35-mavzu: Ta’limda gender yondashuv Ta’lim sohasida gender jihatlar Gender pedagogikasining amaliy jihatlari



Download 134,69 Kb.
bet5/9
Sana20.03.2022
Hajmi134,69 Kb.
#502057
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
35-мавзу

Tanqidiy pedagoglar zamonaviy maktablarni turli belgilariga: jinsi, etnik mansubligi, moddiy va ijtimoiy mavqei va boshqa jihatlariga qarab bolalar saralanadigan va seleksiya qilinadigan “fabrikalar”ga qiyoslaydilar. Ularning fikricha, maktablar shu tariqa jamiyatning madaniy va ijtimoiy manfaatlariga xizmat qiladi va uning qadriyatlarini qaytaradi. Maktabning vazifasi, tanqidiy pedagoglarning fikricha, jamiyatning manfaatlariga muvofiq ta’lim tizimini unifikatsiyalashdan va bolalarni “me’yorlashtirishdan” iborat bo‘lmasligi kerak, aksincha ularga tahliliy qobiliyatlarini va o‘zlarining “men”ini rivojlantirish uchun imkoniyat berishdan iborat bo‘lishi kerak. Universallashtirish emas, xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash kerak. “Bunday maktablardan dunyoni o‘zgaruvchan deb ko‘radigan fuqarolar chiqishi lozim” va ayni “maktablar ijtimoiy transformatsiya va emansipatsiya manbai bo‘lishi kerak. Bunda ana shunday emansipatsiya uchun bolalarga imkon beradigan va ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklasha oladigan va shunday qilishi lozim bo‘lgan muallimga katta rol ajratiladi.
“Tanqidiy pedagoglar” “yashirin o‘quv dasturi” yoki “yashirin reja” (Hidden curriculum) tushunchasidan foydalandilar. “Yashirin dastur deganda, o‘quvchilarga u yoki bu tamoyillarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri singdirish emas, balki ta’limning alohida tuzilmasi va uslubi, vazifalar va misollarni tanlash tushuniladi”, va ular o‘quvchilarga sezilarli bo‘lmagan darajada ta’sir ko‘rsatadi. Demak, ta’limning mazmunini tahlil qilar ekanlar, tanqidiy pedagoglar shunday xulosaga keldilarki, o‘quv dasturlari va darsliklar nafaqat “ob’ektiv bilimlarni”, balki istalgan kelajakni tasavvur qilishga muvofiq muayyan ijtimoiy afzalliklarni ham o‘z ichiga olgan. O‘quvchilar nimani va qanday usullar bilan o‘rganishda tanlash imkoniyatiga ega emaslar, bilimlar esa ularga “mahfiylashtirilgan ma’lumot” sifatida taqdim etiladi, ularda esa ijtimoiy xulq-atvorning ma’lum qonun-qoidalari implitsit ravishda mavjuddir.
Maktab ta’limida tengsizlikni qaytadan yaratish muammosini artikullashtirib, tanqidiy pedagogika ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish vositasi sifatida an’anaviy pedagogikada qo‘llaniladigan o‘qitish va tarbiya usullarini tubdan o‘zgartirishni taklif etadilar. Ularning fikricha, maktablar baholashning musobaqa va taqqoslash tizimidan va standart testlardan voz kechishi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga katta avtonomiya berishi kerak. Tanqidiy pedagoglar emansipatsiyaga olib boradigan yoki yo‘naltiradigan bilimni ta’limda muhim deb hisoblaydilar, bunday bilim o‘z ijtimoiy pozitsiyasini ishlab chiqishga imkon beradi va “fuqarolik dadilligini saqlashga” imkoniyat yaratadi.
Yuqorida qayd etilgan maktab ta’limi nazariyalarida va pedagogikadagi yondashuvlarda ta’limdagi tengsizlik muammosi o‘quvchilarning sinfiy yoki irqiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan. Keyinchalik tanqidiy pedagogikada yangi yo‘nalish – feministik pedagogika yuzaga keldi, uning vakilalari ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan gender tengsizligini asosiy muammo sifatida o‘rtaga qo‘yishgan. Shunday qilib, feminist pedagoglarning diqqat-e’tiborida gender munosabatlari paydo bo‘ldi.

Download 134,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish