Boshqarishning tashkiliy - ma’muriy usullari ikki shaklda:
tashkiliy ta’sir ko’rsatish usullari;
farmoyish berish usullari shakllarida namoyon bo’ladi (5.2-chizma).
5.2-chizma. Tashkiliy-ma’muriy usullar shakllari.
Tashkiliy usullarning bu ikkala shakli birgaliqda qo’llaniladi, bir-birini to’ldiradi va rivojlantiradi. Har ikkala shaklning uyg’unlashuvi ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olingan holda optimal bo’lishi kerak.
Tashkiliy ta’sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarni, ya’ni:
ta’lim jarayoniva boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash;
ichki tartib-qoidalarini o’rnatish;
boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o’rtasida optimallik va oqilona nisbatni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi.
Farmoyish berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlari va organlarining (uyg’un) ishlashini joriy ta’minlab turishdan iborat bo’lib, bunga e’lon qilinadigan yozma yoki og’zaki qo’rsatmalar berish, yozma shaklda nashr etilgan yoki og’zaki buyruqlar vositasi bilan erishiladi.
Tashkiliy ta’sir ko’rsatish boshqariladigan ob’yekt (korxona)ni loyihalash bosqichidan boshlanadi. So’ngra reglamentlash, me’yorlash ishlari bajariladi (5.2-jadval).
5.2-jadval
Tashkiliy ta’sir ko’rsatish amalga oshirish yo’llari.
T/r
|
Tashkiliy ta’sir ko’rsatish shakllari
|
Izoh
|
1
|
Loyhalash:
Boshqarish strukturasini loyihalash
Boshqarish jarayonini loyihalash
Boshqarish jarayonini loyihalash
Hujjatlashtirish va hujjat aylanishini loyihalash
Boshqarish texnikasini jihozlashni loyihalash
|
Boshqarish apparati strukturasi;
Shtatlar jadvali
Bo’limlar to’g’risida nizom;
Lavozimlar to’g’risida Nizom.
Binolarning joylashuvi;
Ish o’rinlarini jihozlash;
Ish sharoitini yaratish;
Nazoratni tashkil qilish.
Hujjatlarni qayta ishlash;
Nusxalar qo’paytirish;
Joylarga yetkazish;
Hujjatlarni saqlash.
Aloqa tizimi;
Boshqarish ishlarini mexnizasiyalash va kompyuterlashtirish.
|
2
|
Reglamentlash
|
Bu boshqarish organlari faoliyatini yo’lga solib turuqchi va tartib – qoidalarini belgilashdir. Masalan, Mehnat to’g’risidagi qonun, Sudlar to’g’risidagi qonun h.k. Tashkiliy reglamentlash hujjatlari huquqiy me’yorlar xususiyatini kasb etadi va ijrochilar uchun majburiy hisoblanadi.
|
3
|
Me’yorlash
|
Boshqarishda ma’lum jarayonlarning amal qilish chegaralari (senz)ni aniqlash uchun zarur. Masalan: standartlar, me’yorlar, chizmalar, shuningdek texnologik me’yortivlar ishlab chiqiladi; bular mahsulot tayyorlash, ularga ishlov berish usuli va rejimlarini hamda operasiyalar davomiyligini belgilab beradi;mehnatni tashkil etish uchun turli toifadagi xodimlar nisbatini, tarif razryadlari, rag’batlantirish tizimi, mehnat va dam olish rejimini belgilaydigan me’yortivlarni talab etadi va h.k.
|
4
|
Qo’llanma tayyorlash
|
qo’llanmalarda ishni bajarish yo’llari ko’rsatiladi va tushuntiriladi. Agar reglamentlash nima ni qilish mumkin emasligini belgilab bersa, qo’llanma aniq bir operasiya (ish)ni qanday izchillikda bajarish lozimligini ko’rsatadi.
Qo’llanma me’yortiv hujjat kuchiga ega bo’lmaydi. Uning yordamida umumiy tartib va qoidalar belgilanadi.
Qo’llanmalar:
mahalliy ;
tarmoq;
lavozim;
uslubiy va ish qo’llanmalariga bo’linadi.
|
Yaxshi tashkil etilgan loyhalash, reglamentlash va me’yorlash tadbirlari boshqarishga juda katta yordam beradi. Eng avvalo, ular butun boshqarish jarayonida:
muntazamlik va obektivlikni ta’minlaydi;
asossiz va tasodifiy harakatlarga chek qo’yadi;
reglamentlangan tartib o’rnatadi.
Bundan tashqari, me’yortivlar boshqarishning mavjud shakllarini, bo’limlar strukturasini va ayrim kishilar, shaxslar faoliyatini amaliy jihatdan tushunib olishga, nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilishda yordam beradi.
Umuman, mazkur muassasadagi reglamentlash va me’yorlashning holati va ularning mukammalligi boshqarish madaniyatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |