4-bob. Umumiy montaj ishlarida ishlatiladigan yuk ko‘tarish mashinalari



Download 5,21 Mb.
bet23/24
Sana31.03.2022
Hajmi5,21 Mb.
#520378
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
yuk kotarish

Ko‘prik kranlar. Yirik inshootlarning fundamentini qurishda, sanoat binolari qurilmalari va konstruksiyalarini montaj qilishda hamda ishlab chikarish jarayonida sanoat binolarida ko‘prik kranlardan foydalaniladi. Kran ko‘prigi metall konstruksiyadan iborat bo‘lib, rels bo‘ylab harakatlanuvchi aravachalarga o‘rnatilgan. Ara­vacha kranni harakatlantiruvchi mexanizm 6 dan harakat oladi. Konstruksiyasiga ko‘ra ko‘prik kranlar bir va ikki balkali bo‘ladi. Bir balkali kranlar 10 tonnagacha yuk ko‘tarib, tayanchlar orasidagi masofa (5... 17m) uncha katta bo‘lmaydi. Katta yuk ko‘taruvchi kranlarda ko‘prikning ko‘ndalang kesimi to‘rtburchak yoki trapesiyadan iborat bo‘lgan bo‘ylama ikkita balkalardan tayyorlanadi. U ikki asosiy qismdan iborat: (4-29- rasm) ko‘prik 2 va yuk aravachasi 3.

4.29-rasm. Ko‘prik kran
1- operator kabinasi; 2 - ko‘prik; 3 – yuk aravachasi; 4 - yukni ko‘tarish mexanizmi; 5 – aravachani siljitish mexanizmi; 6- ko‘prikni siljitish mexanizmi.
Bu bo‘ylama balkalarda yuk aravachasi harakatlanadi. Aravacha harakatlanish 5 va yuk ko‘tarish 4 mexanizmlaridan iborat. Yuk ko‘tarish qobiliyati 20 tonnadan ortiq bo‘lgan kranlarda asosiy va yordamchi yuk ko‘tarish mexanizmlari qo‘llaniladi. Yordamchi yuk ko‘tarish mexanizmining yuk ko‘tarish qobiliyati aso­siy yuk ko‘tarish mexanizmining yuk ko‘tarish kobiliyatidan 3...5 marta kichik. Ko‘prik kranning uchala mexanizmi alohida yuritma orqali harakatlanadi. Ular dvigatel, mufta, to‘xtatgich, reduktor, ijrochi qism (yurish g‘ildiragi yoki chig‘ir barabani) sxemasi buyicha tayyorlanadi. Kranni boshqarish ko‘prikka osilgan kabina 1 orqali amalga oshiriladi.
Qurilmani poydevorga o‘rnatish usulini tanlash yuk ko‘tarish mexanizmi, uskuna shakli, o‘lchami, og‘irligi va loyiha bo‘yicha o‘rni kabi omillarga bog‘liq. Og‘ir qurilma va uskunalarni poydevorga to‘liq yig‘ilgan, yirik bloklarni birin-ketin o‘rnatish yo‘li bilan montaj qilishi mumkin.
Montaj usulini tanlash va uning texnologiyasini yaratish katta mas’uliyat va ijrochidan yuqori malaka talab etadi.To‘liq yig‘ilgan holda qurilmalarni montaj qilish iqtisodiy jihatdan samarali usuldir. Ushbu usulda yuqori nuqtalarda montaj ishlari, ko‘p marotaba detal, bo‘lak va asboblarni ko‘tarib-tushirishlarga hojat qolmaydi. Oxirgi paytda qurilma ko‘tarish va poydevorga o‘rnatishdan avval to‘liq yig‘iladi, gidravlik sinovdan o‘tkaziladi, bog‘lovchilar ulanadi, xizmat ko‘rsatish maydonchalari o‘rnatiladi va issiqlik qoplamalari bilan o‘raladi.
To‘liq yig‘ilgan qurilmani poydevorga o‘rnatishning turli usullari mavjud. Eng oddiy usul, bu bitta yoki ikkita o‘ziyurar kran bilan montaj qilishdir. Qurilmani loyiha nuqtasiga o‘rnatishdan avval yerdan 0,3 m balandlikgacha ko‘tariladi va ushbu holatda ma’lum bir vaqt ushlab turiladi. Bunda yukning muvozanat holati tekshiriladi va jarayonda ishtirok etuvchi hamma bo‘lak va mexanizmlar sozligi kuzatiladi. Yerdan ko‘tarilgan qurilma chayqalmasligi kerak.Ko‘tarish jarayoni asta-sekin amalga oshirilishi zarur. Agarda qandaydir nosozlik paydo bo‘lsa, ko‘tarish jarayoni to‘xtatilishi kerak.
Ikkita kran yordamida yuk ko‘tarilsa, ularning bir vaqtda (sinxron) ishlashini ta’minlash zarur. Jarayon muvaffaqiyatli o‘tishi uchun muvozanatlovchi traversadan foydalanish maqsadga muvofiq. Ko‘tarilgan yukni uzoq muddat davomida osilgan holda ushlab turib bo‘lmaydi. Agar u yoki bu sababga ko‘ra jarayon to‘xtatilgan bo‘lsa, yukni asta-sekin biror tekis maydonchaga tushirib qo‘yiladi. Tushirish juda ehtiyotkorlik bilan asta-sekin bajarilishi shart. Poydevorga tushirilayotganda undagi boltlarning qurilma bilan uning shikastlanmasligi va qayrilmasligini ta’minlash kerak.

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish