III.Olingan natijalar tahlili Tabiiy suv havzalarini ifloslanishining muhofaza qilish muammosi kompleksi bo’lib, juda murakkab va ularga qo’yiladigan chora tadbirlar suv havzalarining ifloslanishidagi antropogen ta’sirlarni kamaytirish va yo’qotishga qaratilgan. Daryo suvlarining kimyoviy tarkibi turli qismlarda umumiy mineralligi mintaqa daryolari uchun organik moddalar miqdorining va tiniqlik darajasining kichikligi sulfatlarning vaqt va masofalarda tarqalishiga gidrologik fazalarning baholashda suv toshqini va sug’orish davri orqali ifodalash mumkin bo’ladi. Shartli ravishda mart va iyun oyl;arida olingan namunalarga suv toshqini davri noyabr fevral oylarida olingan namunalarda suv sathi davri deb atash mumkin.
Daryo suvlarining kimyoviy tarkibi9ning bir xil emasligi ayni joyining fizik – geografik, biokimyoviy va landshaftning tuzilishiga bog’liqligi bilan belgilanadi.
Surxondaryo suvining kimyoviy tarkibi nisbatan nooorganik moddalar miqdorining dominantligi mintaqa daryolari uchun xos bo’lgan qiymatlar orqali ifodalanadi. Suv sarfi, umumiy minerallik, muallaq moddalarning qiymatlari vaqtlar va masofalar oraliqlarida o’zgarib turadi. Surxondaryo daryosining yuqori boshlang’ich qismlari uchun uzoq bahor – yozgi suv toshqinlari xarakterli bo’lib, bu qismlarda kam minerallik va nisbatan yuqori miqdorda muallaq modda qiymatlariga ega, pastki qismi tekisliklardan iborat bo’lganliklaridan suvning kimyoviy tarkibini ayni joydagi tuproq, kollekter – drenaj va yer osti suvlari hamda antropogen ta’sirlar orqali o’zgarishini ifodalaydi.
Daryo suvi oqimining ortishi umumiy minerallikning kamayishiga olib keladi, chunki daryo suvining to’yinishi kam mineralli atmosfera yog’inlariga to’g’ri keladi. Falsafiy o’zgarishlarning kuzatishi shuni ko’rsatadiki, daryo suvi tarkibidagi sulfat ionining konsentratsiyasi taxminan o’zgarishlarga olib keladi. Daryoning barcha qismlarida uning mioqdori 37.3 – 53.2 mkg/l ga to’g’ri keladi. Surxondaryo suvining nisbatan yuqori ishqoriy metallar tuzlariga ega bo’lganligi sababli sulfat ionlarining bir muncha yuqoriligini ko’rsatadi, bunga daryo suvining natriy gidrokarbonatli va sulfatli turi ham ta’sir qilishi mymkin. Daryo oqimining pastki qismlaridan ayrim mikroelementlar singari sulfat ioni ham nisbatan yuqori miqdorda bo’lishiga 43.4 – 53.9 mkg/l bo’lishi qishloq xo’jaligidan qaytgan suv va fizik – geografik shakllanish sharoitiga bog’liq bo’lsa kerak.
Daryo suvining kimyoviy tarkibining shakllanishi quruq iqlim, tog’ jinslari va tuproqning ishqoriy reaksiyai daryoning barcha qismlari uchun xarakterli bo’lib, u ftor ionlariga nisbatan yuqori harakatchanlikni beradi.
Mikroelementlarning daryo suvidagi miqdori erigan holatda minimal va maksimal qiymatining o’zgarishi juda kam farq qiladi, chunki mikroelementning erigan fazasining shakllanishida asosiy vazifani atmosfera yog’inlari bajaradi.
Surxondaryo suvi tarkibidagi sulfat ionnng miqdori suv toshqinli davrida nisbatan kichikroq bo’lib, suv sathi sug’orish davrida biroz oshishiga sabab daryo suvi yer osti suvlaridan to’yinishi, grenozyom minerallari va tuproq qismidan to’yinishini bildiradi.
Tabiiy suvlar tarkibida sulfat ionning ortishi yoki kamayishiga ko’pincha suvni ion kuchining ortishi, bariy va sulfat ionlarining faollanish koeffitsiyentining kamayishi hamda bu ionlarning muvozanat konsentratsiyalarining o’zgarishi ta’sir qiladi. Umuman olganda tabiiy suvlar tarkibidagi ftorning migratsion qobiliyatiga ko’pincha suvdagi kalsiy ionni bog’liq bo’lib, kalsiy ioni ftorga kam eruvchan birikma hosil qilishiga olib keladi. Bundan tashqari suvdagi uglekislotalar ham daryon suvining tarkibidagi sulfat ionlriga ta’sir etadi. Daryoning pastki qismlarida antropogenli faoliyat ta’sirida daryoning suv sathi, mineralligi va muallaq komponentlar orasidagi genetik bog’lanish qonuniyatlari buziladi.
Xulosa 1.Surxondaryo suv tarkibidagi sulfatning miqdori va migratsiyalanishi gidrokimyoviy fizik – geografik va gidrologik omillar ta’sirining yuqori ekanligini ko’rsatadi.
2.Surxondaryo suvi tarkibidagi sulfatning miqdori o’rtacha 43.4 – 48.6 mkg/l ga teng bo’lib, daryo suvidagi masofalararo o’zgarishi doimiy xarakterga ega.
3.Daryo suvi tarkibidagi sulfatning vaqtlararo o’zgarishi suvning toshqinli davriga emas balki, sug’orish davri va suv sathi vaqtiga to’g’ri kelishi daryo suvining kimyoviy tarkibi tuproq va yer osti suvlaridan tushganligidan deb hisoblash mumkin.