Past (butun iqtisodiyotganisbatanpast) strategiyani moliyaviy jihatlari (aspektlari)ni tushunishiga qo‗yilgan muhim qadam bo‗lib hisoblanadi. BKG matritsasi xo‗jalik portfeli ichida o‗zaro moliyaviy hamkorlikni birinchi o‗ringa qo‗yadi, qabul qilinishi kerak bo‗lgan moliyaviy qarorlarni turlarini ko‗rsatadih va nima uchun korparatsiya ichida resurslarni taqsimlash usutunligi (afzalligi) turli xo‗jalik bo‗linmalari uchun turlicha ekanligini tushuntiradi. bundan tashqari u kengaytirish va investitsiyalash strategiyasi uchun ham, baratarf (tugatish) strategiyasi uchun ham ularni muvafaqiyatli ratsionolizatsiya qilish usullarini taklif etadi. Shunga qaramasdan mazkur matritsa analitik jihatdan tugatilmagan va potensial jihatdan adashishga olib kelishi mumkin.
O„sishi. Yuqori ( butun iqtisodiyotnanisbatanyuqori) Rasm 6.1. Portfelning xozirgi va kelajakdagi holati matritsasi.
Mezonlarni faqatgina past-yuqori deb baholavchi to‗rt katakli matritsa ko‗pgina xo‗jalik bo‗linmalari bozorda o‗rtaga temp o‗sishi bilan ishlashligini aks ettirmaydi va ularni nisbiy bozor ulushi yuqori ham past ham emas, balki qandaydir shuning o‗rtasida. Bunday holatdaular matritsani qaysi katagida mavjud bo‗ldi. (joylashinishini)?
Xo‗jalik bo‗linmalarini yulduz, sog‗in sigirlar itlar va so‗roq belgilari kabi ko‗rib chiqib, ularga nisbatan sodda yondashuv bo‗lib hisoblangan to‗rt guruhga bo‗lishga to‗g‗ri keladi. Maksimal darajadag bozor ulushiga ega ba‘zi liderlar foydalik nuqtai nazaridan hech qachon yulduz bo‗lmaganlar. Bozorni past nisbiy ulushiga ega ko‗pgina kopaniyalar itlar yoki so‗roq belgilari bo‗lib hisoblanmaydilar ko‗pgina hollarda firmada ikkilamchi rolni o‗ynatuvchilar barqaror temp o‗sishiga ega bo‗ladi, foydaliliroq va xatto liderlar deb ataluvchilardan ham o‗zib muvofaqiyatli raqabot qilish qobiliyatiga ega bo‗ladi. Bundan shunday xulosa keladiki, baholashni talab etuvchi tayanch (asos) harakteristikasi (tavsifi) bo‗lib, bozorda kompaniyani nisbiy ulushi trendi bo‗lib hisoblanadi. Kompaniya o‗z pozitsiyasini mustahkamlaydimi yoki yo‗qotadimi va nima uchun? Mazkur kamchilikni 2-chizmada ko‗rsatilganidek harakat yo‗nalishi strelkasi bilan ko‗rsatib bartaraf etish mumkin.
BKG matritsasi xo‗jalik bo‗linmalari o‗rtasida investitsiyalashni nisbiy imkoniyatlarini aks ettirmaydi. Masalan, yulduzni investitsiyalash har doim ham sog‗in sigirlarni investitsiyalashda yuqori foyda keltirgani kabi yuqori foydali bo‗lavermaydi. matritsa so‗roq belgisi kim bo‗lib-potensial g‗olibmi yoki tasadifiy mag‗lubmi degan savolga javob bermaydi. Bundan tashqari ulkan (buyuk) kapital qo‗yilmalar kuchli itni sog‗in sigirga aylantiradimi yo‗qmi bu ham tushunarsiz?
Sust o‗suvchi bozorda liderlik pozitsiyasi sog‗in sigir maqomini kafolatlamaydi. chunki, birinchidan himoyalanish va mustahkamlash strategiyasida investitsion ehtiyoj inflatsiyaga o‗tkaziladigan ta‘sirlar va eskirgan asbob uskunalarni almashtirish (yangilash) bo‗yicha harakatlar texnalogiyasini o‗zgarishi yuqor miqdordagi yoki barcha pul mablag‗larini so‗rib olishi mumkin va ikkinchidan bozorda raqobatni pishib yetilishi bosqichiga o‗ta borib ko‗p hollarda keskinlashdi va bozorda egallagan ulush hamda sotish xajmini oshirish uchun keyigni kurash foyda normasini pasayishiga va istalgan naqd mablag‗lar tushumini to‗xtatishga olib kelishi mumkin.
Xo‗jalik bo‗linmalari guruhini o‗zoq muddatli jozibadorligini to‗g‗ri baholash uchun strategiyalar nafaqatgina tarmoq temp o‗sishini balki bozorni nisbiy ulushini ham tahlil qilinishi zarur.
Bozorni nisbiy ulushi va daromadlilik o‗rtasida bog‗liqlik egri tajriba samarasi kabi kuchli emas. Harajatlarni pasaytirish uchun to‗plangan ishlab chiqarish tajribasining muhimligi bir tarmoqdan boshqasiga o‗zgarib turadi.
Ba‘zida yuqori bozor ulushi past tannarx hisobidan afzallikka aylanadi, ba‘zida yo‗q. Bundan, strategiyalar tanlashda juda ehtiyot bo‗lish kerak, chunki egri tajriba samarasi total raqobat afzalligini beruvchi yetarli darajadagi kuchli omil bo‗lib
hisoblanadi (egri tajribadan boshqa ham juda yuqori raqobat ustunligi manbalari amal qiladi).