoychi
C) Mirg‘ozib D) Mirg‘azab
193. “Ravshanxon” dostonida Ravshanxon va Zulxumorning to‘yida qaysi musiqa asboblaridan foydalanilgan?
1.baraban, 2.do‘mbira, 3. g‘ijjak, 4.surnay, 5.balabon, 6.karnay
A) 1,3,4,6 B) 1,2,4,5 C) 3,4,5,6 D) 2,4,5
194. Xorazmda doston aytuvchilar qanday nomlanadi?
A) baxshi B) shoir C) xalfa D) vazxon
195. Xorazmda doston qaysi musiqa asbobi jo‘rligida aytiladi?
A) Do‘mbira B) Dutor C) G‘ijjak D) Tor
196. “Ravshanxon” dostoni mavzusiga ko‘ra qanday doston hisoblanadi?
A) Ishqiy- sarguzasht doston
B) Ishqiy- qahramonlik doston
C) Jangnoma doston D) Qahramonlik doston
197. O‘zbeklar orasida tarqalgan “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlarining miqdori to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A)40 ta B)100ga yaqin C) 100 tadan oshadi D) 70 ta
198. “Ravshanxon” dostoni haqida bildirilgan noto‘ri ma’lumot kertirilgan qatorni aniqlang?
A) “Ravshanxon” badiiy jihatdan g‘oyat pishiq ishlangan ishqiy-sarguzasht doston hisoblanadi.
B) “Ravshanxon” dostoni falklorchi olim Hodi Zarif tilidan birinchi marta 1928- Hamid Olimjon tomonidan yozib olindi.
C) “Ravshanxon” dostoni birinchi marta Ergash Jumanbulbul o‘g‘li og‘zidan yozib olingan va 1941- yilda nashr ettirilgan.
D) “Ravshanxon” dostonini Ergash shoir otasi Jumanbulbuldan otasi esa ustozi Kichik Bo‘rondan o‘rgangan edi.
199.Xalq dostonlarida qaysi holatlarda 8 bo‘g‘inli she’riy vazndan foydalaniladi?
A) Doston voqeasi va sur’ati tezlashgan holatda
B) Doston qahramonlarining ichki kechinmalari aks ettirilganda
C) Dostonda urush va jangovorlik holati aks ettirilganda
D) Dostonda mubolag‘ali holatlarni ifodalashda
200. Qaysi xalq dostoni kitobxonni islomiy e’tiqod, chin pokiza muhabbat, or-nomus, qahramonlik, ota yurt va xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalaydi?
A) “Kuntug‘mish” B) “Rustamxon”
C) “Alpomish” D) “Ravshanxon”
201.Ijodkorning fikr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasi bu?
A) G‘ulu B) Obraz C) Peyzaj D) Ichki kechinma
202. “Ravshanxon” dostonidagi epizodik obrazlar berilgan qatorni aniqlang?
A) Ravshan, Zulxumor, Hasanxon
B) Oqqiz, Kampir ena, aka-uka kallar
C) Oqqiz, Kampir ena, aka-uka kallar, Qoraxon
D) Oqqiz, Go‘ro‘g‘libek, aka-uka kallar
203.Aqlga sig‘maydigan mubolag‘a qanday ataladi?
A) Ifrat B) Bulug‘ C) G‘ulu D) Lug‘z
204.A.Navoiy o‘zining qaysi asarida o‘zbek va fors shoirlarining nazmidan 50 ming bayt 100 ming misra she’rni yod bilganligini yozadi?
A) “Majolis un- nafois”
B) “Navodir un -nihoya”
C)“Muhokamat ul- lug‘atayn”
D) “Mezon ul -avzon”
205. Qaysi ijodkor “amiri kabir”, “amir ul-muqarrab” unvonlariga Musharraf bo‘lgan?
A)Rumiy B) Lutfiy C) Navoiy D) Rudakiy
206.A.Navoiy Qaysi asarida “ilgimdan kelguncha zulm tig‘in ushotib, mazlum jarohatig‘a intiqom marhamini qo‘ydum. Va ilgimdin kelmaganni ul Hazrat arzig‘a yetkurdim”, - deb yozad?
A) “Majolis un- nafois” B) “Navodir un -nihoya”
C)“Muhokamat ul- lug‘atayn” D) “Vaqfiya”
207. A.Navoiyning 1472 -1476 –yillarda tuzgan devoni qanday nomlanadi?
A) “Majolis un- nafois” B) “Navodir un -nihoya”
C)“Badoye ul-bidoya” D) “G‘aroyib us-sig‘ar”
208. A.Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Hayrat ul- abror”, “Sayyid Hasan Ardasher”
B) “Tarixi muluki ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo”
C) “Tarixi muluki ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Majolis un- nafois”
D) “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Sab’at-u abhur”
209.A.Navoiyning tazkirachilikka oid asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Majolis un- nafois”
B) “Navodir un -nihoya”
C)“Muhokamat ul- lug‘atayn”
D) “Mezon ul -avzon”
210. A.Navoiyning aruzga doir asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Majolis un- nafois”
B) “Navodir un -nihoya”
C)“Muhokamat ul- lug‘atayn”
D) “Mezon ul -avzon”
211. A.Navoiyning lug‘atshunoslikkaga doir asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Majolis un- nafois”
B) “Sab’at –u abhur”
C)“Muhokamat ul- lug‘atayn”
D) “Mezon ul -avzon”
212. A.Navoiyning sharqda o‘tgan mashhur shayxlar, so‘fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Majolis un- nafois”
B) “Sab’at –u abhur”
C)“Muhokamat ul- lug‘atayn”
D) “Mezon ul -avzon”
213.Qaysi asar qahramoni kuchli, ham botir-u qo‘rqmas va bu sifatlari bilan to‘qaydagi sherga o‘xshatildi?
A) “Hayrat ul- abror”da B) “Sab’ai sayyor”da
C) “Ravshanxon” da D) “Me’mor”da
214. Qaysi asar qahramoni shavkatidan o‘rtog‘i ham do‘sti ham yo‘q edi deb ta’riflanadi?
A) “Hellados”da B) “Sab’ai sayyor”da
C) “Ravshanxon” da D) “Me’mor”da
215.Qaysi asarda Jazirada bir bir shirin chashma bo‘lib, u zahar ichidagi ichimlik suvidek ko‘rinardi?
A) “Hellados”da B) “Sab’ai sayyor”da
C) “Yovoyi yo‘rg‘a” da D) “Hayotga Muhabbat”da
216.Qaysi asar qahramonini odomzod bunday go‘zalni hargiz ko‘rmagan deb ta’riflanadi?
A) “Unutma”g‘azalida B) “Sab’ai sayyor”da
C) “Jamila” da D) “Hayotga Muhabbat”da
217. Anda bir shoh hokim – u voliy,
Mulki ma’mur-u himmati oliy
Ushbu baytda qanday badiiy san’at qo‘llangan?
A) tashxis B) tazod C) tanosib D) iyxom
218.Qaysi asarda bir choh bo‘lib u choh ichiga tushgan odamning nasibasi bir oftoba suv bilan ikki non bo‘lardi?
A) “Hayrat ul- abror”da B) “Sab’ai sayyor”da
C) “Suhayl va Guldursun” da D) “Alpomish”da
219.Shohni derlar sipoh birla shoh,
Shoh emasdur yo‘q esa anda sipoh.
Ushbu bayt qaysi asarda qo‘llangan?
A) “Hayrat ul- abror”da B) “Sab’ai sayyor”da
C)“Suhayl va Guldursun” da D) “Qutadg‘u bilig”da
220.Sen agar zohir etting itlikni,
Men sanga ko‘rguzay yigitlikni
“Sab’ai sayyor” dostonida ushbu misralar kim tomonidan aytilgan?
A)Numon B) Suhayl C) Jobir D) Navdar
221. Mutloq tashbih bu..?
A) o‘xshatilmish va o‘xshamish ishtirok etgan o‘xshatish san’ati
B) asos va vosita ishtirok etgan o‘xshatish san’ati
C) faqat o‘xshatilmish ishtirok etgan o‘xshatish san’ati
D) o‘xshatilmish va o‘xshamish shuningdek, asos va vosita ishtirok etgan o‘xshatish san’ati
222.Mutloq tashbih berilgan qatorni aniqlang?
A) Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko‘tara olmay uyatdin zabun
B) U lulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘
C) Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,
Xilqat alarg‘au sanga – tiyra xok
D) Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beribon bog‘ni ma’mur qil.
223. “dardini bergan davosini ham beradi”
maqoli qaysi asarda qo‘llangan?
A) “Bemor”da B) “Sab’ai sayyor”da
C) “Ravshanxon” da D) “Me’mor”da
224. Kinoya tashbih bu..?
A) o‘xshatilmish va o‘xshamish ishtirok etgan o‘xshatish san’ati
B) asos va vosita ishtirok etgan o‘xshatish san’ati
C) faqat o‘xshatilmish ishtirok etgan o‘xshatish san’ati
D) o‘xshatilmish va o‘xshamish shuningdek, asos va vosita ishtirok etgan o‘xshatish san’ati
225.Qaysi ijodkorning akasi Hofiz nomi bilan tanilgan Oxunjon edi?
A) Anbar Otin B) Dilshodi Barno
C) Uvaysiy D) Nodira
226.Shoiraning turmush o‘rtog‘i Hojixonerta vafot etib, qizi Quyoshxon, o‘g‘li Muhammadxonni tarbiyalash yakka o‘ziga qoldi. U maktabdorlik qildi, ijod bilan shug‘ullandi.
Yuqoridagi ma’lumotlar qaysi ijodkorimizning tarjimayi holiga tegishli?
A) Anbar Otin B) Dilshodi Barno
C) Uvaysiy D) Nodira
227. Uvaysiy mumtoz adabiyotimizning qaysi janrlarida qalam tebratgan?
1.g‘azal; 2.ruboiy;3.qit’a; 4.muxammas; 5.murabba; 6.chiston; 7.doston;8. mustazod; 9.musaddas; 10.fard
A)1,2,4,5,6,7 B)1,4,5,6,7,9
C) 1,4,6,7,9,10 D)1,4, 6,7,8,9
228.Uvaysiyning hasbi hol shaklidagi g‘azallari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Sog‘indim”, “Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi”, “Uvaysiyman”
B) “Doda keldim…”, “Vasl uyin obod qildim…”,“Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi”
C) Kel daxrni imtixon etib ket…”,“Sog‘indim”, “Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi”, “Uvaysiyman”
D) “Fig‘onikim garishi davron ayirdi shahsuvorimdin…”, “Uvaysiyman”, “Sog‘indim”
229.Qaysi ijodkor o‘zining ijod namunalaridan birida yerdan osmongacha mojaro bo‘lganligini aytadi?
A) Turdi Farog‘iy B) Mahtumquli
C) Uvaysiy D) Nodira
230.Uvaysiyning Anor chistonidagi raviy hisoblanadigan tovush berilgan?
A) “m” B) “n” C) “sh” D) “l”
231. Qaysi baytlarda yoyiq radif muqayyad qofiyadan keyin kelgan?
1.Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r,
Zuloli zavq shavqin tashnai diydor o‘landan so‘r.
2.Ko‘nglum ichra dard-u g‘am, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas,
Kim, ul oyning hajri ham, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.
3.Ko‘rgali la’ling aqiqin ko‘nglum ul yon tortadur,
Bu yamon andishaliqni go‘yo qon tortadur.
4.Ey orazi shams-u qamarim, netti,ne bo‘ldi?
Vey tishlari dur-u guharim, netti, ne bo‘ldi?
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 3,4 D) 1,2
232. Raviy bilan tugallangan qofiyalarni...?
A) Mutloq qofiya deyiladi
B) Zulqofiya deyiladi
C)Muqayyad qofiya deyiladi
D)Yoyiq qofiya deyiladi
233.Raviy haqidagi hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
1. raviy unli yoki undosh tovush bo‘lgan tirgak tovush hisoblanadi; 2.Qofiyadosh so‘zlarda raviyning kelish o‘rni erkin bo‘ladi; 3.raviy bilan tugallangan qofiyalarni mutloq qofiya deb ataladi; 4. Cho‘ziq unlilar va undoshlar raviy bo‘la oladi; 5. Qisqa unlilar raviy bo‘la olmaydi;6. Raviydan keyin harflar kelgan qofiyalarni mutloq qofiya deb ataladi
A) 3 tasi B) 4 tasi C) 2 tasi 5 tasi
234.Qaysi ijodkorning asil ismi Ubaydulloh bo‘lgan?
A) Turdi Farog‘iy B) Mahtumquli
C)Zavqiy D) Muqumiy
235. Qaysi ijodkor shoirtabiat tog‘asi Muhammad Siddiq yordamida 1870-1874- yillarda “Madrasai oliy” va “Madrasai Chalpak” madrasalarida tehsil ko‘rgan?
A) Turdi Farog‘iy B) Avaz O‘tar
C)Zavqiy D) Muqumiy
236.Qaysi ijodkor o‘zining tarjimayi holida otasining falaj bo‘lib qolishi sababli ota kasbi –kosiblik bilan ro‘zg‘or tebratganini, shuningdek, Qo‘qon poyabzal rastasining xo‘jayini Mo‘minboy qo‘lida mirzolik ham qilganini yozadi?
A) Turdi Farog‘iy B) Avaz O‘tar
C)Zavqiy D) Muqumiy
237.Zavqiyning she’rlari va maqolalari qaysi matbuot jurnalida bosilgan?
A) “Sadoi Farg‘ona” B) “Al-Isloh”
C) “Tirik so‘z” C) “Najot”
238. Zavqiyning she’rlari va maqolalari qaysi matbuot gazetalarida bosilgan?
A) “Sadoi Farg‘ona”,“Al-Isloh”, “Tirik so‘z” B) “Najot”, “Sadoi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “Turkiston viloyatining gazeti”
C) “Najot”, “Sadoi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “O‘zbekiston madaniyati”
D) “Najot”, “Sadoi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “Qizil O‘zbekiston”
239.Qaysi ijodkorning o‘z qo‘li bilan tuzgan devoni 1930-yilda turmush o‘rtog‘i Xayrunniso tomonidan Qashqarga olib ketilgan?
A) Turdi Farog‘iy B) Avaz O‘tar
C)Zavqiy D) Muqumiy
240. Zavqiyning qaysi she’rida yurt kelajagi borasidagi shoirning orzu, armon va istaklari aks etgan?
A) “Ajab zamona” B) “Hajv ahli rasta”
C) “Ajab ermas” D) “Zamona kimniki”
241.Zavqiyning muxammas shaklida yozilgan. Asli yetti bandan iborat bo‘lsa-da, sho‘rolar davrida to‘rt band sifatida taqdim etilgan she’ri berilgan qatorni aniqlang?
A) “Ajab zamona” B) “Hajv ahli rasta”
C) “Ajab ermas” D) “Zamona kimniki”
242. Zavqiyning qaysi she’rining asil matini 1997- yili qo‘qonlik adabiyotshunos Rustamjon Tojiboyev matbuotda e’lon qilgan?
A) “Ajab zamona” B) “Hajv ahli rasta”
C) “Ajab ermas” D) “Zamona kimniki”
243.Shiori shar birlan ziynatafzo bo‘lsa Farg‘ona,
Havosi ruhparvar ham diloro bo‘lsa Farg‘ona,
Jahon ahlig‘a go‘yo daf’u savdo bo‘lsa Farg‘ona
Tong emaski, go‘yo jannatoso bo‘lsa Farg‘ona
Bo‘lub tufrog‘i anbar, suv gulob o‘lsa, ajab ermas
Ushbu muxammas muallifi berilgan qatorni aniqlang?
A) So‘fizoda B) Avaz O‘tar
C)Zavqiy D) Muqumiy
244.Zavqiyning “Hajv ahli rasta” she’rida oshqoboq, xamakka o‘xshatilgan obraz berilgan qatorni aniqlang?
A) Shokir B) Nosirbek C)Mo‘minshoh D)Muhiddin
245. Zavqiyning “Hajv ahli rasta” she’rida kim uni handalakka Qorako‘lga olib borganligini aytadi?
A)Qosim B) Nosirbek C)Mo‘minshoh D)Muhiddin
246. Zavqiyning “Hajv ahli rasta” she’rida qattig‘ligi danakka o‘xshatilgan so‘fining bolasi kim edi?
A)Qosim B)Oxundjon C)Ahmadjon D)Abduqodir
247. Zavqiyning “Hajv ahli rasta” she’ridagi chelakka osh suzib ichadigan obraz berilgan qatorni aniqlang?
A)Hojibachcha B)Nusrat C)Ahmadjon D)Abduqodir
248. “Va’zi Ozod” asari haqidagi notog‘ri hukm berilgan qatorni aniqlang?
A) Bu asar ilmiy risola-doston hisoblanadi.
B) Bu asar muallifining og‘li “Firog‘iy” tahallusi bilan ijod qilgan.
C) Bu asar muallifi Niyozsolih mulla qo‘lida tahsil olgan.
D) Bu asar olti ming misra to‘rt bobdan iborat
249.Qaysi ijodkor o‘z mehnati bilan halol rizq topish niyatida zargarlik hunarini o‘rgangan?
A) So‘fizoda B) Avaz O‘tar
C)Zavqiy D) Muqumiy
250.Qaysi ijodkor to‘qqiz yoshida bobosi va otasi izidan borib xalq yo‘lida qo‘shiqlar to‘qiy boshlagan?
A) So‘fizoda B) Avaz O‘tar
C)Zavqiy D) Muqumiy
251. 1.g‘azal; 2.to‘rtliklar; 3.qit’a; 4.muxammas; 5.murabba; 6.chiston; 7.liro-epik doston;8. mustazod; 9.musaddas;
Ushbu janrlardan nechtasi Maxtumquli lirikasida uchraydi?
A) 5 tasi B)3 tasi C) 2 tasi D) 4 tasi
252.Maxtumquli “Namasan” she’rida yorini qayerda ko‘rganligini aytadi?
A) Gulga to‘lgan chamanda B) Bog‘da
C) Hech qayerda ko‘rmaganligini aytadi
D)Daryo yoqasida
253.Qaysi ijodkor 1926- yildayoq “Sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali obrosizlantishda” ayblanib qamoqqa olinadi?
A) A.Qahhor B) Cho‘lpon C) A.Qodiriy D)Mirtemir
254. Anvarning: «...zero, zulmi naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo‘lishi tajribalar bilan sobitdir», - so‘zlari kimga nima maqsadda aytilgan?
A) Xudoyorxonga Sultonalini ozod qilishini so‘rab B) Ra’noga sabr qilish zarurligini tushuntirish uchun C) Abdurahmon domlaga tanbeh berish maqsadida D) Sultonaliga qochish to‘g‘risida maslahat so‘rab
255. Anvarni o‘z ixtiyori bilan xon huzuriga borishdan qaytarolmagan Qobilboy nima uchun ukasining xayrlashuviga javob bermay chiqib ketadi?
A) maslahatlashmoq uchun do‘stlarining oldiga ketgandi
B) o‘z jonini qutqazish uchun tez ketib qoladi
C) nima qilishini bilmay gangib qolgan edi
D) do‘stlari bilan ahdlashganday ukasini qutqarish haqida o‘ylagandi
256. Xon tomonidan Anvar o‘limga buyurilgan lavhada kimning xatti-harakatini jasorat sifatida baholash mumkin?
A) Muhammad Niyoz B)Sultonali
C)Jallod D) Xudaychi
257. Qobilboy va uning ikki do‘sti qanday qilib Anvarni qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi?
A) jazo maydonida yasovullar oz edi
B) yasovullar ham Anvarning qatlini xohlashmas edi C) tahorat olish bahonasida Anvar ular bilan qochishga muvaffaq bo‘ldi
D) xalq ularga yordam berdi
258. A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida yozilishicha, «Raqibni bu qadar jasoratda ko‘rgan Xudoyorxonning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va bir oz so‘z topolmagandek tamshanib turdi». Keyin Anvarga qarata nima dedi?
A) Tuzumni unutding! B) Chiqar buni, jallod!!!
C) Sen bizg‘a xiyonat qilding, it uvli!
D) Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
259.A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”
romanida Anvar Qo‘qondagi qaysi mahallada tug‘ilgan edi?
A) Bekvachcha B) Mergancha
C) Baxmalbof D) Kengko‘l
260. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”
romanidagi Anvarning otasining ismi berilgan qatorni aniqlang?
A) Salim B) Mahmud C) Qosim D) Safar
261. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”
romanida Anvarning ismini kim qo‘yadi?
A) Salim bo‘yoqchi B) Anor bibi
C) Nodira D) Qobil
262.A.Qodiriyning felyatonlari qaysi matbuot nashrida bosilgan?
A) “Mushtum” jurnalida B)“Taraqqiy”gazetasiada
C) “Qizil O‘zbekiston”gazetasida
D) “Turkiston viloyati gazetasida”
263.Qaysi asar qahramoni mavridsiz laylaklar ichida bemahal g‘urrak bo‘lib yashay boshladi deb ta’riflanadi?
A) “Ufq” (S.Ahmad)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
С) “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon)
D) “Daxshat” (A.Qahhor)
264.Qaysi asar qahramoni mehnat bilan yashab, yetti - sakkizni tug‘ib, yoshi ham qirqlarga borib, tusiga ajin kirib, keksaymasa ham qarimsiq bo‘lib qolg‘an, shuning uchun ham birovga tegib olishi haqida o‘ylashi ham noto‘g‘ri, deb ta’riflanadi?
A) “Daxshat” da Nodirmohbegim (A.Qahhor)
B) “Mehrobdan chayon”da Gulshan (A.Qodiriy)
С) “Kecha va kunduz” da Xadichaxon(Cho‘lpon)
D) “Mehrobdan chayon”da Anorbibi (A.Qodiriy)
265. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”
romanida Anvarning otasi qanday kasallik bilan olamdan o‘tdi?
A) yurak falaji B) Bobosir C) Chechak D)Qizamiq
266.Qaysi asar qahramoni o‘qishda qancha baxtli bo‘lsa, peshonada o‘hancha baxtsiz edi?
A) “Farhod va Shirin” (A.Navoiy)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
C) “Alvido bolalik” (T.Malik)
D) “Bahor qaytmaydi” (O‘.Hoshimov)
267. “Qush tilini qush biladi” maqoli qaysi asarda ishlatilgan?
A) “Ufq” (S.Ahmad)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
С) “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon)
D) “Daxshat” (A.Qahhor)
268.Qaysi asar qahramoni 13 yoshida uchinchi oilani ko‘radi?
A) “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” (Hamza)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
С) “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon)
D) “Daxshat” (A.Qahhor)
269.Qaysi asar qahramoni 15 yoshida yolg‘iz o‘zi maktabni idora qilish darajasiga yetkanidek, yaxshig‘ina forsiyxon va bir daraja arab tiliga oshino bo‘ldi?
A) “Farhod va Shirin” (A.Navoiy)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
C) “Alvido bolalik” (T.Malik)
D) “Bahor qaytmaydi” (O‘.Hoshimov)
270.Qaysi voqeadan so‘ng Solih Mahdum Anvarga boshqacha ko‘z bilan qaray boshladi?
A) Sarpo kiyish voqiasidan so‘ng
B) Nasim bilan do‘stlashgandan so‘ng
C) Ilmi hisob va Arab tilini o‘rgangandan so‘ng.
D) Sarmunshiylik darajasiga ko‘tarilgandan so‘ng
271.chechak kasalligi bilan og‘rib vafot etgan obraz qaysi asarda uchraydi?
A) “Ufq” (S.Ahmad)
B) “Mehrobdan chayon” (A.Qodiriy)
С) “Kecha va kunduz”(Cho‘lpon)
D) “Chinor” (A.Muxtor)
272. “Ochilmay so‘lsa har gul g‘unchasi pir-u juvon yig‘lar,
Do'stlaringiz bilan baham: |