35-mavzu: Ta’limda gender yondashuv Ta’lim sohasida gender jihatlar Gender pedagogikasining amaliy jihatlari



Download 134,69 Kb.
bet7/9
Sana20.03.2022
Hajmi134,69 Kb.
#502057
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
35-мавзу

Sotsio-jinsiy yoki gender tarbiyasi shundan kelib chiqadiki, turli jinsga mansub insonlar xulqiga nisbatan munosabatda qat’iy talabchanlik mavjudligi aslida yo‘q, jamiyat esa uni o‘zi shaxsning sotsializatsiyalanishi jarayonida yaratadi. Mazkur yondashuv tarafdorlaridan biri L.Popova kichik o‘spirin yoshdagi o‘quvchilarning qadriyatlari borasidagi yo‘naltirilganligini o‘rganib, o‘g‘il bolalar va qiz bolalarning jinsiy-rolli tarbiyasidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq qadriyatlaridagi farqni aniqladi3. Masalan, o‘g‘il bolalar o‘z qadriyatlarining yuqori pog‘onasiga ichki ziddiyatlar va shubhalardan xoli bo‘lgan “o‘ziga ishonganlik” xususiyatini qo‘shgan, qizlarda esa ularning yuksak qadriyatlari qatoriga o‘ziga ishonganlik fazilati kiritilmagan. Haqiqatan ham maskulinlik eskicha qarashi o‘z ichiga qarorlar qabul qilish va erkaklarni muvaffaqiyatli sotsializatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni kiritadi. Qizlar esa bo‘lajak uy bekasi sifatida oilaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalanadi, shu bois ular uchun o‘ziga ishonganlik, bir qarashda, o‘ta muhim fazilat emas. Lekin agar bunday tarbiyaning salbiy oqibatlari tahlil qilinsa, unda vaziyat ham o‘g‘il bolalar, ham qiz bolalar uchun unchalik maqbul emas. Katta bo‘lgach, ayollar o‘zlarini professional sohada namoyon etishda qiyinchiliklarga duch keladi, erkaklar oldida esa ba’zan ularning haqiqiy imkoniyatlari yoki hohishlariga odatda mos kelmaydigan vazifalar paydo bo‘ladi.
L.V. Shtileva ta’kidlaganidek, ta’lim va uning institutlarining maqsad va vazifalari, birinchi qaraganda ko‘ringanidek, unchalik oson va bir xil ma’noga ega emas4. Bir tomondan, uning maqsadi – bolaga jamiyatga moslashishiga, uning qoidalarini o‘zlashtirishiga, uning qonunlariga muvofiq yashashiga yordam berish va hokazo. Boshqa tomondan, ta’limning maqsadi keng ma’noda – bola shaxsiga o‘zining salohiyatini namoyish etishi, o‘zining imkoniyatlarini, ichki resurslaridan mumkin qadar foydalanib, ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashishdir. Ba’zan bu ikki asosiy maqsad ziddiyatga tushishi mumkin va pedagoglarning vazifasi ularni muvafaqqiyatli hal etishdir.
Bolalikdan o‘zlashtiriladigan jinsiy-rolli me’yorlar shaxsning namoyon bo‘lishiga jiddiy to‘sqinlik qilmasligi uchun ta’lim muassasalarida qanday qilib tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish kerak? Bu yo‘nalishdagi muayyan yo‘l – gender pedagogikasida rejalashtirilgan, uning asosiy maqsadi “gender stereotiplarini bartaraf etish bo‘lmasa-da, hech bo‘lmasa yumshatishdir”5. Buning uchun pedagoglar bolalarda nafaqat o‘g‘il bola yoki qiz bolani ko‘rishi va shunga muvofiq o‘zining tarbiyaviy ta’siri tizimini shakllantirishi kerak, balki bolaning gender bir xilligining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har bir omilni bilishi va tahlil qila bilishi kerak.
Bu o‘rinda androginiya nazariyasidan ko‘mak sifatida foydalanish mumkin. An’anaviy jinsiy-rol yondashuvga muvofiq, pedagogikada o‘g‘il va qiz bolalarga ularning shaxsi bilan bog‘liq shaxsiy fazilatlar va xususiyatlar qattiq biriktirib qo‘yilgan. Ayrim “erkakcha fazilatlar”ning qiz bolalarda, “ayollarga xos fazilatlar”ning o‘g‘il bolalarda paydo bo‘lishi uzoq vaqt mobaynida me’yorlardan chekinish deb hisoblangan va ota-onalarda va pedagoglarda tashvish uyg‘otgan. 1974 yilda Amerikalik psixolog Sandra Bem erkaklar va ayollarning xususiyatlari birlashganligini anglatuvchi androginiya (lotincha Andros – erkaklarga xos, Gynes – ayollarga xos) tushunchasini kiritdi6. Uning fikricha, inson bir vaqtning o‘zida maskulinlik va femininlikka ega bo‘lishi mumkin, va uning yoki buning ifodalilik darajasi jins egasi bilan qattiq bog‘lanmagan. Qolaversa, Bemning fikricha, erkak va ayol fazilatlarining bunday uyg‘unligi odamning ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. S.Bem tomonidan shaxsning gender rolini, maskulinmi, femininmi, androginmi, differensiyalanmaganmi, belgilab beruvchi jinsiy-rolli so‘rovnoma (Bem Sex Role Inventory, bsri) ishlab chiqildi7.
Dastlabki ikki tur “erkaklarga xos” (maskulin tur) yoki “ayollarga xos” (feminin tur) fazilatlar va xususiyatlar ustunligidan va yaqqolligidan dalolat beradi. Differensiyalashmagan tur shaxsda ham “erkaklarga xos”, ham “ayollarga xos” fazilatlar sust namoyon bo‘lishining ko‘rsatgichidir. Gender rolining androgin turi shaxsda femininlik va maskulinlik fazilatlari teng darajada uyg‘unlashganidan va ular yetarlicha namoyon bo‘lishidan dalolat beradi. 1970 yillarning oxiridan 1990 yillargacha o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlarning natijalari androgin turning ayrim boshqa shaxsiy xususiyatlar bilan ijobiy bog‘liqligini aniqlagan: vaziyatdagi egiluvchanlik, o‘zini hurmat qilish darajasining yuqoriligi, yutuqlarga intilish, hayotdan qoniqishdagi sub’ektiv hissiyotlar va b.sh.
Dastlabki ikki tur “erkaklarga xos” (maskulin tur) yoki “ayollarga xos” (feminin tur) fazilatlar va xususiyatlar ustunligidan va yaqqolligidan dalolat beradi. Differensiyalashmagan tur shaxsda ham “erkaklarga xos”, ham “ayollarga xos” fazilatlar sust namoyon bo‘lishining ko‘rsatgichidir. Gender rolining androgin turi shaxsda femininlik va maskulinlik fazilatlari teng darajada uyg‘unlashganidan va ular yetarlicha namoyon bo‘lishidan dalolat beradi. 1970 yillarning oxiridan 1990 yillargacha o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlarning natijalari androgin turning ayrim boshqa shaxsiy xususiyatlar bilan ijobiy bog‘liqligini aniqlagan: vaziyatdagi egiluvchanlik, o‘zini hurmat qilish darajasining yuqoriligi, yutuqlarga intilish, hayotdan qoniqishdagi sub’ektiv hissiyotlar va b.sh.
N.A. Konoplevaning tadqiqotlarida qobiliyatli bolalarda ham o‘zining, ham boshqa jinsning xususiyatlari va fazilatlari jam bo‘lishi aniqlangan8. Shunday qilib, androginiya erkak va ayollar xususiyatlarini birlashtiradigan insonning muhim psixologik tafsifnomasi hisoblanadi, deb aytish mumkin. Androginlik shaxslar sharoit o‘zgarishiga tez moslashadilar, erkaklarning ham, ayollarning ham mashg‘ulotlarini bemalol bajaradilar, hayotga umid bilan qaraydilar, undan zavqlanadilar.
Mazkur nazariya ilmlar olamida har xil qabul qilindi va bir qator tanqidiy fikrlarga sabab bo‘ldi. Biroq bu nazariya gender pedagogikasi o‘zanida tarbiyaviy ta’sirlarni amalga oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi muhokama qilinayotgan masala doirasida men uchun qimmatli tuyuladi.
Mening nazarimda, androginiya tushunchasi jinsiga qarab shaxsiy xususiyatlarni majburlash va ularni so‘zsiz mustahkamlash to‘g‘risidagi o‘rnashib qolgan fikrlarni susaytiradi va xilma-xillikka va alohidalikka qandaydir darajada huquq beradi.
Demak, gender pedagogikasining mohiyati jins tushunchasini rad etish emas, balki jins to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlarga bog‘lanib qolmay, shaxsiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlar yordamida bolaning muvafaqqiyatli ijtimoiylashuviga ko‘maklashishdan iborat. Keyingi mavzuda gender pedagogikasining amaliy jihatlarini ko‘rib chiqamiz, hozircha esa ayrim xulosalarni chiqaramiz. Ta’lim ijtimoiylashuvning boshqa agentlari bilan bir qatorda o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda gender tenglik siyosatini amalga oshirish uchun poydevor qurishi kerak. Biroq amalda ta’lim muassasalari jamiyatga xos bo‘lgan erkaklar va ayollarning noteng maqomida o‘z ifodasini topadigan gender asimmetriyasi bilan xarakterlanadi. Jumladan, ta’lim sohasidagi gender segregatsiya asosiy pozitsiyalarni erkaklar egallashida va ta’limning unchalik obro‘li bo‘lmagan sohalarini ayollar band qilganligida o‘z ifodasini topadi. Sotsiologiyada mavjud bo‘lgan maktab ta’limi nazariyasi va tanqidiy pedagogika maktab ta’limi tizimida ijtimoiy tengsizlikni qaytadan tiklash mavjud fenomeni xususida o‘z tushuntirishlarini taklif qildi, feministik va gender pedagogika esa shu sohadagi gender tengsizlik muammosini artikulyatsiya qildi. Bugungi kunga kelib respublikamiz maorifida gender tenglik siyosatini amalga oshirish to‘g‘risida gapirishga hali erta. Buning uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ham, tenglikning barcha shakllariga erishishga qaratilgan umumiy siyosiy madaniyat ham bo‘lishi zarur. Biroq maorif sohasida gender tenglikka erishish mana shu soha xodimlarining o‘ziga ham, o‘qituvchilar, pedagoglar, tarbiyachilar va boshqalarga ham ko‘p darajada bog‘liqdir. Ularning eng asosiy vazifasi sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni hamda hozirgi zamon g‘oyalari va yondashuvlarini, shu jumladan gender tenglik muammosini kengroq tushunishdan kelib chiqqan holda yosh avlodda qarashlarni, qimmatli maqsadlarni, dunyoqarashni shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat.



Download 134,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish