4-mavz u: Agrokonsalting xizmatini tashkil etishning asosiy yónalishlari va usullari


Boshqaruvda intellektual tadbirkorlik tushunchasi



Download 121,8 Kb.
bet8/10
Sana23.04.2022
Hajmi121,8 Kb.
#577187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-тема

4.Boshqaruvda intellektual tadbirkorlik tushunchasi

Mamlakatimizda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va globallashuv yólidan borayotgan jarayonda yangicha faoliyat olib borish va yangicha fikrlash uslublarini talab etmoqda. Bozor iqtisodiyoti hayotimizda tobora kengroq kólam olayotgan sharoitda xususiy tadbirkorlik sohasida ta`lim olayotgan mutaxassislar kóp qirrali bilimga ega, chuqur mulohaza va mushohada asosida faoliyat olib borishga qodir, óz ishini puxta egallagan mutaxassis bólishi shart. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kabi óta murakkab va nozik sohada band bólgan amaliyotchilarga juda yuqori talablar qóyiladi. Negaki mavjud holatlardan maqbul darajada foydalanish, hamda mamlakatning iqtisodiy ósishiga, tadbirkorlik faoliyati bilan shuǵullanuvchi korxona va tashkilotlarning moliyaviy mablaǵlarini maksimallashtirishda hamda ularni mablaǵlar bilan ta`minlashda óziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishi, iqtisodiy jihatdan turli xulosalar chiqarish hamda ularning tóǵri va asosli ekanligini isbotlab bera olishi kerak.


Tadbirkorlikning mohiyati kuyidagilar orkali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning sub`ekti kim bólishi mumkin. Ózbekiston Respublikasining Konstituciyasi va “Tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari tóǵrisida”gi Qonunga muvofiq baloǵat yoshiga etgan har bir fuqaro óz mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida ózi ixtiyor etgan Qonunga zid bólmagan faoliyat turi bilan shuǵullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yukoridagi ta`rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bólib, u mazmunan boy, xilma xil kórinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bólmasdan, balki erkin tanlanadiganfaoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini alohida kórsatish mumkin:

  1. yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovaciya tadbirkorlari shuǵullanadi.

  2. tovar ishlab chikarishni tashkil etish bilan shuǵullanuvchi tadbirkorlar.

  3. tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shuǵullanuvchi tadbirkorlar.

Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sohlikni saqlash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar kuyidagilardan iborat:

  1. Shuǵullanayotgan soha buyicha ilm, bilimga egaligi.

  2. Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul kilish buyicha tashabbuskorlik kobiliyati.

  3. Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.

  4. Qonunlarga itoatkorligi.

  5. Innovacion faolligi.

  6. Maqsad sari intiluvchanlik.

  7. Tashkilotchilik.

  8. Tejamkor bólishi.

  9. Óz sózining ustidan chiqish.

  10. Ruhiy poklik va halolligi.

  11. Óz jamoasi uchun kurashuvchanlik.

Tadbirkorlik faoliyatining birinchi turi avval aytilganidek, yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etishdan iborat. Tadbirkorlikning bu turi intellektual mulk egalari, innovaciya tadbirkorlari bólib, axborot maslahat xizmat kórsatuvchilar ana shular jumlasidandir. Axborot maslahat xizmati - óz intelektual mulki va tadbirkorlik faoliyati evaziga foyda olish maqsadida mijozlarga xizmat kórsatuvchi sub`ektdir. Ózbekiston Respublikasi agrar industrial mamlakatlar qatorida ekanligi, aholining kóproq qismi qishloq joylarda iste`qomat qilishi va qishloq xójalik mahsulotlarini etishtiruvchi, tadbirkorlik faoliyati bilan shuǵullanuvchi fermer va dehqon xójaliklari kópligi sababli, har qaysi hududda axborot maslahat xizmatiga bólgan talab mavjud. Fermer va dehqon xójalik rahbarlarining hammasining ham tajribasi, salohiyati va har tomonlama mukammal darajada bilimga ega bólmaganligi, innovacion texnika-texnologiyalar joriy qilish davrida turli muammolarga duch kelishi axborot maslahat xizmatidan foydalanishga extiyoj paydo bólishiga olib keladi. Axborot maslahat xizmatining rivojlanishi ham mijoz uchun, ham maslahatchi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Mijozlar uchun:

  • tajriba imkoniyatini beradi, ya`ni óz xójaligida malakali mutaxassis yóqligi sababli, axborot maslahat xizmati maslahatchisidan óz muammolariga echim topishida yordam olishi mumkin;

  • vaqtni tejashga erishish imkoniyati, ya`ni muayyan vaqt oraliǵida xójalik rahbari óz muammolari echimini topishga ulgurmasligi va vaqtni zoya ketgazishi mumkin. Shu sababli axborot maslahat xizmatiga murojat qilib, ózining qimmatli vaqtini tejashi mumkin;

  • mablaǵini tejash imkoniyati, ya`ni xójaligiga mutaxassis kadrni olib, unga doimiy ravishda oylik maoshi tólab yurmasdan, axborot maslahat xizmatiga faqat kerakli paytdagina murojat qilib, pulni tejashi mumkin;

  • yangicha yondashuv va ǵoyalar olish imkoniyati, ya`ni axborot maslahat xizmati maslahatchisi turli sohalardan ham xabardor va yangi ma`lumot va yangiliklarni bilishi, mijozga yangi ǵoyalar berishi mumkin;

  • tezlik va samaradorlik imkoniyati, ya`ni axborot maslaxat xizmati maslahatchisi tajribali va tezkor qaror qabul qilishga yordam berishi, muammoning echimini samaralihal etishga yordam berishi mumkin;

  • vaziyatga ob`ektiv baho berish imkoniyati va hokozo.

Dastlabki maslahatchilar yuqorida ta`kidlab ótilganidek asosan moliya, texnika, marketing sohalarida paydo bólishgan. Bir narsa aniqki boshqaruv masalalari bilan shuǵullanuvchi maslahatchilar keyinroq paydo bólib, ularga ehtiyoj sezila boshlangan.
Shu narsani ta`kidlab ótish kerakki boshqaruv bóyicha tónǵich maslahatchilar sobiq tadbirkorlar, rahbarlar, boshqaruvchilar bólganlar. Ular odatda katta mehnat tajribasiga ega bólgan, etarli darajada faollik qobiliyatiga ega bólgan, nafaqador va umuman asosiy lavozim va ishdan ozod shaxslar bólganlar. Bunday maslahatchilar óz faolliklari, ish, hayot tajribalarini, boshqaruvni tashkil etish va tashkiliy muammolarni hal etishdagi yól-yóriqlarni yosh rahbarlarga taklif etganlar. Tajribali sobiq rahbar xodimlarda óziga xos biznes paydo bóla boshlagan. Bu biznes ham faxrli, ham foydali edi. Ayrimlar óz fikr-mulohazalarini maslahatlarini yozma tarzda (risola, kitob) kórinishida ham aks ettirishga kirishdilar.
Biroq jamiyatning juda katta tezlik bilan ósib, rivojlanib borishi mijozlarni masalaga ochiq kóz bilan qarashga olib keldi. Ya`ni, sobiq rahbar-maslahatchilar bugingi kunda kechagi tajriba natijalarini taklif qilayotganlarini mijozlar anglay boshladilar. Eng qimmatbaho maslahatlar ham qandaydir tarzda óz kuchini yóqota boshlagan edi.
Ta`bir joyiz bólsa vaqt taqozosi bilan boshqaruv maslahatchilarining ikkinchi avlodiga ehtiyoj tuǵila boshladi. Ya`ni, konkret boshqaruv loyihalari bóyicha ixtisoslashtirish boshlandi: kimdir hujjat aylanishining, majlislar ótkazilishining, qarorlar bajarilishi nazoratining, tashkiliy strukturalarning yangilangan tizimlarini ishlab chiqa boshladi. Loyihalar bóyicha maslahatlar berishning mazmuni bor tizimni yangi mijoz talabiga, ya`ni xodimlar belgilari, kórsatkichlari, tashkilot hajmi, ishlab chiqarish kórinishi va shu kabilarga qarab moslashishdan iborat edi.
Ushbu bosqichda universitet professor-óqituvchilari, tadqiqotchilari, boshqaruv devonidagilar va iqtidorli mutaxassislarning quvonchi ichiga siǵmaganligini tasavvur etish mumkin albatta.
Uchinchi avlod maslahatchilariga bólgan talabni ham hayotning, jamiyat rivojlanishining ózi taqozo qildi. Biror bir narsani ózgartirish, óz navbatida boshqa narsalarning ózgarishiga olib keladi. Ya`ni kibernetika tili bilan aytganda sistemali munosabat kerak bólib qoldi. Buning mazmuni shundan iborat ediki, biror bir masalani hal etishda beriladigan maslahat atroflicha shu qóyilgan muammoni hal etishga ta`sir etuvchi hamma omillarni hisobga olgan holda amalga oshirishi kerak edi. Bunday ishni amalga oshirishda tajribali sociologlar, psixologlar, iqtisodchi va shu kabilar taklif etila boshlangandi. Bunday maslahatchi mutaxassislar faqat maslahat va loyihalarni taklif etibgina qolmay, tashkilot, korxona oldida turgan muammoni hal etishda uslubiy ta`minot vazifasini ado eta boshladilar. Ularning asosiy vazifalari quyidagicha belgilanadigan bóldi:

  • Ayrim-ayrim samaradorlik bilan emas, doimiy taraqqiyot samaradorligi bilan shuǵulllanish;

  • Tashkilot ósishini uning xodimlarini ósishi bilan bevosita birga olib borish;

  • Tashkilot xodimlarining ósishini ularning ózi faoliyat kórsatayotgan tashkilot aniq muammolarini yoritish va hal qilish bilan qóshib olib borish;

  • Ushbu masalalarni hal qilishning asosiy vositasi maslahatchi malakasini belgilab beruvchi maxsus usullar bólib hisoblanadi.

Shu tarzda «tashkiliy ósish» degan yangi atama ham paydo bóldi. Xalqaro mutaxassislar hamjamiyatida ushbu atamaning inglizcha nomi «Organization Development» yoki “Rivojlanishni tashkil etish” deb tan olingan. Shunday qilib maslahatchi mutaxassislarning rivojlanishi ham umumiylikdan aniq sohaga va aniq sohadan yana umumiylikka intilib bordi. Ilgari ketma ketlik tarzida olib borilgan maslahatlar endi parallel tarzda olib borila boshlandi. Endi maslahatchilar ózaro munosabati kuchayib borib, u yoki bu muammoni hal etilishida ular mujmuaviy guruxda ishlay boshladilar. Bunday sharoitda ishlayotgan guruhlar kóp. Masalan, faraz qilaylik maslahatchi korxona istiqbolini belgilab beruvchi ma`lum modelni ishlab chiqdi deylik. Ushbu modelda korxona xususiyatini aks ettirib beruvchi ma`lumotlarni topib joy-joyiga qóyish kerak, xolos. Buning uchun rahbar yigirmataga yaqin mutaxassislarni yiǵib ish boshlaydi. Mutaxassislar esa ózaro tortishadilar, munozaralar, qizishishlar paydo bóladi. Bir sóz bilan aytganda asosiy masala chetda qolib ketib munozara bozorga aylanib ketadi. Shu vaqtda maslahatchi uch kishini olib qoladi. Ular bilan ishlash oson, qulay, lekin ularning umumiy nuktai nazarlari, iqtidori etishmaydi. Ana shu erda jarayonni tóliq tushunadigan maslahatchi, ya`ni yigirma kishi ózaro munosabatini umumiy masalada tashkil etadigan emas, balki ishni mazmunan, sistemali tarzda tóliq va real ta`min etib beradigan shaxs namoyon bóladi.
Buning aksi bólishi ham mumkin, ya`ni jarayon bóyicha ishlovchi maslahatchi ma`lum bir mijoz uchun xodimlarni raǵbatlantirish bóyicha yaxshi tizim ishlab chiqib uni joriy qildi, deylik. Keyinchalik shu ishlab chikilgan tizimni boshqa korxona sharoitiga moslab, maslahatchini taklif etish mumkin.



Download 121,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish