4-modul. Innovatsion izlanishlarda-ilmiy tadqiqot va tajrnba konstruktorlik ishlarini (ITTKI), tashkil yetish.
11-Mavzu.4.5.QIShLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYaLARNI AMALGA OShIRIShDA INVESTITSIYaLAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISh.
Reja:
Kirish.
11.1. 4.5.1.Innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini tiklashda xorij invessiyalarning o‘rni.
11.4. 4.5.2.Milliy iqtisodyotda innovatsion texnologiyani rivojlantirishda xorijiy investisiyalarini ahamiyati.
11.4. 4.5.3.Mustaqillik yillarida Respublikamizga investisiya sifatida xorijiy valyutalarni kirib kelishi va ularni jalb qilish shakllari. O‘zbekistonda investisiya qo‘mitasini tashkil bo‘lishi va uning dasturlarini bajarilishi.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan qo‘shimcha adabiyotlar.
1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 349-son Qarori.
2.Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari. 2010-2018 yillardagi statistik to‘plamlar. –Navoiy, 2010-2018.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:“Disput” (munozara),“insert”, “blis-so‘rov”, “klaster”, “aqliy hujum” muammoli ta’lim,kuzatish.
Adabiyotlar:A1;A2;A10; X2;X3;X7;Q3;Q6;Q8;Q10;Q14;Q16; Internet saetlari.
Tayanch iboralari:Innovatsiya, texnologiya,ishlab chiqarish,faoliyat,xorij invessiyalari,milliy iqtisodyot,mustaqillik,sifat,valyuta,shakl,qo‘mita, dastur va h.o.
KIRISh.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Davlat va jamiyat hayotida ro‘y berayotgan tub o‘zgarish va islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, avvalo, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustahkam bilimga ega, O‘zbekistonning bugungi tashqi va ichki siyosati yo‘nalishlarini tushunadigan, tahlil eta oladigan yosh va tashabbuskor kadrlarni taqozo etmoqda. Bu borada “Yangilanayotgan O‘zbekistonga yangi avlod kadrlari” sobiq “Umid” jamg‘armasi bitiruvchilarining birinchi xalqaro konferensiyasi o‘tkazish muhim axamiyat kasb etadi. Ma’lumki, iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Umid” jamg‘armasi 1997-2003 yillarda 828 nafar mutaxassislarga ilg‘or bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, jumladan 363 nafari (44%) bakalavriatda, 465 nafari (56%) magistratura dasturlarida tahsil olishdi. Yuqoridagi dasturlar doirasida, ular dunyoning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida, jumladan, AQShda 343 nafar, Buyuk Britaniyada 329 nafar, Germaniyada 84 nafar, Fransiyada 33 nafar, Yaponiya 20 nafar, Kanadada 11 nafar va Italiyada 8 nafar tahsil olib qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 sentyabrdagi PF-5545-son Farmoni bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi. 2018 yilning o‘zida jamg‘armaning to‘rtta ta’lim dasturi bo‘yicha 381 nafar mutaxassislar xorijiy davlatlarga ta’lim olish va malaka oshirishga yuborilgan bo‘lsa, 2019 yilda ularning soni 600 nafardan ortdi. 2020 yilda esa, jamg‘armaning ta’lim dasturlari asosida 1000 nafarga yetkazish rejalashtirilgan edi. Bularning barchasi sobiq “Umid” jamg‘armasi huquqiy vorisi hisoblangan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari sonining jadal o‘sib borayotganidan dalolat beradi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasining asosiy maqsadi nafaqat yoshlarni chet elda o‘qitish, balki ularga o‘quv dasturlari yakunlaganlaridan so‘ng mamlakat rivojiga munosib hissa qo‘shishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda stipendiatlarning egallagan bilimlarini, ilg‘or tajribalarini, faol va yaratuvchan dunyoqarashlarini o‘sib kelayotgan yosh avlodlar o‘rtasida tarqatish va doimiy muloqotlarni olib borishdir. Bugungi kundagi o‘zgarishlar, islohotlar mantig‘i barchadan yangicha ishlashni, yangicha fikrlashni, yangi g‘oya va tashabbuslar bilan maydonga chiqishni talab etmoqda. Jadal o‘zgarishlar davrida malakali, jumladan xorijda ta’lim olib qaytgan kadrlarning salohiyatidan maqsadli foydalanish davlatning iqtisodiy rivojlanishini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda mahalliy va xorij investorlarining tajribalari , natijalaridan foydalanish, aholi bandligini ta’minlashda investitsiyalarning o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |