83. Innovatsionjarayonningmohiyativashakllari. Innovatsion jarayon - ilmiy bilimlarni (g’oyalarni) innovatsiyaga (yakuniy mahsulotga) aylanish va uning keyinchalik tarqalish (diffuziya) jarayonidir. Innovatsiya jarayoni o’z ichiga ikki zaruriy bosqichni (fazalarni) qamrab oladi:
1-bosqich. Ishlab chiqarish (o’zlashtirish) uchun tayyor bo’lgan yangi mahsulot (mahsulot namunasi, prototip) ni yaratish.
2-bosqich. Mahsulotni o’zlashtirish, ishlab chiqarish va tarqatish (diffuziya) jarayoni natijasida, bozor tomonidan talab etiluvchi yangilik sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot innovatsiyaga aylanadi.
Innovatsion jarayonning uchta shakli mavjud:
-oddiy tashkilot ichida (natural);
-oddiy tashkilotlararo (tovarli);
-kengaytirilgan shakllari farqlanadi.
Oddiy innovatsion jarayon bitta korxonaning o’zida innovatsiyalarning yaratilishi va ulardan foydalanishni o’ziga oladi, mazkur holatda innovatsiya bevosita tovar shaklini olmaydi. Oddiy tashkilotlararo innovatsion jarayonda yangilik (innovatsiya) oldi-sotdi obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Innovatsionda jarayonning ushbu shakli innovatsiya yaratuvchisi va ishlab chiqaruvchisining funktsiyasini iste’molchi funktsiyasidan alohida ajralib turishini anglatadi. Kengaytirilgan innovatsiya jarayoni (diffuziya) yangidan yangi innovatsion ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishida namoyon bo’ladi. Kashfiyotchi ishlab chiqaruvchilar monopoliyasining barham topishi o’zaro raqobat natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotning iste’mol xususiyatlarini yanada takomillashtirishga yordam beradi.
84 Innovatsion jarayon modellari.
Innovatsion jarayonlarni tadqiq qilishning zamonaviy uslubiyoti quyidagi uch gipoteza (model) ga asoslanadi:
-texnolgik turtki gipotezasi (fandan-bozorga);
-bozor talabi bosimi gipotezasi (bozor ehtiyojlaridan-fanga);
-interfaol model gipotezasi (yuqoridagi ikki modelni o’ziga oluvchi dual model).
“Texnologikturtki” gipotezasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
-ilmiy g’oyani amaliyotdan (bozordan) mustaqil ravishda rivojlantirish, bu esa avvaldan ko’zda tutilgan ilmiy paradigmalarning obyektiv ravishda o’zgarishini ko’zda tutadi;
-iqtisodiy muhit (bozor ehtiyojlari) va ilmiy-texnologik taraqqiyot o’rtasidagi teskari aloqalar unchalik ham ahamiyatga ega emas.
Chiziqli modelga xos bo’lgan ziddiyat shundan iboratki, u atrof-muhitning (bozorning) ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar bilan bog’liq voqealarning rivojiga ta’sirini hisobga olmaydi va umuman olganda fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi munosabatlarning murakkabligini ifoda eta olmaydi. Bundan tashqari mazkur modelda iste’molchi va uning ehtiyojlari nazoratdan chetda qolib ketganligini ham e’tiborga olish lozim. Chunki, innovatsiyalar xar doim ham fundamental tadqiqotlar va ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida amalga oshavermaydi.