Tindirish qurilmalari. Og’irlik kuchi ta’sirida cho’ktirish jarayoni sodda tuzilishga ega bo’lgan cho’ktiruvchi va quyiltiruvchi qurilmalarda olib boriladi. Bunday qurilmalar davriy, uzluksiz va yarim uzluksiz rejimlarda ishlaydi. Uzluksiz ishlovchi qurilmalar bir, ikki va undan ortiq yarusli bo’lishi mumkin.
Davriy ishlaydigan cho’ktirish qurilmasi (17.2-rasm) konus asosli tsilindr shaklidagi idish ko’rinishida bo’ladi. Unga suspenziya yuqoridan beriladi. Aralashma tarkibidagi fazalarning zichliklari o’rtasidagi farq (-m) tufayli suspenziya ma’lum bir vaqt ichida tindiriladi. Natijada qurilmaning yuqori qismida balandligi h1 bo’lgan tozalangan suyuqlik satxi va idish tubida hch qalinlikdagi cho’ktirilgan loyqa qatlami hosil bo’ladi. Tiniq suyuqlik (dekantat) qurilmaning yon tomonida joylashgan shtutserdan, cho’kma va yuvindi suvlar esa uning tubidan tushiriladi. Jarayon tugagach qurilma yuviladi va qayta yuklanadi.
Ajratilayotgan zarrachalarning zichligi tindirilayotgan suyuqlik zichligidan kichik bo’lsa (ρ≤ρm), u holda chiqindilar qurilmaning yuqori qismida, suyuqlik fazasining erkin yuzasida to’planadi. Tindirilgan faza qurilmaning qo’yi qismidan davriy ravishda tushirib turiladi.
Ushbu tipdagi tindirish qurilmalarining ayrim turlari aralashtiruvchi moslamalar (taroqlar) bilan jihozlanadi. Bunday qurilmani (-rasm) samaradorligi yuqori, cho’kindilarni qurilma tubining o’rtasiga yig’ish va tushirish imkoniyati mavjud.
чўкма
суюқлик
Taroqlar harakati o’ta kichik (n=0,02÷0,05 min-1) bo’lganligi sababli cho’kish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Yuqorida taьrifi keltirilgan qurilmalarning diametrlari katta (bino ichida 12÷20 m, ochiq maydonlarda ≤120 m), balandligi esa ancha kichik bo’ladi. Ajratilgan cho’kma tarkibidagi namlik 60% gacha bo’ladi.
CHo’ktirish qurilmalari egallaydigan maydonlarni qisqartirish maqsadida ko’p yarusli qurilmalardan foydalaniladi (-rasm).
Emulsiyalarni uzluksiz ravishda ajratish uchun qo’llaniladigan tindirgichning printsipial sxemasi 17.5-rasmda tasvirlangan. Qurilma perforatsiyalangan to’siqli 2 gorizontal rezervuar 1 shaklida bajarilgan. To’siqning asosiy vazifasi qurilmaga berilayotgan emulьsiya oqimi ta’sirida idishdagi suyuqlik aralashmasining to’lqinlanishini oldini olishdan iboratdir.
Fazalarning o’zaro aralashuvini oldini olish va ajratish jarayonini bir maromda olib borilishini ta’minlash maqsadida qurilmadagi oqim rejimi laminar bo’lishi kerak. Qatlamlarga ajralayotgan suyuqliklar tindirgich panjarasining qarama-qarshi tomonidan chiqariladi. Og’ir fraktsiya chiqariladigan quyi quvurda havoning to’planishini oldini olish maqsadida u teskari sifon shaklida ishlanadi va atmosfera havosi bilan tutashtiriladi.
-rasm. Emulьsiya ajratuvchi qurilma sxemasi: 1- korpus; 2- perforatsiyalangan to’siq.
Do'stlaringiz bilan baham: |