2-ma’ruza : xalifalik davri o‘zbek tilshunosligi



Download 296,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana29.12.2021
Hajmi296,13 Kb.
#79684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-maruza matni

sitron deyilishi ta'kidlanadi. Kimki bodrangni forscha xiyirom desa, uni o„trunjga qiyoslab xiyy-

ir-i  badrang  deb  nomlashini  aytadi.  Bodrangning  etimologiyasi  haqida  to‗xtalib,  o‗zigacha 

bo‗lgan  tabiatshunos  olim  Hamza  al-Isfaxoniy  vadrang  «bu  rang  o„chmasin»  degan  ma'noni 

berishini  ko‗rsatadi,  deydi.  Abu  Hanifa  o„trunjni  arabcha  mutk  deb  berganini  va  bu  so‗z 

Qur'onda  ham  uchrashini  ta'kidlaydi.  Galen  yunonlar  sitronni  «midiya  olmasi»,  o‗rikni  esa 



«arman olmasi» sifatida tavsiflashini bayon qilganini ko‗rsatadi. Shundan so‗ng o‗trunj (sitron) 

ning  Misrda,  Tobaristonda,  Jurjonda  qanday  kattalikda  va  shaklda  o‗sishini,  mazasi  qanday 




bo‗lishini bayon qiladi hamda fikrini isbotlash, so‗zni o‗quvchi xotirasida yaxshi qoldirish uchun 

sakkizta shoirdan she'riy parchalar keltiradi. 

Yoki  kitobning  o‗n  yettinchi  maqolasi  idjas  (g„aynoli)ga  bag‗ishlanadi.  Bu  so‗z  rumcha 

damasqina,  siriyacha  hahi  akama  yoki  xuxi  nisa,  forscha  girdi  siyax  deyilishi  ko‗rsatiladi. 

Rumcha nomi Damashq shahriga nisbatan olinganini taxmin qiladi. Forscha idjas ning olu nomi 

bilan  ham  yuritilishi  va  «qora»  rangiga  ishora  qilib,  siyoh  belgisi  bilan  qo‗llanilishi,  shu  bilan 

sariq  rangga  ega  bo‗lgan  «o‗rik»ni  bildiruvchi  oludan  farqlanishi,  o„rik  uchun  «sariq»  rangini 

bildiruvchi  zard  (zardolu)  belgisining  qo‗shilishini  bayon  qiladi.  Shundan  so‗ng  g‗aynoli 

(sliva)ning qora, qizil va boshqa turli ranglarga ega bo‗lishi, mazasi haqida fikr yuritiladi. Uning 

tog‗da o‗sadigan navi ham mavjudligi, uni qaynatib, ezib nonga qo‗shib pishirish mumkinligini 

aytadi.  Tobaristonda  nishak,  nisha  alu  deyilishi  va  ko‗proq  sariq  rangda  bo‗lishi  ta'kidlanadi. 

Shuningdek,  nilk  ham  g‗aynolilar  turiga  kirishi,  uning  ikki  navi  mavjudligi,  biri  sutday  oq, 

ikkinchisi  esa  ochiq  qizil  rangda  bo‗lishi,  g‗aynolining  bu  ikki  turi  Beruniyning  ona  tilida 

olucha, uning daraxti esa baru nomi bilan yuritilishini aytadi. Beruniy ma'lum bir o‗simlik yoki 

dorivor moddaning turli tillardagi  nomlarini  bir  maqolada keltira turib, tillar  o‗rtasidagi  fonetik 

o‗ziga xoslik haqida ham ma'lumot beradi. Xususan, arab tilidagi saydana va saydanani so‗zlari 

etimologiyasi  haqida  to‗xtalib,  bu  ikki  so‗zning  boshidagi  (sod)  (chim)ning  arab  tiliga 

moslashtirilishidir, deydi.  Fikrini dalillash uchun  qator shunga  o‗xshasha  misollar keltiradi:  sin 

chindan,  saymun  chaymundan,  balus  baluchdan,  sarm  charmdan  kelib  chiqqanini  aytadi.  Ana 

shu  asosda  saydanani  chandanani  («sandal  daraxti  bilan  savdo  qiluvchi»)  so‗zidan  arab  tili 

fonetikasiga moslashtirish orqali paydo bo‗lganini ta'kidlaydi. 

Shuningdek, hind tili bilan arab tili  fonologik tizimida katta tafovut borligini bayon qilib, 

hind  so‗zlarini  arab  tilida  berishda  bir  qadar  qiyinchilik  mavjudligini  aytadi.  Ana  shu 

qiyinchilikni  bartaraf  qilish  maqsadida  arab  alfavitiga  qator  o‗zgarishlar  kiritadi.  Qisman 

forslardan foydalangan holda to‗rtta harf (p, ch, j, g) qo‗shadi. 

Bundan  tashqari  forslarda  so‗z  boshida  b  va  v  fonemalarining  o‗zaro  erkin  almashinishi 

mumkinligiga diqqatni jalb etadi va ana shu almashinish asosida ayrim so‗zlarning kelib chiqishi 

haqida  fikr  yuritadi. Masalan,  o‗n  ikkinchi  maqola (paragraf)  Abhalga bag‗ishlanadi. U rumcha 



barutanun  va  barutun,  suryoniycha  barusa,  forscha  burs  va  vurs,  zabulcha  vurs  gunda  deb 

nomlanishini  ta'kidlagan  holda,  fors  tilida  b-v  fonemalarining  talaffuzi  bir-biriga  yaqin  ekani, 

shuning uchun ko‗pincha ular o‗zaro oson almashinishini aytadi. 

Beruniy morfologik birlik bo‗lgan morfemalar, ya'ni so‗zning ma'noli birliklari haqida ham 

fikr  yuritadi  va  ularni  o‗zak  hamda  o‗zak  bo‗lmagan  (affiksal)  turlarga  ajratadi.  Xususan,  lotin 

tilidagi  otlar  haqida  gapirar  ekan,  rum  tilida  otlarning  «sin»,  ba'zan  «nun»  harflari  bilan 

tugallanishi,  bu  ikki  harf  lotin  grammatikasida  o‗zakka  kirmasligi,  qo‗shimcha  harf  ekanini 

ta'kidlaydi. 

Yuqorida  bayon  qilingan  fikrlarning  o‗ziyoq  buyuk  tabiatshunos  olimning  tilshunoslikka 

ham  qanchalar  dahldor  ekanidan  guvohlik  beradi.  Beruniy  dunyo  tillari,  ularning  farqli 

xususiyatlari,  leksikografiya,  etimologiya,  grammatika  masalalari  bo‗yicha  o‗zining  ma'lum 

qarashlarini  bayon  qildi  hamda  bu  bilan  tilshunoslikning  fan  sifatida  shakllanishi  va  lingvistik 

ta'limotning rivojiga hissa qo‗shdi. 

 

 



 

 

 




Download 296,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish