4-2 ions in natural waters by titration of lead salts in the presence of dithizone



Download 116,95 Kb.
bet15/18
Sana22.07.2022
Hajmi116,95 Kb.
#836157
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BMI[1] INGLIZCHA

Xromatografik tahlil usullari
Kimyoviy birikmalarni ajratish, tahlil qilish, xossalarini tekshirishning kimyoviy, fizik, fizik – kimyoviy yo’llari orasida xromatografik tahlil aslohida o’rin egallaydi. Bu ajratish va aniqlashning tez rivojlanayotgan – hozirgi zamon tili bilan aytganda tahlilniing gibrid yo’li hisoblanadi. Mazkur usul o’zining oddiyligi, samaradorligi, tezkorligi, boshqa fizik – kimyoviy usullar bilan mujassamlashtirilgan holda qo’llash mumkinligi bilan xarakterlanadi. Bu tahlilda tadqiq qilinayotgan obyektlarni ham sifat, ham miqdoriy jihatdan tekshirish mumkin. Bir yo’la moddaning fizik – kimyoviy xossalarini bilib olish, olinayotgan mahsulotlar sifatini uzluksiz ravishda nazorat qilib turish va jarayonlarni avtomatik boshqarish imkonini beradi. Atrof – muhit ekologiyasini doimiy kuzatib turishda bu usul juda qo’l keladi. Xromatografik usulni M.S.Tsvet fanga kiritgan bo’lib, har bir modda uchun xromatogramma olishga muvaffaq bo’ldi (rang – barang preparatlarga shunday nom berdi). Moddalarni xromatografik ajratish usuli sorbsiya (yutish) jarayonlariga asoslangan. Sorbsiya ibnorasi gaz, bug’ yoki erigan moddalarning qattiq yoki suyuq yutuvchilar (sorbentlar) ga yutilishi mazmunida qo’llaniladi. Xromatik usullar o’zining sinflanishi bilan xarakterlanadi.To’rt xil sinfdagi xromatik tahlilning asl mohiyati kolonkaga tahlil qilinadigan modda solinadi, uning tarkibiy qismlari sorbentning yuqori qatlamlarida yutila boshlaydi. Bunda yaxshi yutilmaydigan komponent kolonka bo’ylab keying qatlamlarga yaxshi yutiladiganlarga qaraganda tezroq o’tadi.Vaqt o’tishi bilan modda (aralashma) xromatogrammlari chiziladi. Bular egallagan maydon hajmi yoki boshqa qabul qilingan yo’llarga qarab har bir component miqdori hisoblab topiladi. Har bir koponentning qaynash temperaturasi yoki boshqa parametrlari rol o’ynaydi. Yengil qaynaydigan yoki bug’lanadigan komponentlar xromatogrammasi oldin chiziladi, yuqori haroratda qaynaydiganlar keyin chiziladi. Moddalar xromatogrammasi asbob (xromatograf) da bir necha sekundlardan yarim soatlargacha va undan haam ortiq vaqtlarda chizilishi mumkin. Ba’zi neftlar xromatografik tahlilida 30 – 50 ta va undan ham ortiq xromatogrammalar chizilishiga olib keladi – bu mazkur neft tarkibida shuncha component borligidan darak beradi. Xromatografik tahlil usulining eng muhim tomoni aralashmada mavjud bo’lgan har modda haqida, u ozmi – ko’pligidan qat’iy nazar, aniqlanadi (foizning mingdan bir qismi yoki undan oz bo’lsa ham). Xromatografik tahlil usulining xillari juda ko’pligi bilan ajraladi:

  • qog’ozdagi xromatografiya;

  • gaz – suyuqlik xromatografiya;

  • gel xromatografiya;

  • ion almashinish xromatografiya;

  • suyuqlik – suyuqlikda taqsimlanish xromatografiyasi;

  • yupqa qatlam xromatografiyasi;

  • suyuqlik adsorbsion xromatografiya va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.

Olinadigan uchburchaksimon egri chiziqlarning har biri hajmiga qarab uning miqdori aniqlanadi. Bu “uchbburchaklar” ingichka yoki keng bo’lishi komponent miqdoriga bog’liq bo’ladi. Sorbsiya jarayoning o’ziga xos taqsimlanish konstantasi (K taqs.) bo’ladi. Mazkur konstanta ma’lum bir shakldagi moddaning qo’zg’almas fazadagi muvozanat konstantasining (C1) moddaning fazadagi konsentratsiyasi (C2) ga nisbatidan iborat bo’ladi.
(K taqs.) =
Xromatografiyada aniqlanuvchi modda ikkala fazada ham bo’lishi mumkin. Uning ekspress usullari ham mavjud bo’lib, sanoatning barcha jabhalariga kirib bormoqda. U aniqligi, tahlil uchun juda kam vaqt olishi va jarayonning holati tezkorlikda aniqlab berilishi bilan ahamiyatlidir.
XXI asr bo’sag’asida amaliyotga kiritilgan eksklyuzion xromatografiya usulida molekulalarning sokin faza sifatidagi noionogen gel g’ovaklariga kirishiga asoslangan yo’lidan foydalanila boshlandi. Mazkur usulda gel – sizib kiruvchi (elyuent – organik erituvchi) va gel – filtratsiya (elyuent – suv) xillari kengroq yoyilmoqda Tahlilning bu yangi usulida mikrog’ovakli anorganik yoki polimer sorbentlardan foydalanilmoqda. Usul yordamida polimerlar ishlab chiqarishni to’la nazorat qilish, standartlash, yuqori molekulali birikmalarning MMR tahlili, biologic polimerlarni ajratish va tozalsh kbi ishlarda samarali foydalanilmoqda. Xromatografik tahlilning gaz, neftni qayta ishlash, organik sintez, kimoy, biologiya, ekologiya, oziq – ovqat va boshqa o’nlab sohalarga kirib kelishi samarasini o’lchab bo’lmaydi albatta.
Tabiiy suvlar tarkibidagi sulfatlarni qo’rg’oshin tuzlari bilan ditizon ishtirokida titrimetric usulda aniqlash. Usulning tayinlanishi. Bu usul taabiiy suvlar tarkibidagi sulfatlar miqdori 10 mg /l dan ortiq bo’lgan hollardagi analiz uchun tayinlandi. Suv tarkibida 60 – 300 mg/l bo’lganda suv namunalari analizi oldidan bug’latisah holida ya’ni suyultirishsiz amalga oshiriladi. Usul prinsipi. Bu usul sulfatli ionlarni qo’rg’oshin tuzlari bilan ta’sirlashuvidan kam erigan PbSO4 cho’kmasi hosil qilish qobiliyatiga asoslangan bo’lib, qo’rg’oshin ionlari qoldig’i. Ditizon indikator rangini o’zgarishi (ko’k yashildan qizil binafshaga) orqali aniqlanadi. Bunda titrlashnng ekvivalent nuqtasida qo’rg’oshin ditizonati hosil bo’ladi.
H

N—N— C6H5
N—N N—C6H5 S N N—C6H5
Pb + H—S Pb
N—N N—C6H5 S N N—C6H5
N—N— C6H5

H
PbSO4 cho’kmasini eriganligini kamaytirish uchun titrlash suv – spirtli muhitda olib boriladi.
Usulning xarakteri. Namunadan SO42- ni minimal aniqlash konsentratsiyasi 1 mg/l gat ga teng. 200 – 1200 mg/l dagi konsentratsiyasida nisbiy standart chetlanishi 2.0 % (n=40) ni tashkil etadi. Bitta namunani aniqlash vaqti 15 minutga teng. Bir vaqtni o’zida 10 ta namunani anliz qilishga ketadigan vaqt 50 minutni tashkil etishi mumkin.
Ishga halaqit beruvchilar. Analizda eritmani ranglanishi, muallaq modda va ditizon bilan ta’sirlashuv qobiliyatiga ega bo’lgan namunalar halaqit beradi.
Ranglanish va muallaq moddalarni namunani oldindan filtrlash orqali yo’qotiladi. Aniqlash tartibi. 60-100 ml hajmli suv namunlaridagi sulfatlar miqdori, sifat anlizi bo’yicha taxmin qilinganligiga qaragan holda olib, 200 ml li konussimon kolbag solinadi, 5-10 g H+ shaklidagi KY – 2 kationiti qo’shiladi. Kol;badagi aralashma 5-10 minut davomida 6-8 marotaba chayqatiladi va smola tinch qoldiriladi. Hajmda 100 ml li konussimon klbaga pipetka bilan 10-50 ml qo’yiladi. Agar namunalar hajmi 10 mg dan katta bo’lsa, ularni elektroplitada sachrab ketishdan qochgan holda chiziqqacha bug’latiladi.
Sulfatlar miqdori bo’lgan suvlar analiz oldidan namunalar suyuqlantiriladi, buni hisob – kitob qilinayotganda hisobga olinadi. Uninhg hajmi etil spirit va shuncha miqdorda ditizon qilinadi, bunga eritmani rangli ko’k – yashil rangga kirishi lozim. Pb(NO3)2 eritmasi bilan doimiy aralashtirilgan holatda rangi qizil - binafsha rangaa o’tib, yo’qolib ketmaydigan holatigacha titrlanadi.
Agarda eritmada ko’kimtir rang paydo bo’lsa, qo’rg’oshin nitrat eritmasidan bir tomchidan qo’shib ko’k rang qayta hosil bo’lmasligi uchun aralashma intensiv chayqatilib turilgan holatda davom ettiriladi.
Hisob – kitob. Sulfatlar miqdori CE – mg – EKV/l va Cx mg/l larda quyidagi formulalar orqali topiladi:
CE = n N ∙ 100
Cx = 48.03∙ n N ∙ 100
Bu yerda: n – titrlashda ketgan qo’rg’oshin nitrat eritmasining mmiqdori, mml;
N - qo’rg’oshin nitrat eritmasining normalligi;
V – aniqlashda olingan (kationitlangandan keyin) namunani hajmi, ml.


Download 116,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish