VATAN HIMOYACHILARI
Vatanimga xizmat qilaman
Zikrilla Ne’mat
Yigitdirman, yo‘qdir armonim,
O‘z burchimni yaxshi bilaman.
To tirikman, ona makonim –
Chamanimga xizmat qilaman,
Vatanimga xizmat qilaman!
Temur bobom qudrati menda,
Jaloliddin jur’ati menda,
Temur Malik shiddati menda,
G‘animlarning bag‘rin tilaman,
Vatanimga xizmat qilaman!
Mangu omon bo‘lsin deb xalqim,
Kecha-kunduz bedordir qalbim,
Shu el – mening g‘ururim, baxtim,
99
Men undan kuch-quvvat olaman,
Vatanimga xizmat qilaman!
Shu yurt mangu dilga jo bo‘lsin,
Osmonlari musaffo bo‘lsin,
Baxti uchun jon fido bo‘lsin,
Unga mangu sodiq qolaman,
Vatanimga xizmat qilaman!
1. She’rni ifodali o‘qing.
2. Ajdodlarimizga munosib farzand bo‘lish uchun
nima qilish kerak? Vatan haqida bilgan ma-
qollaringizdan ayting.
Balli buva
Yusuf Fayzullo
(Hikoya)
Ko‘chamiz muyulishida yashaydigan otaxonni
hammamiz yaxshi ko‘rardik. Maktabga borish-
dayam, qaytishdayam ko‘cha eshigi yonida
o‘tirgan boboga odob bilan salom berardik. U
kishi bizni „Balli, bolalarim“, deya olqishlardi.
Eng qizig‘i, u kishining asl ismlarini birortamiz
bilmasdik, „Balli buva“ derdik. Goho katta
yoshlilar „Polvon ota“ deya murojaat qilishganini
eshitib, hayron qolardim: jussasi kichkinagina
bu odamning nimasi polvon ekan?
Keyinchalik, „Balli buva“ haqida onam bir
voqeani so‘zlab bergan edilar.
100
U paytlar uyimizdan sal narida ekinzor da-
lalar bo‘lgan ekan. Urush vaqtida yosh-u qari
ertadan kechgacha daladan chiqishmagan ekan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida „Balli buva“ning
urushga ketgan ikkala o‘g‘illaridan ham birin-
ketin „Bedarak yo‘qoldi“, degan mudhish xabar
kelibdi. O‘z yog‘iga qovrilib yotgan ota-onasini
kuydirib, kenja o‘g‘il ham frontga jo‘nabdi.
Undan ora-sira kelib turgan maktublar ota-
onaning yagona quvonchi ekan.
O‘sha yili bug‘doy o‘rimi erta boshlanibdi.
Bir kuni jamoa xo‘jaligi raisi dalaga kelib,
„Balli buva“ni bir chetga tortib, allanimalar
debdi. Rais ketgach, buva ma’yus tortib qolibdi.
Chalg‘ini yelkasiga ilgancha, qo‘shnilarga bugun
uyga bormasligini kampiriga yetkazib qo‘yishlari-
ni iltimos qilibdi.
Tuni bilan tinmay bug‘doy o‘ribdi. Tong yo-
rishganda, xo‘jalik rahbari kelib qolibdi.
Bug‘doyzorning yarmidan ko‘pi o‘rib bo‘lin-
ganini ko‘rib, hayron bo‘libdi. Bu otaxonning
ishi ekanligini bilgach, bir o‘zi yigirma kishining
yumushini bajargan buvani dast ko‘tarib, „Ya-
shang, polvon ota“, deya chir aylantiribdi.
„Balli buva“ning kenja o‘g‘lidan ham „qora
xat“ kelganini xo‘jalik rahbari ming bir iztirob
bilan o‘sha oqshom aytgan, otaxon bor alamini
ishdan olgan ekan...
Hali-hanuz mahalladoshlarimiz „Balli buva“ni
eslab yurishadi...
101
1. Nima uchun mahalladoshlari otaxonni Balli
buva, Polvon ota deb atashar ekan?
2. Balli buvaning qanday xislatlari bor ekan?
Matndan shu o‘rinlarni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |