11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Darsga qo‘yiladigan talablar



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

   Darsga qo‘yiladigan talablar 
Didaktik yoki ilmiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi. 
1. Har bir darsning maqsadini aniq belgilash 
2.  Darslarning  optimal  mazmunini,  o‘rganiladigan  bilimlar  ko‘lami, 
shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish. 
3.  Darsni  tashkil  etishga  oid  ta‘lim  metodlarini,  vositalarini  tanlash, 
o‘quvchilar  bilish  faolligini  rag‘batlantirish,  o‘quv  topshiriqlari,  mustaqil  ishlarni 
ta‘limga tatbiq etish. 
4.Ta‘lim  qoidalarini  (ilmiylik,  faollik,  izchillik,  fanlararo  aloqa  va  h.k) 
og‘ishmay amalga oshirish. 
Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga  quyidagilar kiradi: 
1.Darsda  o‘rganiladigan  o‘quv  materiallari  bo‘yicha  tarbiyaviy  xulosalar 
chiqarish. 
2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish. 
3.Bolalarda  o‘qishga  oid      ijodiy      motivlarni      uyg‘otish,      bilish,  o‘qish-
o‘rganishga havas ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish. 
4. Dars jarayoniga, pedagogik takt qoidalariga rioya qilish. 
Darsga qo‘yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi. 
1.Dars uchun puxta yo‘nalgan konspekt yoki reja tuzish. 
2.Darsning  bosqichlariga  (dars  bosqichlarining  o‘zaro  bog‘liqligi,  darsda 
amalga  oshiriladigan  ishlar,  o‘quv  topshiriqlarining  o‘zaro  aloqadorligiga)  rioya 
qilish. 
3.Dars tezligini o‘quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish. 
4.Dars uchun ajratilgan vaqtdan to‘laqonli foydalanish. 
Yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash  darslari 
Yangi  o‘quv  materialini  o‘rganish  va  mustahkamlash  darslari  ta‘lim 
jarayonining eng ko‘p qismini ishg‘ol qiladi. Bu dars turining asosiy vazifasi turli 
o‘quv  fanlariga  oid  qonuniyatlarni,  g‘oyalarni,  omillarni  o‘rgatish  va  ularni 
dastlabki mustahkamlashdir. 
Bilimlarni o‘zlashtirish keng tushunchadir. O‘zlashtirishniig uch xil darajasi 
mavjud:  bilimlarni  idrok  etish,  ma‘nosiga  tushunish,  xotirada  saqlash  darajasida 
o‘zlashtirish;  bilimlarni        o‘xshash        sharoitlarga  tatbiq  eta  olish  darajasida 
o‘zlashtirish.  O‘quvchilar  yangi  o‘quv  materialini  o‘rganish  va  mustahkamlash 
darslarida bilimlarni o‘z so‘zlari bilan aytib bera bilish, o‘rganilgan bilimlarga doir 
omil keltira olish, bugun o‘rganilgan bilimlarni oldin egallagan bilimlardan ajrata 
bilish darajasida o‘zlashtirmog‘i lozim. 
Bu dars turida quyidagicha vazifalar hal etiladi; o‘quv materialining asosiy g‘oyasi, 
maqsadni  anglash;  shu  bilimlarning  inson  faoliyatidagi  ahamiyatini  fahmlash; 
yangi o‘quv materialiga oid bilimlarni idrok etish; ularning asosiy hususiyatlarini 
tushunish;  o‘rganilgan  bilimni  qayta  esga  olish  yo‘lini,  uni  amaliyotda  qo‘llash 
yo‘llarini egallash. 
Yangi bilimlarni o‘rganishda deduksiya va induksiya 


O‘quv  materiallari,asosan,ikki  xil  yo‘l  bilan  o‘rganiladi;  deduktiv  yo‘l, 
induktiv yo‘l. 
Yangi  o‘quv  materiali  deduktiv  yo‘l  bilan  o‘rgatilganda  bolaning  aqliy 
faoliyati  ta‘rif,  qoida,  xulosalar,  umumlashmalardan  amaliyotga  qarab  boradi. 
Avval    asosida  materialning  umumiy  tomonlari  izohlanadi,  keyin  materialning 
xususiy  tomonlari  izohlanadi.  O‘quv  fanlari  (masalan,  matematika)ga  oid 
materiallarni izohlashda  deduktsiyadan  foydalangan ma‘qul. 
Yangi  bilimlarni  o‘rgatishning  ikkinchi  yo‘li  induksiyadir.  Bundan  oldin 
omillar  asosida  o‘quv  materialining  hususiyatlari  alohida  tahlil  etiladi.  So‘ngra 
qoida, qonuniyat, ta‘rif, aksioma shaklida xulosalar chiqariladi. 
Yangi  o‘quv  materialini  o‘rganishda  o‘quvchilarning  oldin  o‘rgangan 
bilimlari,  hosil  qilingan  malakalari,  hayotiy        tajribalariga  tayanish  ta‘limning 
samaradorligini  oshiradi.  O‘rganilgan  bilimlarni,  malakalarni,  tajribalarni  esga 
tushirish va undan bilimlarni  ongli o‘zlashtirish vositasi  sifatida  foydalanish  turli 
yo‘llar bilan amalga oshiriladi: yangi mavzuni o‘rganish uchun kerakli bilimlarni, 
malakalarni  o‘qituvchining  o‘zi  eslatadi  va  yangi  bilimlar  o‘zlashtirilgan 
mavzuning  davomi  sifatida  tushuntiriladi:  oldin  o‘rganilgan  materialni 
o‘quvchilardan  birontasi  esga  tushirib  aytib  beradi,  o‘qituvchi  o‘quvchi  fikriga 
bog‘lab  o‘z  tushuntirishlarini  boshlaydi;  o‘tilgan  mavzu  yuzasidan  sinf  jamoasi 
bilan  suhbat  o‘tkazadilar,  keyin  yangi  mavzuni  tushuntirishga  o‘tiladi;  o‘tilgan 
mavzuga  oid  mustaqil  ish  tashkil  etiladi,  bajarilgan  mustaqil  ish  ustida  suhbat 
o‘tkaziladi, so‘ngra mavzuni izohlashga kirishiladi. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish