2019 O‘qish oxi



Download 16,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/93
Sana22.01.2022
Hajmi16,51 Mb.
#398656
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93
Bog'liq
3-SINF O\'QISH KITOBI 2019.pdf

Àyamàjiz
Qudràt  Hikmàt
Biydày  cho‘l-u  dàlàlàr,
Bo‘ràlàr  qîr  kàpàlàk.
Bîg‘làr  sîkin,  mizg‘ishàr
Misîli  îq  kàpàlàk.
Muz  îynàlàr  sîvuq  yåb,
Ànhîrchàdà  qirsillàr.
Tàrnîvlàrdà  sumàlàk
Shîdàlàri  chirsillàr.
Sàõiy  înà  tàbiàt
Quchîg‘idà  hàvî  sîf.
Îndà-sîndà  ko‘rinàr
Nursiz,  qizg‘ish  îftîb.
Àyamàjiz  izg‘iydi,
Ko‘chàlàrdà  tutaqib.
Shîõ-shàbbàni  tîrtqilàr,
Yalmîg‘izdåk  yutîqib...
Ko‘k  màysàlàr  nish  urib,
Yerning  bàlànd-pàstidà.
Go‘zàl  bàhîr  sålkillàb,
Yetilàr  yår  îstidà.
1. Uchinchi  to‘rtlikdà  nimà  dåyilgàn?
2. Àyamàjiz  paytidà  tàbiàtdà  qàndày  hîdisàlàr
ro‘y  båràdi?


94
Qorboboga  elektron  maktub
Zamira  Ibrohimova
(Hikoya)
Bugun  Sardor  o‘zgacha  hayajon  bilan  mak-
tabdan  keldi.  Ovqatlanib  bo‘lgach,  ko‘tarinki
kayfiyatda  dars  qilishga  o‘tirdi.  Qo‘liga  ruchkasini
oldi,  daftarning  oppoq  varag‘iga  „Qish“  deb
sarlavha  qo‘ydi.  Davomiga  nima  yozishni  bilol-
may,  to‘xtab  qoldi.
„Nima  yozsam  ekan-a?  Ertak  to‘qish  shun-
chalik  qiyin  deb  o‘ylamagan  edim“.  Deraza
yoniga  kelib,  tashqariga  qaradi,  dekabr  oyi
bo‘lsa  ham,  qishni  eslatadigan  hech  narsani
ko‘rmadi.  Yer  qup-quruq,  osmon  tip-tiniq,  quyosh
charaqlab  turibdi.  „Hmm,  ustozimiz  ham  qiziq.
Qor  yog‘magan  bo‘lsa,  bolalar  qorbobo  yasa-
mayotgan  bo‘lishsa,  qanday  qilib  qish  haqida
ertak  to‘qib  bo‘ladi...  Katta  yozuvchilar  ham
qor  yog‘ishini  tomosha  qilib,  keyin  ertak
yozishadi-da.  Agar  qish  oxirigacha  qor  yog‘masa-
chi,  unda  nima  bo‘ladi?  –  dedi  o‘ziga  o‘zi.  –
Bir  xil  joylarda  qishda  ham  havo  issiq  bo‘ladi,
qor  yog‘maydi,  deyishadi.  U  yerdagi  bolalar
qor  o‘ynamasa,  chana  uchmasa,  qish  juda
zerikarli  o‘tsa  kerak.  Eh,  o‘sha  tomonlarga
borib  qolsammidi,  shartta  Qorboboga  telefonda
SMS  jo‘natib,  sovuq  havo,  ko‘proq  qor  yubo-


95
rishini  iltimos  qilar-
dim.  Qor  gupullab
yog‘sa,  bolalar  qor-
bo‘ron  o‘ynasalar,
qorbobo  yasasalar
qanchalik  xursand
bo‘lishardi-ya...“
Sardor  shularni
xayolidan  o‘tkazib,
jim  bo‘lib  qoldi.
So‘ng  „Voy,  shular  haqida  yozsa  bo‘ladi-ku!“
dedi  xayoliga  kelgan  fikrdan  quvonib.  Va  tez-
tez  yoza  boshladi:  „Bir  bor  ekan,  bir  yo‘q
ekan,  uzoqmas  yaqin  zamonda  bir  qishloq
bo‘lgan  ekan.  U  yerlarda  qish  faslida  ham
havo  issiq  bo‘lar  ekan.  Sovuq  yo‘q,  qor  yo‘q,
shuning  uchun  u  yerga  Qorbobo  ham  kelmas
ekan.  Bolalar  sovuq  qishda  qor  o‘ynashni,
qorbobo  yasashni  juda  xohlabdilar.  Ular  Qor-
boboga  elektron  pochtadan  xat  yuboribdilar.
Qorbobo  bolalardan  o‘z  „e-mail“iga  kelgan  xat-
larni  o‘qib,  ularga  tog‘lardan,  o‘rmonlardan  ko‘p-
ko‘p  qor  va  sovuq  yuboribdi.  Bolalar  bundan
rosa  xursand  bo‘libdilar.  Qor  o‘ynab,  chana
uchibdilar.  Qordan    qorbobo  yasabdilar.  Hamma
murod-u  maqsadiga  yetibdi“,  deb  ertagini  ta-
momladi.
Ertasi  kuni  ustoz  o‘quvchilar  tomonidan  yo-
zilgan  eng  yaxshi  ertaklarni  o‘qib  berdi.  Sar-


96
dorning  ertagiga  ham  alohida  e’tibor  qaratib,
yaxshi  so‘zlar  aytdi.  Sardor  bu  maqtovlardan
quvonib  o‘tirgan  edi,  partadosh  do‘sti  Shahzod:
–  Sardor,  internetdan  ko‘rdim,  bugun  qor
yog‘ar  ekan,  –  dedi  quvonch  bilan.
–  Zo‘r-ku!  –  dedi  Sardor  yanada  sevinib.
Bolalar  maktabdan  qaytayotganlarida  osmon-
dan  oppoq  qor  yog‘ardi.
1.  Sardor  maktabdan  uyiga  qanday  kayfiyatda
qaytdi?
2.  Elektron  maktubning  mazmunini  so‘zlab
bering.

Download 16,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish