3-mavzu. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik Reja


Buddaviylik ta’limoti va uning mazmuni



Download 54,28 Kb.
bet2/5
Sana30.09.2021
Hajmi54,28 Kb.
#189444
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза матни. 3 мавзу

Buddaviylik ta’limoti va uning mazmuni. Buddaviylik ta’limotida har qanday borlik (moddiylik) barcha kо‘rinish va shakllardagi har qanday hayet - hamma mavjudodlarga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi - insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga qayta tug‘ilib kelish dunyosi (sansara) ga bog‘langanligi, unga kо‘ngil kо‘yganligidir. Uningcha har qanday insoniy tuyg‘u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatni chukurlashtiradi, "borliq girdobi" dan chiqib olish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan kо‘ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlardan voz kechish lozim va faqat shundagina "najot topish yо‘li"ga kirish mumkin. Ilk buddaviylikda bunday najotdan faqat zohid, yoki monaxgina umid qilishi mumkin edi. Faqat yaxshiroq qayta tug‘ilishni umid qilishi, buning uchun esa u monaxlarga mо‘l-kо‘l xayr-sadaqa berishn hamda quyidagi 5 axloqiy talab (pancha-shila) ga amal qilishi kerak:

1. Har bir kishi yomonlik qilishdan о‘zini tiyishi, tirik mavjudotni о‘ldirmaslik.



  1. О‘g‘rilik qilmaslik, ya’ni birovning mulkini olmaslik.

  2. His-tuyg‘ularga ortikcha berilmaslik, begona ayollarga kо‘zolaytirmaslik.

  3. Yolg‘on gapirmaslik, rostgо‘y bо‘lishlik.

  4. Ichkilik ichmaslik.

Buddaviylikda hamma narsa bilib bо‘lmaydigan ruh - nirvanaga asoslanadi, dunyo real mavjud emas, u faqat kishilarning xayolida, bilib bо‘lmaydigan ruhning namoyon bо‘lishida, deb ta’lim beradi. Buddaviylikdagi ruh - nirvananing ta’limoti "muqaddas haqikat" deb atalgan. Unga kо‘ra, ijtimoiy hayot va shaxsiy turmush azob-uqubatlarining sababi - kishilarning istaklari va nafslarida. Azob-ukubatdan kutulish uchun kishilar о‘zlarining istak va nafslarini tiyishlari, Budda kashf etgan aqidalarga amal qilishlari zarur. Buddaviylik azob-uqubat tushunchasini mutlaklashtirgan, borliqning barcha shakllarini, uning mazmunini, har qanday turmush tarzini azob-uqubat deb notо‘g‘ri hisoblagan. Shuning uchun buddaviylik nirvanani borliqning intihosi, deb asossiz tushungan. Buddaviylik ta’limoticha, jonli mavjudotlarning о‘lishi uni tashkil etgan dxarma (element, zarracha) larning ajralib ketish jarayonidir. Bularning yangidan birikishi ilgari qilingan "savob va gunoh" lar bilan bog‘liq bо‘ladi. Dxarma nirvana darajasiga yetgandagana kayta tug‘ilishlarga barham berilib, azob-uqubatdan butunlay xalos etilar ekan.

Buddaviylik ta’limotiga kо‘ra, azob-ukubatlardan xalos bо‘lishning eng maqbul yо‘li rohiblik (monaxlik) jamiyati (sangxa) ga о‘tish hisoblanadi. Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddaviylikda barvaqt vujudga kelgan bо‘lib, hozirgi kunda buddaviylik mazhablaridan bо‘lmish hinoyana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida g‘oyat salbiy rol’ о‘ynamoqda. Rohiblar buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar orasida noо‘rin tarzda juda katta obrо‘ga sazovar bо‘lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi.

Buddaviylik ta’limotida olam uch bosqichli deb tavsiflangan. Birinchisi eng yuqori olam bо‘lib, unda mutlaq osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina mavjud. Bu olam ruxning makonidir. Buddaviylikning ta’lim berishicha, mutlaq iloqiy kuch - ruhni mutlaqo bilib bо‘lmaydi. Birinchi olamda ruh moddiy olamdan tashqarida, u hech harakatsiz mutlak, osoyishta holatda yashaydi. Ikkinchi olam, rivoyatlarga kо‘ra, ruhiy mavjudotlar bilan tо‘la jannat - bodisatvadir. Bu olamning hokimi Amitabadir. Uning olamida ruh о‘z gunohidan xalos bо‘lgan, lekin eng oliy olamga, nirvanaga, mutlaq bо‘shliq va osoyishtalik olamiga kо‘tarilmagan avliyolar yashar ekan. Buddalar kishilarga budda ta’limotini о‘rganish, yaxshi yо‘lga boshlab borish uchun yerga yuborilar ekan. Uchinchi olam, eng quyi olam bо‘lib, unda odamlar va hayvonlar yashar ekan. Bu olamdagi ruh, qafasda yashar ekan, u hayot davomida ozod bо‘lish hamda yuqori olamga kо‘tarilishga harakat qiladi. Ruhning yuqori olamga kо‘tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog‘liq. Agar odam buddaviylik ta’limotiga e’tiqod qilsa, yaxshilikka intilsa, uning joni qayta tug‘ilishlardan sо‘ng jannatga va undan nirvanaga kо‘tarilar ekan. Yomonlikka mansub gunohkor kishilarning ruhi esa quyi dunyoda azoblanib, qafas ichida yuraverar’ va yuqori olamga hech kо‘tarila olmas ekan. Agar insonning din talimotiga zid ishlari kо‘payib ketsa, hirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutula olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug‘ilishlardan keyin dо‘zaxga tushar va unda abadiy azoblanar ekan.

Buddaviylikda qayta tug‘ilish deganda yangidan paydo bо‘lish tushunilmaydi, balki ilgari о‘lgan odamlarning jismidan tarqalgan dxarmalarning yangi asosda birlashib, kelajak avlodga о‘tishi tushuniladi. Shuning uchun buddaviylik inson о‘z qilmishlari uchungina javobgar bо‘lib qolmaydi, balki kelajak avlod uchun ham javobgar deb hisoblaydi. Agar odam yaxshi bо‘lsa, budda ta’limotiga tо‘liq rioya qilsa, boy va e’tiborli bо‘lsa, uning dxarmalari asosida qayta tugilgan odam xam boy va badavlat, sofdil bо‘ladi. Aksincha, odam yomon bо‘lsa, kambag‘al, qashshoq bо‘lsa, budda ta’limotiga rioya qilmasa, uning dxarmalaridan paydo bо‘lgan odam ham kambag‘al, qashshoq bо‘lar ekan. Buning sababi avvalgi avlodlar yomon hayot kechirgani uchun berilgan jazodir, deb hisoblangan. Buddaviylik о‘zining bu ta’limoti bilan jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni tub mohiyatini yashirishga harakat qiladi. Boshqa dinlar kabi buddaviylik ham hayotda passiv bо‘lishni, taqdirga tan berishni targ‘ib qiladi, zohidlikni yoqlab, ekspluatatsiyani oqlaydi.




Download 54,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish