5-Mavzu. Menejmentda boshqaruv usullari. Reja


Boshqarishning iqtisodiy usullari



Download 76,02 Kb.
bet8/9
Sana17.02.2023
Hajmi76,02 Kb.
#912173
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu (2)

5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari.
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chikariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruh manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadda qo’shimcha ish haqi to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida yetakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’g’ri qo’llay olishi kerak.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
• kredit va foiz stavkasi;
• soliq va soliq yuki;
• boj to’lovlari;
• subsidiya va sanatsiya;
• litsenziya;
• transfert to’lovlari;
• narx-navo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarish bosqichida ham g’oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma’muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigai bozor mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta’siri ham tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z ta’sirini qatiy belgilangan reja orqali o’tkazadi. Natijada bozor korxona va firmalar faoliyatini, davlat esa bozorning o’z qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiyot boshqarishini amalga oshiradi. Bu esa davlatning bozor va korxonalar faoliyatiga minimum darajada aralashuvini ifodalaydi.
Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini o’zgartirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko’ra foiz kamaysa, qarz pulga talab oshadi. Binobarin, kredit ko’proq olinadi va ishlab chiqarishga ko’proq investitsiya qilinadi.
Kreditning iqtisodiy o’sishiga aloqadorligini hisobga olgan holda davlat uni arzonlashgirish choralarini ko’radi. Davlatning qo’lida katta pul to’planadi, bu pul bankka qo’yiladi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlat­ning puli kapital bozoriga chiqib kreditning taklifini ko’paytiradi. Shu tariqa davlat bo’sh turgan pul tarkibini o’zgartirish orqali bozordagi pulga bo’lgan talab va taklifni o’zgartirishga erishadi. Bo’sh pullar:
• hozir qarz berish uchun ajratilgan;
• zahiradagi kredit rezervi sifatida turgan pullarga bo’linadi.
Zahiradagi rezerv pulning kamayishi taklif etilgan pulning ko’payishini bildiradi va aksincha, uning ko’payishi pul taklifini qisqartiradi. Odatda, kredit resursining 20 foizi zahirada bo’lsa, 80 foizi bevosita kredit ishiga ajratiladi, ya’ni sotishga qo’yiladi.
Davlat bosh boshqaruvchi sifatida shu nisbatni o’zgartiradi. U pul rezervini qisqartirish hisobidan uning kredit sifatida taklifini ko’paytiradi. Natijada foiz pasayadi, binobarin kredit arzonlashganidan uni ko’proq olib, investitsiya uchun ishlatish qulay bo’ladi, iqtisodiy o’sishga asos yaratiladi. Foizning ortishi kreditni qimmatlashtirib, unga kamroq undaydi, binobarin, investitsiya qisqaradi, iqtisodiy o’sish sustlashadi.
Davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotga ta’sir o’tkazadi va boshqarish jarayonida qatnashadi. Soliqlar hamma mamlakatlarda mavjud bo’lib, majburiy to’lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi tomonidan faqat davlatga to’lanadi. Davlat jamiyat a’zolariga, ular kim bo’lishidan qatiy nazar, ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga:
• mudofaa;
• tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash;
• obodonchilik va sanitariya-gigiyena ishlarini bajarish;
• davlatni idora qilish;
• davlat havfsizligini ta’minlash;
• ekologik muhitni asrash;
• tabiiy boyliklarni himoya qilish;
• ommaviy savodxonlikni ta’minlash;
• nochorlarga yordam berish, ularni ijtimoiy himoya qilish kabi ishlar kiradi.
Soliqlar boshqarish jarayoniga quyidagi uch vazifani bajarish orqali o’z ta’sirini ko’rsatadi:
• fiskal vazifa, ya’ni davlat xazinasi (byudjeti) ga pul tushirish;
• iqtisodiy faollikni rag’batlantirish;
• aholining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni ijtimoiy himoyalash.
Undiriladigan soliq qiymatining solikq ob’yekt qiymati (hajmi) ga nisbatan hisoblangan miqdori soliq yuki (stavkasi) deyiladi. Qatiy, progressiv, regressiv, proporsional (mutanosib) soliq stavkalari mavjud. Undiriladigan soliq stavkasining me’yori bor. Shu sababli uni cheksiz oshirib bo’lmaydi.
Masalan, optimal variantga muvofiq bo’lmagan progressiv soliqqa tortish:
• yuqori daromad olishga qiziqishni;
• yuqori sur’atda unum bilan mehnat qilishni;
• investitsiyalarga bo’lgan intilishni yo’qqa chiqaradi.
Daromadlarni soliqlardan yashirish usullarini izlash yo’llari muqarrar sur’atda paydo bo’lib, bunday vaziyatda ular jamiyatda salbiy baholanmaydi.
Xalqaro tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, iqtisodiyoti bozorga yo’naltirilgan davlatlarda daromadlar haddan tashqari yuqori progressiv soliqqa tortilishi bilan kapitallar chet elga chiqib keta boshlaydi.
Subsidiya va sanatsiya davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi kuchli moliyaviy vositalaridan hisoblanadi.
Subsidiya – bu davlat tomonidan aniq maqsad yo’lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’i.
Subsidiyalar:
• iqtisodiyotni diversifikasiyalash (tarkiban o’zgartirish);
• eksport-importni muvozanatlashtirib turish;
• novasiya (yangilikni o’zlashtirish) ishlarini yo’lga qo’yish;
• ayrim hududlarga yordam berish;
• konversiya (harbiy ishlab chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o’tish) maqsadida ajratiladi.
Qayd qilingan ishlar serxarajat bo’lganidan subsidiya xarajatlarni butunlay yoki qisman qoplash uchun beriladi. Subsidiya davlatning moliyavii yordami bo’lib, byudjetga qaytarib berilmaydi.
Davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarishning, tartiblashning yana bir muhim vositasi - bu moliyaviy sanatsiyadir.
Sanatsiya – iqtisodiyot uchun axamiyati katta korxonalarni tang holatidan chiqarib, ularning me’yorida ishlab turishini ta’minlash hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo’lishiga yo’l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me’yorda saqlab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Sanatsiyalash quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
• korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o’zgalar hisobidan to’lash;
• qarzni to’lash muddatini kechiktirish;
• qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik;
• korxonaga soliqdan yengillik berish;
• soliqni kreditga aylantirish;
• korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to’lash;
• subsidiya ajratish;
• korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.
Davlatning sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi. Birinchisi – korxonaning milliy yoki hududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo’lishi kerak, ikkinchisi – korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o’ziga bog’liq bo’lmagan boshqa ob’yektiv sabablar bo’lishi lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish daromadlarning keskin farqlanishi, aholining turmush darajasi bo’yicha tabaqalashuvi bilan birga yuz beradi. Jamiyatning haddan tashqari boylar va haddan tashqari kambag’allardan iborat qutblarga ajratilishiga yo’l qo’ymaslik uchun davlat daromadlarni qayta taqsimlash vazifasini o’z zimmasiga olishga majbur bo’ladi.
Bunday taqsimlash shaxsiy daromadlarni progressiv soliqqa tortish va transfert to’lovlar orqali amalga oshiriladi.
Transfert to’lovlar – bu o’tkazma to’lovlar, davlat byudjeti vositalarini qayta taqsimlash shakllaridan biri.
Bu to’lovlar:
• xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish;
• davlat qarzlari bo’yicha foiz to’lovlari;
• ijtimoiy ehtiyojlarga davlat tomonidan to’lanadigan pul mablag’lari ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan transfert to’lovlar kam ta’minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va birovning boquvidagi kishilarga hamda ishsizlarga nafaqa to’lash ko’rinishida bo’ladi.



Download 76,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish