18-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi tаshqi iqtisоdiy fаоliyat stаtistikаsining mаzmuni vа mаqsаdi



Download 63,31 Kb.
bet4/9
Sana03.06.2022
Hajmi63,31 Kb.
#631051
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси

Eksport (ing. export, lot. exportare - chetga chiqarish) deganda tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi bozorga chiqarish tushuniladi. Ya’ni:

  • tovar eksporti - moddiy ne’matlarni chetga chiqarish;

  • xizmatlar eksporti – bu xorijdagi sheriklarga ishlab chiqarish yoki iste’molga oid to’lovli xizmat ko’rsatish;

  • kapital eksporti – bu mamlakat tashqarisida kapital qo’yish (korxona va ob’ektlar qurish va ishga tushirish) va boshqalar.

Eksport kvota deganda muayyan tovar (xizmat, kapital)ni eksportga belgilangan hajm (hissa)da ishlab chiqarish va etkazib berish tushuniladi. Bu kvota (KE) eng avvalo eksportning (E) yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbati bilan belgilanadi. Ushbu koeffitsient (KE) qancha yuqori bo’lsa, shu qadar davlat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga yuqori darajada jalb etilgan bo’ladi.
Masalan, AQShning eksport kvotasi 10-15 foizga, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Angliyaniki 25-30, Yaponiyaniki 18 foizga yaqin, Belgiya, Vengriya, Singapurniki 11-13 foizga teng. O’zbekistoning YaIMda eksportning ulushi keyingi yillarda 10-12 foiz atrofida, sobiq ittifoqda u 10 foizga teng edi.
Biroq bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzilishini to’liq aks ettirmaydi. Shu sababli uni ifodalovchi yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi (KRE) bo’lib, eksportning mamlakat sof mahsulotiga nisbati bilan o’lchanadi.
Rivojlangan mamlakatlar uchun u taxminan 40-50 foiziga teng. Bu esa ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning yarmi tashqi bozorga olib chiqib ketilishini anglatadi.
Import (lot. importo – olib kelish) – deganda ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar, texnologiya, kapital kiritish va xizmatlar keltirish tushuniladi. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rniga bog’liq.
Import kvota - bu har yili mamlakatga keltirishga ruxsat berilgan xorijiy mahsulot hajmini miqdor jihatdan cheklab qo’yishdir. Davlat mamlakatga mahsulot keltirishga ijozat beruvchi litsenziyani cheklangan miqdorda beradi va litsenziyasiz importni taqiqlaydi.
Litsenziyali import hajmi ichki bozordagi talabdan kam bo’lsa, kvota faqat import hajmini kamaytirib qolmaydi, shu bilan birga ichki bozordagi narxlarning litsenziya egalari xorijda tovar sotib olgan jahon bozoridagi narxlardan oshib ketishiga olib boradi. Shu jihatdan qaraganda import kvotalari tarif cheklashlariga o’xshashdir.
Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash:

  • to’lov balanslarini muvofiqlashtirish;

  • ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish;

  • xalqaro muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi.

O’zbekistonda kvotalash xalq ite’mol mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda.
Import kvota mahsulotlarning ta’rif stavkasini oshirishga qaraganda jozibaliroqdir, chunki ta’rif stavkani ko’tarish faqat xalqaro savdo bitimlarini tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlatning o’zi buni bajarish uchun har doim vakoltga ega emas. Kvota malakat ichki bozoridagi muayyan tarmoq mahsulotiga bo’lgan raqobatni susaytiradi.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarini emas, balki ishchi kuchi oqimlarini ham tartibga solishda qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi. Bu jarayonni baholash import kvotaning darajasi (KI) va indeksini (Ji) hisoblash yordamida amalga oshiriladi.



Download 63,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish