2-ma’ruza : xalifalik davri o‘zbek tilshunosligi



Download 296,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana29.12.2021
Hajmi296,13 Kb.
#79684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-maruza matni

quvvai notiqa sanaladi. 

Hozirgi  kunda  struktur  tilshunoslikning  glossematik  yo‗nalishida  keng  tarqalgan 

o‗zgarmas,  barqaror  (konstanta)  birliklarning  o‗zgaruvchan  (aksident)  birliklarga  zidlanishi 

ildizlari  ham  Farobiy  asarlarida  uchraydi.  Avvalo,  u  har  qanday  rivojlanishning,  o‗zgarishning 

asosida ziddiyatlar yotishini e'tirof etadi. Farobiy «Falsafatu Aristutolis» asarida shunday yozadi: 

«Beadad  ziddiyatlar  bir-birlarini  almashtirib  turadilar.  Ushbu  tanovoblarda  (almashinib 

turishlarda) bitta o‗zgarmaydigan doimiy narsa bor. U ushbu tanovoblarni saqlab turadi va ularga 

singib ketadi. Narsalar bir-biriga ergashib va o‗zgarib to`rganlari holda, doimiy bo‗lib keladigan 

narsa  «javhar»  (substansiya),  almashinib  va  o‗zgarib  turuvchi  narsalar  «oraz»  (aksidensiya) 

deyiladi. 

Bu  tushunchalar  keyinchalik  tasavvuf  falsafasiga  ham  asos  bo‗ldi  va  ular  bu  ikki 

tushunchani «zot» va «tazohir» (tajalli) atamalari bilan nomladilar. 

Farobiy  bizning  ongimizdan  tashqarida  bo‗lgan  ob'ektiv  narsalarning  tabiiy  sifatlar  va 

mohiyat birligi ekanini ta'kidlaydi. Bundan ko‗rinadiki, keyinchalik javhar, zotga majmuati sifat 

va asmo deb qaralishida ham Farobiyning ta'siri mavjud. 

Abu  Nasr  Farobiy  «Fozil  odamlar  shahri»  asarida  inson  fozilligining  muhim  belgilaridan 

biri  sifatida  quvvai  notiqani  ajratadi.  Uning  fikricha,  inson  dunyoga  kelishi  bilan  o‗zini 

boqadigan  quvvatga  ega  bo‗ladi.  Bu  g‗izolantiruvchi  quvvat  sanaladi.  Undan  so‗ng  inson  o‗z 

takomili  yo‗lida  turli  quvvatlarni  qo‗lga  kiritadi.  Masalan,  mutaxayyila  quvvati  (xayol  qilish, 

umumlashgan  obrazlar  yaratish),  aql  quvvati  va  boshqalar.  Insonning  olamni  bilish  jarayonida 

aql quvvatining xizmati katta ekanini ta'kidlaydi. 

Farobiy  insonning  kamoloti  yo‗lida  qo‗shilib  boradigan  quvvatlarni  tavsiflar  ekan, 

bilishning  ikki  darajasi  —  hissiy  bilish  bilan  idrokiy  bilish  (umumlashtiruvchi  bilish)ni  bir-

biridan ishonarli ravishda farqlaydi. 




Farobiyning  tilshunoslik  haqidagi  fikrlari  ayniqsa  «Fanlar  tasnifi  haqidagi  so‗z»  asarida 

yorqin  ifodasini topgan.  Asarning  birinchi  bo‗limi til  haqidagi  fanga  bag‗ishlanishi  ham uning 

tilshunoslikka naqadar katta e'tibor bilan qaraganligi nishonasidir. 

Hozirgi kunda leksika, grammatika singari atamalarning ikki  ma'noda qo‗llanilishi deyarli 

barcha  adabiyotlarda  qayd  etiladi:  birinchisi  ma'lum  bir  tilda  mavjud  bo‗lgan  leksik  va 

grammatik birliklar tizimi, ikkinchisi esa shu tizimni o‗rganadigan fan sohasi. Bunday fikrning 

ildizlari  ham  Farobiyga  borib  taqaladi.  U  til  haqidagi  fanning  ikki  qismdan  iboratligini 

ta'kidlaydi.  Birinchisi  ma'lum  tilda  mavjud  bo‗lgan  so‗zlarni  xotirada  saqlash  va  nimani 

ifodalashini bilish. Ikkinchisi esa bu so‗zlarni boshqarib turadigan qonunlarni bilish. Muallif har 

qanday san'atda qonun universal, keng qamrovli ekanini ko‗rsatadi. 

Farobiy  so‗z  ma'nolarini  ham tasnif etadi. Uning  fikricha, so‗z  ma'nosi  ikki turli  bo‗ladi: 

sodda  va  murakkab.  Odam,  hayvon  singari  olamdagi  bir  turli  narsa  va  hodisalarni  atash 

vazifasini  bajaruvchi  alohida  so‗zlar  sodda,  narsa  va  uning  belgisini  bildiruvchi  Bu  odam  – 

hayvon kabi ifodalar esa murakkab sanaladi. 

Farobiy atoqli va turdosh otlarni ham farqlaydi. U sodda ma'noli so‗zlarni ikkiga bo‗ladi: I) 

atoqli  otlar.  Masalan,  Zayd,  Amr  kabi;  2)  tur  va  jinsni  ko‗rsatadigan  so‗zlar.  Masalan,  odam, 

hayvon,  ot  kabi.  Tur  va  jinsni  bildiruvchi  so‗zlar  asosida  muallif  so‗z  turkumlarini  ham  tasnif 

etadi. Farobiy tur va jinsni bildiradigan so‗zlarni arab grammatika maktablari an'analari asosida 

ot, fe'l va harflarga ajratadi. Shuningdek, ot va fe'l-larning grammatik kategoriyalari haqida ham 

ma'lumot  beradi.  Xususan,  ot  va  fe'llar  uchun  jins  (erlik-xotinlik),  son  (birlik-ikkilik-ko‗plik) 

kategoriyalari xos ekanini, shu bilan fe'llarning  o‗ziga xos belgisi zamon (o‗tgan-hozirgi-kelasi) 

bildirishi ekanini ta'kidlaydi. 

Farobiy  tilshunoslikning  mundarijasi  haqida  ham  fikr  yuritadi  va  uning  olti  bo‗limdan 

iborat  ekanini,  har  qaysi  bo‗limning  o‗z  tekshirish  ob'ekti  mavjudligini  bayon  qiladi.  Ular 

quyidagilardan iborat: 1) sodda so‗z haqidagi fan; 2) so‗z birikmalari haqidagi fan; 3) sodda so‗z 

qonunlari haqidagi fan; 4) so‗z birikmalari qonunlari haqidagi fan; 5) yozuv qonunlari va to‗g‗ri 

talaffuz (orfoepiya) haqidagi fan; 6) she'r tuzilishi qoidalari haqidagi fan. 

Shundan  so‗ng  har  bir  bo‗limda  nimalar  o‗rganilishi  haqida  ma'lumot  beriladi.  Asarda 

ta'kidlanishicha,  sodda  so‗z  haqidagi  fan  har  bir  alohida  so‗z  nimani  bildirishi,  tur  va  jins 

munosabati, ularni xotirada saqlash, bayon qilish, boshqa tillardan so‗z olish kabi masalalar bilan 

shug‗ullanadi. 

So‗z  birikmasi  haqidagi  fan  ma'lum  xalq  tilida  uchraydigan  nutqning  qismlarga 

bo‗linishini, mashhur notiqlar, shoirlar yaratgan nutq turlarini bilish bilan shug‗ullanadi. 

Sodda  so‗z  qonunlari  haqidagi  fan,  avvalo,  nutq  tovushlarini  (harflarni),  undosh 

tovushlarning  paydo  bo‗lish  o‗rnini,  unli  tovushlar  va  ularning  xususiyatlarini,  so‗zga 

qo‗shimchalar  qo‗shilganda  ro‗y  beradigan  fonetik  o‗zgarishlarni,  so‗zning  fonetik  modeli, 

sodda  va  qo‗shma  so‗zlar,  yasama  so‗zlar  namunalari  (modeli),  ot  va  fe'llarning  o‗zgarishi 

(shaxs, son, zamonda), talaffuzi qiyin so‗zlar va ular talaffuzini yengillashtirish yo‗llari kabilarni 

o‗rganadi. 

So‗z  birikmasi  qonunlari  haqidagi  fan  ikki  qismdan  iborat:  1)  ot  va  fe'llarning  «oxiri» 

(qo‗shimchalari) qoidasi; 2) so‗z qismlarining qo‗shilish qoidalari, so‗z oldiga qo‗shiladiganlar, 

so‗z  oxiriga  qo‗shiladiganlar,  o‗zgaradigan  va  o‗zgarmaydigan  so‗zlarga  bo‗lish,  otlarning  va 

fe'llarning o‗zgarishi kabi masalalar shu bo‗limda o‗rganilishi ko‗rsatiladi. 

Yuklamalar haqidagi fan o‗zgarmaydigan so‗zlarni o‗rganishi ta'kidlanadi. 

So‗z birikmalari qoidalari haqidagi bo‗limda esa so‗zlarning qo‗shilish qoidalari va hukm 

biddirishi o‗rganiladi, so‗zlarning qo‗shilish turlari aniqlanadi. Qanday qo‗shilish chiroyli ekani 

ko‗rsatiladi. 

Yozuv haqidagi fanda yozish qoidalari, she'r tug‗ilishi haqidagi fanda esa she'r o‗lchovlari, 

har bir she'r qanday tovushlardan va bo‗g‗inlardan tashkil topgani, to‗liq va noto‗liq o‗lchovlar, 

qaysi o‗lchov yoqimli va chiroyli ekani o‗rganiladi, deydi. Shu bo‗limda qaysi so‗zlar poeziyada 

va qaysi so‗zlar prozada qo‗llanilishi yoki qo‗llanmasligi bayon qilinadi. 



 Bundan  ko‗rinadiki,  Farobiy  bugungi  tilshunoslik  bo‗limlari:  fonetika,  leksika, 

morfologiya,  sintaksis,  orfografiya,  orfoepiya,  stilistika  haqida,  ularning  o‗rganish  ob'ektlari 

to‗g‗risida ilk ma'lumotni beradi. 

Farobiy  grammatika  bilan  mantiqning  o‗zaro aloqador ekanini ko‗rsatadi. Uning  fikricha, 

qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish,  fikrni qanday ifodalash,  bayon etish, qanday so‗rash 

va  qanday  javob  berish  (masalasi)ga  kelganda,  bu  haqdagi  ilmlarning  eng  birinchisi  jismlarga, 

ya'ni  substansiya  va  aksidensiyalarga  ism  beruvchi  til  haqidagi  ilmdir.  Ikkinchi  ilm 

grammatikadir.  U  jismlarga  berilgan  ism  (nom)larni  tartibga  solishni,  substansiya  va 

aksidensiyaning  joylashishini,  undan  chiqadigan  natijalarni  ifodalovchi  hikmatli  so‗zlar  va 

nutqni  tuzishni  o‗rgatadi.  Uchinchi  ilm  mantiqdir.  U  ma'lum  xulosalar  keltirib  chiqarish  uchun 

mantiqiy figuralarga binoan darak gaplarni joylashtirishni o‗rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz 

bilinmagan  narsalarni  bilib  olamiz  hamda  nima  to‗g‗ri  va  nima  yolg‗onligi  haqida  hukm 

chiqaramiz. 

Farobiy  tildagi  umumiy  va  xususiylik  dialektikasini  ham  ochib  beradi.  Uning 

ta'kidlashicha,  har  bir  til  o‗ziga  xos  birliklarga  ega.  Shu  bilan  birga  hamma  tillar  uchun  xos 

bo‗lgan tushunchalar ham mavjud. Masalan, ot, fe'l, yuklama arab tilida ham, yunon tilida ham 

bor.  Bunday  bo‗linish  boshqa  tillarda  ham  uchraydi.  Arab  grammatikachilari  12  ot,  fe'l, 

yuklamalarni arab tili, yunon grammatikachilari esa yunon tili materiali asosida o‗rganadilar. 

Har bir tilning grammatikasi shu tilning o‗ziga xos jihatlarini o‗rganish bilan birga, boshqa 

tillarda ham uchraydigan umumiy tomonlarga ham e'tibor beradi. 

Ko‗rinadiki,  Farobiy  bugungi  til  falsafasi  uchun  g‗oyat  muhim  bo‗lgan  qator 

tushunchalarga (konstanta-aksidensiya, zot-tazohir, umumiylik-xususiylik; fahmiy (hissiy) bilish-



idrokiy  bilish)  asos  solgan  ulug‗  fay-lasuf  bo‗lish  bilan  birga,  tilshunoslikning  umumiy 

masalalarini,  uning  mundarijasini  yoritib  bergan  ulkan  tilshunos  olim  hamdir.  Uning  ko‗pgina 

fikrlari bugungi kunda ham o‗z dolzarbligini yo‗qotgan emas. 

 


Download 296,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish