304-guruh talabasi abdumutalova malikabonu ulug`bek qizining



Download 160 Kb.
bet2/7
Sana20.12.2022
Hajmi160 Kb.
#891334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-6 YOSHLI BOLALARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassasasida o’ziga xos va mihim tomonlarini o’rganish.
Kurs ishi vazifasi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo’lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligini, uning tayyorgarligini oshirishdan iborat.
Kurs ishi metodi: kuzatish, ma’lumtlar to’plash,tahlil
Kurs ishi ob’yekti: Maktabgacha yoshdagi MTM tarbiyalanuvchilari va tarbiyachi pedagoglar.
Kurs ishi ahamiyati:Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta'lim oldiga o'sib kelayotgan yosh avlodlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo'yildi va mazkur kurs ishida aynan ushbu masalani hal qilish maqsadida MTMda matematikani tashkil etish bo’yicha nazariy va amaliy manbalar to’plandi. Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali tarbiyavchilar mazkur tadqiqot ishidan mashg’ulotlarni tashkil etish yo'llari, shakllari hamda uslublarini o’rganadilar va keng foydalanadilar.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, har bir bobda 2 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I-BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI.
1.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakl- lanib borish barobarida, ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuv- chining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi.
Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlari- da: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O'g'il bola besh yoshga to'lar ekan, unga savod o'rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta'lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo'lib hisob- lanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o'qishni keyin esa yozishni o'rganishi bilan eng yuksak pog'onaga ko‘tarilsin» deyilgan.
Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «FoziI odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Aql ma'nolari to‘g'risida», «Ilmlarning kelib chi- kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qa- rashlari o'z ifodasini topgan.
Farobiy ta'limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk in- sonni yetishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchilarga bilim be- rishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzu- larni qiziqarli, asosan ko'rgazmali bayon etish va hokazolar- ga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o'zi sezishi mumkin boTmagan holatlardan, be- huda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayta- di. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezo- ni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar jo- hil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarur deb biladi. U ta'limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi: bolaga bilim berishda birdani- ga kitobga band qilmaslik, ta'limda yengildan og'iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshi- ga mos bo'lishi, o'qitishda jamoa bo'lib o'qitishga e'tibor berish, ta'lim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish.
Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy ka- tegoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O'zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqlni 3 bosqichga bo'lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bil- maydigan bolalarni nazarda tutgan.
Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalam- dan foydalanishni o'rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi.
Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo'Iadi.
Ibn Sino aql deganda insoning tug'ma iste'dodini, bilish ja- rayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.
Aqlni ikki xil kategoriyaga bo'ladi:
1. Nazariy aql - borliqdagi umumiy narsalarni idrok etish- dir.
2. Amaliy aql - buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan qobiliyatlardan.
0‘z davrining yirik ma'rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli bo'lishga chaqiradi. U aql va ilmni
ulug'laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagona- sidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi.
Muallif o'z fikrini aniqroq va ravshanroq anglashi uchun shunday deb aytadi. «Hayvonlar o'zlariga bo'laklar tarafidan qiladurg'on zulm va jabrlarni shox, tish, tirnoqlari ila qayta- rurlar. Lekin inson aql idroki soyasida o'ziga keladurg'on zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo'ynidan bog'Iab iplari uchini qo'llariga bergan insonlarning aqlidir».
Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ta'lim berish g'oyasi birinchi bo'lib chet el pedagogikasida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy [1592-1670] tomonidan yaratilgan. U ona rah- barligida 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya ber- ish mumkinligini ko'rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshi- ni e'tiborga olgan holda kishi o'rganishi lozim bo'lgan hamma narsaga o'rganish lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga, ya'ni biz ta'lim-tarbiya beradigan bolalarga har to- monlama bilim, ko'nikma va malakalarni singdirishimiz mum- kin. U 19 bo'limdan iborat maktabgacha ta'lim dasturini tuz- di. Y.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta'lim-tarbiyasiga, o'qish metodikasiga katta e'tibor bergan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolani faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning ma'lum maqsadbilanta'sir etishidir. Ubolalargatevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalar- da bilishga qiziqish uyg'otishni, aqliy malaka ko'nikmalarini tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichi- ga oladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan boshlab maktabda o'qishga o'tishi munosabati bilan ularning maktab ta'limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada bo'Iishini ta'minlash tarbi- yachilarning javobgarligini yanada oshiradi.
Aqliy kamolot - bu yoshning o'sib tajribaning boyib bori- shi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta'sirida bolaning aqliy faoliyatida ro'y beradigan miqdor va sifat o'zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur'atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayon- lari takomillashadi. Xullas, bola eng oddiy aqliy faoliyat usul- larini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta'sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o'zlashtiradi. Natijada maktabgacha ta'Iim yoshda- gi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo'lib qoladi.
Aqliy rivojlanish fikrning tengligida voqealarni har xil bog'lanishlarida, munosabatlarda ko'ra bilish, umumiylashti- rish qobiliyatida namoyon bo'ladi.
Istiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo, ertangi kun egalari bo'lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo'lgan munosabat o'zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o'z navbatida o'ta mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Shaxsning ta'Iim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. "Ta'lim-tarbiya" - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'Iim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
O'tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim Ijtimoiy dasturlar - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab taTimini rivojlan- tirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta'Iim maktab bosqichini va 3 yillik o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim bosqichini o'z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta'lim tizimi yaratildi va 12 yillik ta'Iim tizimiga o'tish yakunlanmoqda.
2009-yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi haqida gapirganda, ularning, avvalo, eng muhim masalalarga - yangi ish o'rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yanada oshirishga yo'naltirilganini alohida qayd etish zarur.
O'rni kelganda aytish kerakki, yangi 2010-yilda davlat byudjetining 50 foizdan ko'prog'i mamlakatimizda faqat ta'lim-tarbiya va sog'Iiqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yo'naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so'z borganda, o'tgan yillar davomi- da katta kuch va mablag' hisobidan ta'Iim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo'lishi kerak, deb o'ylayman”.
Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologi- yalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommu- nikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugun- gi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yu- tuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari- ga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun za- min tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim. Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tad- birlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qa- bul qilingan "Ta'lim to‘g'risida”gi qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni (1997-yil 29-avgust) ro'yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturningtarkibiy qismi sifatidata'limningyan- gi modeli yaratiladi. Bundan ko'zlangan maqsad ta'lim soha- sini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qa- rashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokra- tik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish edi.

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish