11.4. 4.5.2.Milliy iqtisodyotda innovatsion texnologiyani rivojlantirishda xorijiy investisiyalarini ahamiyati.
1996 yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PF-1467-sonli Farmoni qabul qilingan edi.Unda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo‘shadigan hissasini oshirish maqsadida uning 1-bandida: eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi,deyilgan. 2020 yilning 28-sentyabriga kelib, yangitdan bu yo‘nalishda yangi farmon va qaror qabul qilindi.
11.4. 4.5.3.Mustaqillik yillarida Respublikamizga investisiya sifatida xorijiy valyutalarni kirib kelishi va ularni jalb qilish shakllari. O‘zbekistonda investisiya qo‘mitasini tashkil bo‘lishi va uning dasturlarini bajarilishi.
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari kiritish shakllari
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish;
intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali.
shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |