74. Innovatsion muhit tushunchasini sharhlab bering?
Bugungi kunda Ozbekistan iqtisodiy holati uchun mos keladigan «innovatsion muhit» iborasi bolgusi innovatsiyalar uchun korxonalar jozibadorligini xarakterlaydi. Innovatsion muhitni baholashda odatda bir kator olcham yoki belgilar qollaniladi. Mazkur olchamlar davlatning innovatsiyalarni joriy etish salohiyati va ularni amalga oshirish tavakkalchilikni xarakterlovchi meyorlardir. Ularning eng asosiylari kuyidagilardir: siyosiy barqarorlik; makroiqtisodiy holat; innovatsion faoliyat xukukiy asoslari; soliq tizimi sifati va soliqka tortish darajasi; bank tizimi va boshqa moliyaviy institutlar holati va ishonchliligi; infratuzilmaning rivojlanish darajasi; hamkorlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi; davlat boshqaruv tizimi.
75. Milliy innovatsion tizim nima?
Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni yaratish, royobga chiqarish va tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi ozaro bogliq bolgan tuzilmalar majmuasidir13. MIT oziga ikki tarkibiy bolinmani qamrab oladi: ilmiy-ishlab chiqarish va institutsional. Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini va innovatsion siyosatini taminlaydi.
76. Zamonaviy innovatsion marketingni strategik ko’rinishlarini sharhlab bering?
a)real istemolchilarining yangi tovar va xizmatlarga bolgan real ehtiyojlarini aniqlash;
b) togri mahsulotlarni togri narxda, togri joyda va oz vaqtida etkazib berish orqali mazkur ehtiyojlarni qondirish;
c) togri axborot kanallarini ishlatib, togri reklama kompaniyasidan foydalangan holda istemolchilarni yangi mahsulotlar togrisida xabardor qilish.
77. Yuqori texnologik tovarlarning innovatsion marketing xususiyatlari qanday tavsiflanadi?
Innovatsiyalar bozorining oziga xos jihatlari innovatsiyalar marketingining oziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Bu oziga xosliklar quyidagilarda ifodalanadi:
• bir necha soha va tarmoqlarda potentsial istemolchilarni izlash va ularni organish zarurati, chunki kopincha ilmiy-texnik ishlanmalarning natijalari tarmoqlararo tavsifga ega boladi;
• innovatsion tovarlarni sotish uzoq muddatli va ketma-ketlikda amalga oshiriluvchi reklama kompaniyasining otkazilishini kozda tutadi, chunki bu davrda istemolchi pishib etilishi zarur: istemolchiga innovatsiyalarning mohiyati va afzalliklarini batafsil tushuntirish talab etiladi, aks holda u ozi tanish bolmagan tovarni sotib olishdan voz kechadi-qoyadi.
• innovatsion mahsulotlar nafaqat sifat jihatdan yangi bolgan, yoki avvaldan mavjud ehtiyojlarni sifat jihatdan yangicha usul va uslublar yordamida qondirishi, balki shu bilan bir qatorda mavjud oxshash mahsulotlar va substitutlarga nisbatan innovatsion mahsulotning afzalliklarini istemolchilarga etkaza bera olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |