2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja



Download 145,78 Kb.
bet1/13
Sana11.03.2022
Hajmi145,78 Kb.
#489692
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari
Reja:

  1. Ekstremal va qiyin hayotiy vaziyatlar klassifikatsiyasi.

  2. Favqulodda vaziyatlarda psixologik yordam metod va texnologiyalari.

  3. Terrorizm psixologiyasi

  4. Jarohatdan keyingi stress buzilishlari

Tayanch soʻzlar: ekstremal vaziyat, psixologik yordam, stress, jarohatdan keyingi stress, psixologik zoʻravonlik, terrorizm.
Mavzuning qisqacha mazmuni va dolzarbligi: Ushbu mavzuda bugungi kundagi muhim yoʻnalishlardan biri boʻlgan ijtimoiy reabilitatsiyaning muhim muammolari,ekstremal vaziyatlar klassifikatsiyasi, terrorizm, stress, jarohatdan keyingi stress, psixologik zoʻravonlik va ularni reabilitatsiya qilishning oʻziga xos tomonlarini qamrab oladi. Ushbu mavzu sotsial psixologik xizmat tizimida reabilitatsiya masalalari fanining mohiyati hamda pedagogik, ijtimoiy sohalarda psixologik bilimlarni oʻrni va ahamiyatini tushuntirib berishga qaratilgan
Fanning boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi:
“Falsafa”, “Umumiy psixologiya”, “Etika”, “Psixodiagnostika”, “Odam anatomiyasi”, “Psixofiziologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Psixologik xizmat”, “Rivojlanish psixologiyasi”, “Yosh fiziologiyasi”, “Gigiyena”, “Pedagogika” va “Tibbiy fanlar”.



  1. Ekstremal va qiyin hayotiy vaziyatlar klassifikatsiyasi.

Dunyo boʻylab soʻnggi yillarda ekstremal vaziyatlar (texnogen va tabiiy ofatlar, millatlararo nizolar, terroristik aktlar) soni oʻsib bormoqda. Bu esa yuqoridagi vaziyatlar qurbonlariga tezkorlik bilan psixologik yordam koʻrsatishga qodir mutaxassislarni tayyorlash zaruratini tugʻdirmoqda. Ekstremal vaziyatlarda aholiga ekstremal psixologik yordam koʻrsatish muammosi oʻta muhim va aktualligiga qaramay hozirgi kunda bu vazifalar hali hanuz psixolog uchun yangi oʻrganilmaganligicha qolmoqda.
1980-yillar oxirida paydo boʻlgan jarohatdan keyingi buzilishlar "psixik jarohat" tushunchasi bilan nomlana boshlandi. Inson tomonidan hodisa uning mavjud boʻlishi uchun xavf tugʻdirayotgandek, normal hayot faoliyatini buzayotgandek va u uchun jarohatlovchi voqeadek, yaʼni maʼlum turdagi iztirob qaygʻu sifatida idrok etiladi.
Psixolog va psixoterapevtlar borgan sayin koʻproq psixik jarohat olgan odamlar bilan ishlashlariga toʻgʻri kelmoqda, bularga: majburan koʻchirilganlar va qochoqlar, garovga olingan qurbonlar, bosqinchilik, otishmalar, qarindoshlari oʻlimini, talonchilik bosqinlarini, shuningdek keng masshtabli tabiiy va texnogen fojialarni boshidan kechirgan insonlar misol boʻla oladi.
Ekstremal vaziyatlar-bu maʼlum territoriyada yuzaga kelgan xavfli toʻqnashuv, tabiiy hodisa, fojia yoki boshqa bir ofat natijasida oʻz ortidan inson qurbonliklariga olib keluvchi, odamlar sogʻligi yoki atrof muhitga zarar yetkazuvchi holat.
Ekstremal vaziyatlar quyidagi belgilar bilan klassifikatsiya qilinadi:

  • Toʻsatdanlik darajasi bilan: toʻsatdan (bashorat qilinmaydigan) va kutilgan (bashorat qilinadigan). Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy vaziyatlarni bashorat qilish oson, tabiiy ofatlarni esa qiyin (masalan, inqiroz va zilzila).

  • Yoyilish tezligiga koʻra: ekstremal vaziyatlar portlovchi, shiddatli, tez yoki oʻrtacha yo sekin yoyiluvchan xarakterda boʻladi.

  • Yoyilish kengligiga koʻra: lokal, mahalliy, territorial, regional, federal. Lokal, mahalliy va territorial ekstremal vaziyatlar bir boʻlinmadan, ishlab chiqarish joyidan, aholi punkti chegarasidan chiqmaydi. Regional va federal ekstremal vaziyatlar butun bir region, davlat, hattoki, bir qancha davlatlar miqyosida sodir boʻladi.

  • Harakat davomiyligiga koʻra: qisqa muddatli yoki uzoq muddatli xarakterda boʻlishi mumkin. Atrof muhitni ifloslanishi sodir boʻladigan barcha ekstremal vaziyatlar uzoq muddatliga kiradi.

  • Xarakteriga koʻra: oldindan rejalashtirilgan (qasddan) va rejalashtirilmagan (qasddan boʻlmagan). Birinchisiga koʻpchilik milliy, ijtimoiy va harbiy nizolar, terroristik aktlar va boshqalar kiradi. Tabiiy ofatlar oʻzining kelib chiqish xarakteriga koʻra maqsadlashtirilmagan boʻlib, bu guruhga texnogen toʻqnashuvlar va fojialar kiradi.

Kelib chiqish manbaiga koʻra favqulodda vaziyatlar:

  1. Texnogen xarakterli favqulodda vaziyatlar transport toʻqnashuvlari va fojialar, yongʻin va portlash, kimyoviy zaharlovchi va radioaktiv moddalar tarqaluvchi avariyalar va fojialar.

  2. Tabiatdan kelib chiquvchi favqulodda vaziyatlar geofizik, geologik, meteorologik, dengizdagi xavfli gidrologik hodisalar, tabiiy yongʻinlar.

  3. Ijtimoiy biologik xarakterli favqulodda vaziyatlar ochlik, terrorizm, jamoaviy tartibsizlik, alkogolizm, giyohvandlik, toksikomaniya, turli xil zoʻravonlik aktlari.





  1. Download 145,78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish