2-mavzu: Mikroorganizmlarning morfologiyasi, tuzilishi va ko’payishi va klassifikatsiyasi



Download 95,5 Kb.
bet5/7
Sana01.01.2022
Hajmi95,5 Kb.
#284097
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-маъруза

Bakteriofaglar

Bakteriofaglar - bakteriyalarning viruslari bo’lib, ularni birinchi bo’lib 1914 yilda D.Errel va Tuortlar aniqlaganlar. Hujayraviy tuzilishga ega emas, ularning oddiylari oqsil va nuklein kislotadan (DNK yoki RNK) tuzilgan, murakkablarida esa bulardan tashqari bir necha oqsil, polisaxaridlar, ba’zilarida esa fermentlar ham bo’lishi mumkin. Tuzilishi spiral simmetriya asosida tuzilgan ipsimon (fd- bakteriofagi) va murakkab tuzilishga ega bo’lganlari (boshcha va dumcha kabi qismlardan) nuklein kislota bir necha xil oqsil va boshqa biopolimerlardan tashkil topgan.

Faglar bakteriyalarning hujayralarni eritish – lizis qilish xususiyatiga egadir. Faglar bakteriyalarga ko’ra fizikaviy va ximiyaviy faktorlarning ta’sirlariga chidamliroq bo’ladi. Ko’pincha faglar +65-700 issiqlikda chidaydi. 185 daraja sovuqqa ham chidaydi, quritilgan holda yaxshi saqlanadi.

Hozirgi vaqtda eng yaxshi o’rganilgani T-4 fagidir. Uning tarkibiga kiradigan 12 ta oqsil yaxshi o’rganilgan.

Fag (lambda) ko’pchilik faglarga o’xshab, faqat bakteriya hujayrasini eritib yubormay, balki ma’lum sharoitda bakterial DNK ga ham o’tib olishi mumkin.

Faglar shakliga ko’ra turlicha: tayoqchasimon yoki ipsimon; faqat boshchali, dumsiz; boshchasi bir nechta bo’rtmali; boshchali va juda qisqa dumli; boshchali va harakatsiz uzun dumli; boshchali va harakatchan uzun dumli bo’lishi mumkin.

Faglarning boshchasida nuklein kislota bo’lib, u oqsilli qobiq bilan o’ralgan bo’ladi. Dum qismi murakkab strukturali, u tubandagicha tuzilgan. Ustki parda (g’ilof) va ichki kanalchali o’q burmali bazal plastinkalar va ipsimon strukturadan iborat.

Ustki parda (g’ilof) spiral shaklida to’plangan oqsil zarrachalaridan iborat. Shuning uchun mayda naychalar holida ko’rinadi. Bakteriofaglarda DNK yoki RNK uchraydi. Nuklein kislota asosan boshchasida bo’ladi, 3% ga yaqin oqsil ham bo’ladi. Ba’zilarida 50% nuklein kislota va 50% oqsil bo’ladi. Oz miqdorda uglevodorodlar va neytral yog’lar ham bo’ladi.

Viruslar o’lik to’qima hujayralarda ko’paymaydi, lekin ayrim viruslar o’simlik qoldiqlarida, tuproqda uzoq muddat saqlanishi mumkin. Tamakida kasallik qo’zg’atuvchi virus dala sharoitida o’simlik qoldig’ida 3-4 yil, quruq tamakida 50 yilgacha saqlanishi mumkin.

Ko’pchilik viruslar yuqori haroratga (60-750 S) chidamsiz bo’ladi. Ayrimlari +900 S haroratda ham o’z faoligini yo’qotmaydi. Viruslarni 00S dan past haroratda ham nobud bo’lmasligi kuzatilgan.

Viruslar ma’lum bir o’simliklarda, hayvon va mikroorganizmlarda parazit xolda hayot kechiradi.

Viruslar faqat tirik hujayrada ko’payadi, bo’linadi, ya’ni nkulein kislotalar ikki xissa ko’payadi. Bunda oqsil qobig’i eriydi va paydo bo’lgan yangi viruslar yana oqsil qobig’iga o’raladi. Viruslar tuproqda ko’paymaydi, ular inaktivatsiyaga uchramasa u yerda uzoq saqlanadi. Ayrim odam va hayvonda uchraydigan viruslar tuproqda bir necha oygacha saqlanadi.

Viruslar ko’pincha qishloq xo’jalik ekinlarida kasallik qo’zg’atib hosildorlikni kamayishiga va sifatini pasayishiga sababchi bo’ladi.

Viruslar xo’jayin organizmning hujayrasiga kirishi va rivojlanishi quydagi bosqichlarda amalga oshadi:

1. Xo’jayin organizm hujayrasiga yopishib, uning po’stini yemirishi (adsorbtsiya).

2. Virusni hujayraga kirishi. RNK oqsil qobig’idan qutilib, aktiv holatga o’tishi.

3. Tayyorgarlik ko’rish davri, ya’ni eklips-davri. Bunda xo’jayin hujayrasida oqsil sintezlanishi to’xtaydi va DNK o’z faoliyatini yo’qotadi.

4. Viruslarni nuklein kislotalarini va oqsilini sintez bo’lishi hamda viruslarni yetilishi. Virus RNK si ko’payib sitoplazmada to’planadi va oqsil qobig’i bilan o’ralishiga tayyor xolga keladi. Xo’jayin hujayrasidagi DNK va RNK parchalanadi, oqsil sintezi to’xtaydi va o’simlik hujayrasi nobud bo’ladi.

5. Viruslarni xo’jayin hujayrasidan chiqishi. Zararlangan hujayraning virusga to’lishi, to’lgan qopni eslatadi. Bu hujayra yorilib atrofdagi sog’ hujayralarni zararlaydi.


Viruslarni sistematikaga solish bo’yicha urinishlar birinchi bor 1927 yil D.Djonson tomonidan bo’lgan. U viruslarni kasal o’simlik nomi bilan qo’shib atashni taklif etgan.

1937 yili K.Smit, D.Djonson taklif etgan nomlashga o’zgartirish kiritib kassallangan o’simlikni nomini o’rniga uning oilasini lotincha nomini qo’shishni taklif etdi. Masalan tamaki mozaikasi- Nicotina virus 1, kartoshka mozaikasi-Solanum virus 1 va boshqalar.


Viruslar bir necha yo’llar bilan tarqalishi mumkin. Ular quyidagilardir:

1. O’simlik shirasi yordamida mexanik yo’l bilan.

2. O’simlik qoldiqlari orqali (viruslarning aktivligi yo’qolmaganda).

3. Tuproq orqali.

4. O’simlik vegetativ organlari orqali.

5. Urug’ bilan.

6. Hasharotlar orqali.


Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish