Turistlik korxonaning strategiyasini shakllantirishda BKG matritsasi
Korporativ strategik rejalashtirishning tarixiy birinchi modeli deb ―rostadoli‖ modeli tilga olinadi va u ko‗proq BCG nomi bilan mashhurdir. Bu model strategik maydondagi ma‘lum bir biznes turining muayyan holatini aks ettiradi hamda ikki koordinata o‗qlari yordamida topiladi. Bunda birinchi koordinata o‗qi ma‘lum bir xizmat bozorining o‗sish sur‘atini topish uchun ishlatilsa, ikkinchisi, mehmoxonaning qurilayotgan xizmat bozoridagi nisbiy ulushni aniqlash uchun ishlatiladi.
BCG modelining paydo bo‗lishi Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi tomonidan o‗tkazilgan ilmiy ishning mantiqiy yakuni bilan bog‗liqdir.
BCG matritsasi ―O‗sish/bozor ulushi‖ matritsasi deyiladi. BKG matritsasidan ikki mezondan foydalaniladi: birinchi mezon jalb qiluvchanlik indikatori sifatidagi maqsadli segmentning o‗sish sur‘ati bo‗lsa, ikkinchisi raqobatbardoshlik indikatori sifatidagi eng xavfli raqobatchiga nisbatan bozor ulushidir. Bunda bo‗lish chiziqlari bilan to‗rt kvadratga ajratilgan ikki kirishli jadval hosil bo‗ladi.
Birinchidan, o‗sish sur‘atlari yuqori va past bo‗lgan bozorlarni ajratib turuvchi asosiy chiziq ―tarmoqning o‗sishi‖ o‗qiga nisbatan yalpi milliy mahsulotning natural ko‗rsatkichlarga o‗sish sur‘atiga yoki firma faoliyat ko‗rsatayotgan turli segmentlardagi o‗sish sur‘atlarining o‗rtacha qiymatiga to‗g‗ri keladi.
Ikkinchidan esa, ―bozor ulushi‖ o‗qi uchun ajratish chizig‗i, odatda, 1 yoki 1,5 nuqtalari orqali o‗tkaziladi. Bozor ulushi bu ko‗rsatkichdan yuqori bo‗lsa, katta, aks holda esa kichik hisoblanadi.
Matritsa shu tarzda avval kiritilgan ―bozor nisbiy ulushi‖ tushunchasidan kelib chiqadi, bu tushuncha eng xavfli raqobatchi egallab turgan bozor ulushiga nisbatan aniqlanadi.
―Yulduz‖ – rivojlanayotgan tarmoqda yertakchilik qilayotgan tovar yoki tovarlar guruhining shartli belgilanishi. ―Yulduz‖lardan ushgan foyda juda muhimdir.
Lekin shu bilan birga keyingi o‗sish uchun katta hajmdagi moliyaviy resurslar zarur bo‗ladi. Demak, firma strategiyasining asosiy maqsadi yetakchilikni saqlash va mustahkamlash. Buning uchun mahsulotni takomillashtirish, narxni pasaytirish, reklama tadbirlarini kuchaytirish, keng taqsimot kabilar maqsadga muvofiq bo‗lishi mumkin. Biroq tarmoq rivojlanishining sekinlashishi bilan ―yulduz‖ ―sog‗iladigan sigir‖ga aylanadi.
―Sog‗iladigan sigir‖ deb – odatda nisbatan yetuk, rivojlanishi barqarorlashgan va qisqaruvchi tarmoqda yetakchi o‗rinni egallaydigan tovar yoki tovar guruhlariga aytiladi. Sotish barqaror holatda ekanligi va asosiy harajatlar davridan o‗tilgan bo‗lsa, sotishdan kelgan foyda hali ham uningbozordagi ulushini saqlab turish uchun zarur bo‗lganidan ortiq bo‗ladi va boshqa assortimant guruhlari yoki alohida tovarlarni rivojlantirish va saqlab turio‗ uchun ishlatiladi, erishish vositalari esa odatda sotish kanallarini ta‘minlab turish, reklama, narxdan chegirmalar, takroriy haridlarni rag‗batlantirish hisoblanadi.
―Qiyin bola‖ (boshqacha nomi ―so‗roq belgisi‖) – bu tez rivojlanuvchi tarmoqda ishlab chiqaruvchilarning kuchli raqobati va iste‘molchilarning uncha ko‗p bo‗lmagan ko‗magi sharoitlarida tovar yoki tovar guruhlari. Bozor ulushi katta emas. Firmalarning vazifasi investitsiyalash manbalarini topish va tanlangan yo‗nalish doirasida rivaojlanishni ta‘minlashdan iborat. Strategiyani yangi sotish kanallarini topish va tovarni siljitishga harajatlarning kengayishi , narxni pasaytirish kabi variantlari samarali, bozordan chiqib ketish varianti ham bo‗lishi mumkin.
―It‖ – bu qisqarayotgan bozorda juda kichik ulushdagi tovar yoki tovarlar guruhi.
―It‖ sifatida ko‗pincha iste‘molchilar tomonidan tan olingan tovarlar yoki raqobatchilar tovaridan ancha orqada bo‗lgan tovarlar yoki ko‗p harajat talab etuvchi va o‗sish imkoniyatlari kam bo‗lgan tovarlar namoyon bo‗ladi. Strategik qarorlarning variantlari narxning pasayishi va xizmat ko‗rsatish hajmining kamayishi, soddalashtirish yo‗li bilan foyda olish, bozordan chiqib ketish.
BKG usuli bo‗yicha tahlil qilish yagona portfel tarkibida korxonaning o‗rnini aniqlash, istiqbolli strategiyalarni bashorat qilishga imkoniyat yaratadi. Tez o‗suvchi yo‗nalishlar investitsiyalarga ehtiyoj sezadi, sekin o‗suvchilari esa ortiqcha mablag‗larga ega bo‗ladi.
Sotishlar hajmi va foyda summasi bo‗yicha deyarli har bir yo‗nalishning ulushini hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |