2-ma’ruza : xalifalik davri o‘zbek tilshunosligi


АBU RАYHОN BЕRUNIYNING LINGVISTIK QАRАSHLАRI



Download 296,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana29.12.2021
Hajmi296,13 Kb.
#79684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-maruza matni

 

АBU RАYHОN BЕRUNIYNING LINGVISTIK QАRАSHLАRI 

Dunyo  madaniyati  va  ma'naviyati  taraqqiyotiga  ulkan  hissa 

qo‗shgan,  fan  tarixida  juda  katta  iz  qoldirgan  qomusiy  olimlarimizdan 

yana biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniydir. 

Beruniyning  hayoti  va  ijodiy  faoliyatini  yoritishga  bag‗ishlangan 

bir  qancha  asarlar  mavjud.  Shuning  uchun  ham  biz  olim  hayotiga  doir 

ayrim  ma'lumotlarni  keltirish  bilan  cheklanamiz.  Abu  Rayhon  Beruniy, 

U.I.Karimovning ta'kidlashicha, milodiy 973 yilning 4 sentyabrida (hijriy 

362 yil zulhijja oyining 2-kunida) Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyatda 

tavallud  topdi.  1009  –  1017  yillarda  Xorazmshoh  Abul-Abbos  Ma'mun 

ibn Ma'mun saroyida xizmat qilib, katta obro‗-e'tibor qozondi. 1017 yilda 

Mahmud  G‗aznaviy  Xorazmni  bosib  olgandan  so‗ng  Xorazmdagi  bir 

qancha  olimlar  qatori  Beruniy  ham  G‗aznaga  yo‗l  olishga  majbur  bo‗ldi  va  umrining  oxiriga 

qadar shu yerda ijod qildi. 

U o‗z davridagi  barcha  fan sohalari  bo‗yicha qalam tebratib, 150 dan ortiq asar qoldirdi. 

Bizgacha  yetib  kelgan  asarlari  orasida  «Xronologiya»,  «Hindiston»,  «Geodeziya», 

«Mineralogiya»,  «Mas'ud  qonuni»  hamda  «Sayda-na»  nomi  bilan  mashhur  bo‗lgan  «Kitob  as-

saydana fi-t-tibb» asarlari tadqiqotchilar tomonidan maxsus o‗rganildi, arab, rus, ingliz, nemis va 

boshqa tillarga tarjima qilib, nashr etildi. 

Beruniy  ilmiy  merosining  nomidan  ham  ko‗rinib  turibdiki,  olim  tarix,  riyoziyot, 

matematika,  falsafa,  handasa,  kimyo,  astronomiya,  geografiya,  tibbiyot,  adabiyot,  musiqa, 

tilshunoslik  singari  o‗nlab  sohalar  bo‗yicha  ilmiy  tadqiqot  olib  borgan  va  jahon  allomalarini 

hozirgacha lol qoldirib kelayotgan buyuk kashfiyotlar yaratgan. 

Beruniy  ilmiy  hazinaning kaliti sanaluvchi tilga  va tilshunoslikka alohida e'tibor berdi. U 

yoshligida  yunon,  lotin,  arab,  fors,  so‗g‗d,  suryoniy  tillarini  chuqur  o‗rgandi.  Chunki  jahon 



sivilizatsiyasining beshigi Yunoniston va Rumo o‗lkalari bo‗lib, antik madaniyat namunalarining 

barchasi  shu tillarda yozilgan edi. Arab tili Beruniy yashagan davrda diniy ta'limot tili bo‗lishi 

bilan  birga,  fan  tiliga  ham  aylangan  edi.  Islom  olamida  yaratilgan  barcha  asarlar  arab  tilida 

yozilar  edi.  Bo`larning  hammasi  bo‗lajak  allomani  yuqoridagi  tillarni  sinchkovlik  bilan 

o‗rganishga  da'vat  etdi.  Beruniy  o‗zini  xorazmiy  tiliga  mansub  ekanini,  arab,  fors  tillarini  esa 

keyin o‗rganganini ta'kidlaydi. 

Sulton Mahmud G‗aznaviy yurishlari davrida Beruniy bir necha bor Hindistonga borishga 

musharraf  bo‗ldi.  Hindiston  allomani  o‗ziga  rom  etdi  va  bu  o‗lkaning  tarixi,  madaniyati,  urf-

odati, hayvonot va nabotot olamini o‗rganishga bel bog‗ladi. Buning uchun, avvalo, eski hind tili 

bo‗lgan sanskritni puxta o‗rgandi. 

Umrining  so‗nggi  yillari  Mahmud  G‗aznaviyning  vorisi  Ma'dud  sultonligi  davrida  (1048 

yil) dorivor o‗simliklar, hayvonlar va ma'danlar tavsifiga bag‗ishlangan ―Saydana‖ asarini yozdi. 

Beruniyning  tilga  va  tilshunoslikka  bo‗lgan  qarashlari  mana  shu  asarida  yaqqol  namoyon 

bo‗ladi. 

«Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o‗zini qurshab to`rgan olamni 

va  olam  uzvlarining  turli  tillarda  qanday  nomlanishini  bilishga  naqadar  ishtiyoqmand  ekani 

bayon  qilinadi.  Xususan,  olim  bolaligida  uning  yurtiga  bir  yunon  ko‗chib  keladi.  Abu  Rayhon 

unga  don,  urug‗,  meva,  o‗simlik  va  boshqa  narsalar  ko‗tarib  kelib,  bo`lar  yunon  tilida  qanday 

nomlanishini so‗ragani va ularning yunoncha nomlarini daftariga yozib olganini bayon qiladi. 

«Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda dorivor moddalarning bir necha tillardagi 

nomlari keltiriladi. Hatto bir o‗simlik yoki modda bir tilning turli shevalarida turlicha nomlanishi 

yoki aksincha, bir so‗z har xil shevada boshqa-boshqa o‗simlik nomini bildirishi mumkin. Bu esa 

dorivor  moddalardan  amalda  foydalanishni  ancha  qiyinlashtiradi.  Aholiga  foydalanish  oson 

bo‗lishi  uchun  modda  nomining  dialektal  variantlarini  ham  ko‗rsatadi.  Bu  Beruniyning  narsa 

nomini  bilish  insonning  ma'naviy  xazinasigina  emas,  balki  katta  moddiy  boyligi  bo‗lishi 

mumkinligini, shuning uchun ham til o‗rganishning tengsiz ahamiyati mavjudligini ta'kidlaydi. 

Fikrining isboti sifatida asarning V bobida shunday rivoyat keltiradi. «Xorazm amirlaridan 

biri kasal bo‗lib uzoq qiynaladi. Nihoyat nishopurlik bir tabib uning kasaliga nima davo bo‗lishi 

mumkinligi haqida dorinoma (retsept) yozib yuboradi. Bu dorinomani mahalliy dorishunoslarga 

ko‗rsatadilar. Ular tavsiya etilgan  dorivor o‗simlikni hyech aniqlay olmaydilar. Shunda bir kishi 

ular  qidirayotgan  o‗simlikni  topib  berishi  mumkinligini,  lekin  narxi  besh  yuz  dirham  sof 

kumushdan kam bo‗lmasligini aytadi. Amir mulozimlari rozi bo‗lishadi. Uch kishi mulozimlarga 

o‗simlik tomirini tutqazadi. Bu o‗zlari har kuni ko‗rib yuradigan oddiy bir chayon o‗t (krapiva) 

tomiri edi. Mulozimlarning jahli chiqib: ―O‗n besh dirhamga ham olmaydigan shu tomirni besh 

yuz  dirhamga  berasanmi?‖    –  deb  o‗shqiradilar.  Shunda  giyohfurush  javob  beradi:  «Dorivor 

moddalar  nomini  bilish  bebaho boylikdir. Sizlar shu  o‗simlikning  nomini  bilmaganingiz tufayli 

kasalning qanchalar qiynalishiga sababchi bo‗ldingiz, tillo bahosiga bo‗lsa ham sotib olishga rozi 

edingiz». 

Beruniy  nomning  jamiyat  hayotidagi  ahamiyatini  e'tiborga  olib,  o‗zining  «Saydana» 

asarida  ma'lum  dorivor  moddaning  bir  necha  tillarda  qanday  nomlanishini  bayon  qilish  bilan 

birga, har qaysi tildagi mahalliy nomlanishiga ham katta o‗rin beradi. 

Ayrim  mutaassib  kishilar  arab  yozuvini  Olloh  tomonidan  yuborilgan  deb  ilohiy  tus 

berayotgan  bir  paytda  Abu  Rayhon  Beruniy  har  qanday  yozuv  kabi  arab  imlosi  ham 

insoniyatning  kashfiyoti  ekanini  e'tirof  etadi.  Lekin  bu  yozuvda  ancha  noqisliklar  borligi, 

shuning  uchun  ham  yunon,  lotin,  hind  tilidagi  asarlarning  arab  tiliga  tarjimalarida  ayrim 

nomlarni to‗g‗ri ifodalash qiyinligi, shu tufayli ko‗p nomlarning g‗aliz berilishini bayon etadi. 

Olimning  aytishicha,  arab  yozuvida  «katta  baxtsizlik»  bor.  Unli  fonemalarning 

ifodalanmasligi,  ko‗p  harflarning  bir-biriga  o‗xshashligi  va  ularning  ayrim  nuqtalar  orqaligina 

farqlanishi  qator  qiyinchiliklarga  olib  keladi.  Agar  nuqtalar  tushib  qolsa,  ma'noning  chiqmay 

qolishi,  ayniqsa,  Dioskorid,  Galen,  Pavel,  Oribaziy  singari  yunon  olimlarining  familiyalarini 

to‗liq va to‗g‗ri ifodalab bo‗lmasligini ta'kidlaydi. Shuning uchun yunon familiyalarini originalga 

qiyoslagan  holda  transkripsiya  qiladi.  Shuningdek,  hindcha  so‗zlarni  berishda  bir  qancha  hind 




fonemalarining  arab  tili  fonologik  tizimida  yo‗qligini  shuning  uchun  arab  yozuvi  orqali  bu 

so‗zlarni  to‗g‗ri  ifodalab  bo‗lmasligini  aytadi.  Natijada  u  arab  yozuviga  forslardan  ayrim 

qo‗shimcha harflar kiritadi. 

―Saydana‖  asarini  o‗qir  ekanmiz,  Beruniyning  qanchalar  chuqur  filologik  bilimga  ega  

bo‗lgani  haqida to‗liq tasavvur  hosil qilamiz. U  nazmning turli  nazariy  masalalariga  bag‗ishlab 

qator  asarlar  yozgan.  Shu  bilan  birga,  o‗zi  ham  arab  tilida  yaxshigina  she'rlar  ijod  etgan. 

O‗zigacha bo‗lgan yuzlab shoirlarning, bir qancha zamondoshlarining ijod namunalarini yoddan 

bilgan  va  fikrini  dalillamoq  uchun  ilmiy  asarlarida  bu  she'rlardan  namunalar  keltirgan. 

«Saydana»da 65 ta shoirdan 141 ta she'riy parcha beriladi. 

Beruniyning qadimgi arab poeziyasiga katta e'tibor berishi tasodifiy emas. Chunki arablar 

qadimda  yozuv  madaniyatiga  ega  bo‗lmay  turib  biror  voqeani  esda  oson  saqlab  qolish  uchun 

she'rga  solganlar.  Natijada  she'r  kishiga  estetik  zavq  bag‗ishlovchi  vositagina  bo‗lib  qolmay, 

axborotni  avloddan  avlodga  yetkazuvchi,  bilimlarni  o‗zida  to‗plovchi  vazifasini  ham  bajargan. 

Shu bois dorivor moddalarning xususiyatlarini ham she'rga solganlar. Natijada she'riyat xalqning 

bilimlar to‗plamiga aylangan. 

«Saydana» asarida muallif yoshligidan dunyoning turli mintaqalarida o‗zi bevosita ko‗rgan 

va  yozib  olgan  dorivor  moddalarni  berish  bilangina  cheklanmaydi.  Balki  o‗zigacha  bo‗lgan 

barcha  olimlarning  ilmiy  merosini  sinchiklab  o‗rganib,  ulardan  samarali  foydalanadi.  So‗z 

borayotgan modda haqidagi ularning fikrlarini keltirib o‗tadi. 

Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomi izohlanadi. Har bir bob bir 

harfga  bag‗ishlanadi.  Arab  alifbosidagi  28  harfga  lom-alifni  ham  qo‗shib,  alohida  bob  qilib 

beradi.  Beruniy  o‗z  asarida  bu  muammoning  o‗ta  muhimligini  sezgan  holda,  4500  dan  ortiq 

arabcha,  yunoncha,  suriyacha,  forscha,  xorazmiycha,  sug‗dcha,  turkcha  va  boshqa  tillardagi 

o‗simlik,  hayvon,  minerallar  va  ulardan  tayyorlanadigan  dorivorlar  nomlarini  to‗playdi  hamda 

izohlaydi.  Bu  bilan  o‗z  davridagi  dorivor  atamalarni  me'yorlashtirish  borasida  katta  xizmat 

ko‗rsatadi. Ularni izohlash uchun 250 dan ziyod olimlarning asarlaridan iqtibos keltiriladi. Bo`lar 

orasida  Gippokrat  (miloddan  oldingi  460  –  355  yillar),  Arastu  (miloddan  avvalgi  384  –  322 

yillar),  Ptolomey  XI  ning  qizi  Kleopatra  (miloddan  avvalgi  69  –  30  yillar)  singari  yunon; 

Arxigen (83 – 117 yillar.), Galen (129 – 200 yillar) kabi rim; Choraka (miloddan avvalgi I asr) 

kabi  hind; Masardjavayh (661  –  750 yillar), mashhur tabib Iso Masihning otasi  Ad-Dimashqiy, 

Iso  Masih,  al-Kindiy  singari  arab  olimlari  nomlari  alohida  o‗rin  egallaydi.  Shu  nomlarning 

o‗ziyoq Beruniy «Saydana» asarini yozishga nechog‗lik katta tayyorgarlik ko‗rganini, dunyoning  

zabardast  allomalari  asarlarini  sinchiklab  kuzatganini,  qadimgi  olimlar  va  zamondoshlari 

asarlarida uchragan dorivor moddalar nomlarini bittalab yiqqanini ko‗rsatadi. Olim bu bilangina 

cheklanib  qolmay,  ayrim  dorivor  vositalarni  asar  yozilayotgan  chog‗da  ba'zi  shaxslar  og‗zidan 

bevosita daftarga tushirganini bayon qiladi. Natijada «Saydana» asari dorivor moddalar lug‗atiga 

aylanadi. Bu lug‗atning xarakterli xususiyati shundaki, muallif foydalanuvchilarga oson bo‗lishi 

uchun  moddalar  nomini  arab  alifbosi  tartibida  joylashtiradi.  Bir  harf  bilan  boshlanuvchi  bir 

necha so‗z bo‗lsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida beriladi. Natijada o‗zigacha bo‗lgan 

arab  leksikograflarining  lug‗atlaridan  ancha  farq  qiladigan  o‗ziga  xos  lug‗at  yaratiladi.  U  bir 

vaqtning  o‗zida  ham  izohli,  ham  tarjima,  ham  etimologik,  ham  dialektologik  lug‗atning  ilk 

namunalaridan sanaladi. 

Xususan,  lug‗atning  o‗n  uchinchi  maqolasi  o„trunj  so‗ziga  bag‗ishlanadi.  Bu  so‗z 

Nishopurda  va  oddiy  so‗zlashuvda  ko‗proq  turunj,  suriyacha  atruka,  forscha  bodrang,  lotincha 




Download 296,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish