11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Yangi pedagogik texnologiyalar



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Yangi pedagogik texnologiyalar 
Pedagogik  texnologiya  nima?  Nega  bu  so‘z  birikmasiga  «yangi»  so‘zini 
qo‘shimcha  qilib,  «yangi  pedagogik  texnologiya»  deb  ataymiz?  U  nima  uchun 
bugungi ta‘lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan 
beri  kunimizga  yarab  kelgan ta‘limni tashkil  etish  amaliyotidan  voz kechinshmiz 
kerak,  o‘quv  jarayonida  qo‘llab  kelinayotgan  loyihalashga  yangicha  yondashish 
nima uchun zarur bo‘lib qoldi? 
Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo, mamlakatimizda «Ta‘lim 
to‘grisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta‘lim-tarbiya 
sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olmoq 
lozim. Bu yo‘nalishlar: 
ta‘lim mazmunini, tizimini isloh qilish; 
ta‘lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;  
ta‘limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;  
ota-ona,  o‘qituvchi-o‘quvchining  ta‘lim  jarayoniga  bo‘lgan  yangicha 
qarashlarini shakllantirish;  
va  nihoyat,  bu  tub  islohotlarning  bosh  harakatlantiruvchi  kuchi  -  yangi 
pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishdan iborat. 
Xulosa  qilib  aytsak,  yangi  ta‘lim  tizimi,  mazmuni,  o‘quv  rejasi,  o‘quv 
dasturlari,  darsliklar  asosida  o‘quv  jarayonini  loyihalashtirishga  ham  yangicha 
yondashish, uni yangicha tashkil etish zaruriyati tug‘ilmoqda. 
Prezidentimiz 
Islom 
Karimov 
alohida 
ta‘kidlaganlaridek, 
biz 
«Mamlakatimizning  istiqboli  yosh  avlod  qanday  tarbiya  topishiga,  qanday 
ma‘naviy  fazilatlar  egasi  bo‘lib  voyaga  etishiga,  farzandlarimizning  hayotda 
nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy  maqsadlarga xizmat qilishiga 
bog‘liq  ekanini  hamisha  yodda  tutishimiz  kerak».  Shu  sababli  ham  birinchi 
navbatda,  ta‘lim  mazmuni  va  uning  tarkibini  kengaytirish,  chuqurlashtirish, 
takomillashtirish, xususan, ta‘lim mazmuniga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, 
balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi  - ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-
atrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi. 
Bu  g‘oyani,  fikrimizcha,  ijtimoiy  hayotning  quyidagi  komponentlari 
ro‘yobga chiqarishi mumkin:  
- faoliyat turlari (moddiy-amaliy, ijtimoiy, ma‘naviy); 
- ijtimoiy ong shakllari (axloq, san‘at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar.); 
- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy); 
-  moddiy  ijtimoiy  va  tabiiy  borliq  (keyingi  avlodlarga  meros  qilib 
qoldiriladigan boyliklar). 
Dars  jarayonida,  ta‘lim-tarbiyada  o‘quvchi  asosiy  harakatlantiruvchi  kuch, 
ta‘lim jarayonining subyekti bo‘lishi kerak, ya‘ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish 
o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak. 
O‘qituvchining vazifasi esa o‘qitishdan o‘qishni o‘rgatishga, bilim berishdan 
o‘quvchilarning  bilimlarini  mustaqil  egallashlariga  ko‘maklashishdan  iborat 
bo‘lishi  kerak.  U  o‘quvchida  ehtiyoj  tug‘dirishi,  muhit  yaratishi  va  uni 
mas‘uliyatni his qilishga yo‘llashi kerak. Har bir dars oldiga ta‘limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi, ya‘ni bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan uchyoqlama maqsadlar 


qo‘yiladi.  Darsni  tashkil  qilish  shakli  o‘quvchilarning  o‘zaro  aloqalariga  bog‘liq 
bo‘lib,  u  maqsadlarga,  o‘quv  materiallari  hususiyatlariga,  ta‘lim  metodlariga  va 
o‘quv  imkoniyatlariga  bog‘liq,  bunga  erishish  uchun  o‘qituvchi  rahnamoligida 
o‘quvchilar  bilan  birgalikda  harakat  qiladilar.  Xuddi  mana  shu  jarayonni 
didaktikada  «o‘quv  jarayoni»  deyiladi.  O‘quv  jarayonining  tarkibi  uch  qismdan 
iborat deb qaraladi; 
1. Motivatsiya.      
2. Bilish faoliyati. 
3. Boshqarish faoliyati. 
O‘quv  jarayoniga  bunday  yangicha  qarashning  tub  mohiyati  shundan 
iboratki,  o‘qitishda  ichki  motivatsiyadan  (diqqatni  tortish,  ichki  tuyg‘u,  istak, 
zaruratni  shakllantirish)  kelib  chiqish  kerak.  O‘quv  jarayonida  asosiy 
harakatlantiruvchi  kuch  -  o‘quvchi  uchun  ham,  o‘qituvchi  uchun  ham  ichki 
motivatsiya bo‘lishi kerak.  
O‘quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur 
o‘zlashtirishni, zarur malaka va ko‘nikmalarni, ularda  kuzatuvchanlikni, tafakkur 
va  bog‘lanishli  nutqni,  xotira  va  ijodiy  tasavvurni  tarbiyalashga  imkon  beruvchi 
didaktik  prinsip-bu  ta‘limdagi  faollikdir.  Faollik  mezonlari  onglilik  prinsipi  bilan 
bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bo‘ladi. 
Bunday tizimda o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham ta‘lim-tarbiya jarayoniga birgalikda 
mas‘uldirlar. Ular birgalikda har bir o‘quvchining bilim va qobiliyatini, individual 
ehtiyojlarini  aniqlaydilar.  Bunday  holatda  o‘qituvchi  faqat  «baholovchi»  emas, 
balki yangi bilimlar еtkazuvchi manbaga aylanadi. 
Jahon  pedagogik  leksikoni  qatoridan  allaqachonlar  «innovatsiya» 
tushunchasi  keng  o‘rin  olgan.  Bu  tushuncha  «yangilik»,  «isloh»  tushunchalarini 
anglatadi.  Keng  ma‘noda  qaraganda  ta‘lim  tizimidagi  har  qanday  o‘zgarish  bu  - 
pedagogik innovatsiyadir. Dastlab bu tushunchalar ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik 
jarayonlarga  nisbatan  qo‘llanar  edi,  so‘ngra  ta‘lim  tizimidagi  har  qanday 
yangiliklarga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi. Pedagogik yangiliklarning texnologiya 
deb  atalishi  boisi  ham  shunda.  Hozirgi  davrga  kelib  pedagogik  innovatsiya    fani 
shakllandi.  Pedagogik  innovatsiya-pedagogik  yangiliklar,  ularni  baholash  va 
pedagogik  jamoa  tomonidan  o‘zlashtirish,  nihoyat,  uni  amaliyotda  qo‘llash 
haqidagi ta‘limot sifatida qaraladi. 
Bu ta‘limot uch yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, pedagogik neologiya 
(yunoncha  «neo»  —  «yangi»  va  «logos»  —  «ta‘lim»,  ya‘ni  yangilik  haqidagi 
ta‘limot)  deyilib,  bunda  pedagogika  sohasida  har  qanday  yangiliklar  o‘rganiladi, 
umumlashtiriladi.  
Ikkinchisi, 
pedagogik 
aksiologiya 
(yunoncha 
 
«aksioma» 

«isbotlanmaydigan ta‘limot» ma‘nosini anglatadi) deb nomlanib, bunda pedagogik 
yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab olinadi. 
Uchinchisi,  pedagogik  praksologiya  (yunoncha  «praks»  -  «harakat»  va  «logos»  - 
«ta‘lim»,  ya‘ni  «amaliyotda  qo‘llash  haqidagi  ta‘limot»  ma‘nosini  anglatadi) 
deyiladi.  Bunda  tanlab  olingan  pedagogik  yangiliklarni  amaliyotda  qo‘llash, 
muayyan samaraga erishish masalalari tushuniladi. 


Har  qanday  pedagogik  yangilik  zamirida  biron-bir  g‘oya  yotadi.  g‘oya 
asosida  esa  o‘qituvchining  bolalar    bilan  o‘zaro  harakati  yotadi,  ya‘ni:  sinfda 
psixologik birlik vaziyatini yaratish; har bir o‘quvchi o‘z shaxsini  o‘zi namoyon 
etishini ta‘minlash; har bir metodik yondashuv uchun o‘ziga xos muloqot yo‘lini 
tanlash;  o‘quvchilar  tashabbusini  zimdan  boshqarib  borish  va  boshqalar.  Bunda 
o‘qituvchi har  bir  o‘quvchi qalbiga  kirib  borish uchun  o‘zining  didaktik  usullari, 
tashkiliy  shakllari  orqali  yo‘l  topadi.  Darsdagi  o‘quvchilar  faoliyatiga  nafaqat 
o‘qituvchi, balki o‘qvuchilar ham rahbarlik qiladi. Avvalo a‘lochi o‘quvchi, keyin 
boshqa o‘quvchilar ham o‘qituvchi topshirig‘iga binoan nima ish qilganini aytadi 
va  qolgan  o‘quvchilarni  orqalaridan  ergashtiradilar.  Bunday  «izohli  boshqaruv» 
o‘quvchi maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan boshlanishi kerak. 
Bularning  hammasi  didaktik  topilmalar,  pedagogik  kashfiyotlar,  bir  so‘z 
bilan aytganda, yangi pedagogik texnologiyalardir. 
Pedagogik  texnologiya,  o‘quvchilar  qay  tarzda,  qanday  usullar  bilan 
o‘qitilsa, natija samarali bo‘ladi, degan savolga javob beradi. U o‘zining muayyan 
tizimiga ega bo‘lib, bunda komponentlarning ketma-ketliligi, o‘zaro bog‘liqligi, bir 
butunligi saqlanadi. 
Pedagogik  texnologiyaning  boshqaruvchanligi  shundan  iboratki,  bunda 
ta‘lim  jarayonini  rejalashtirish,  tashxis  qilish,  natijalash,  tuzatish  va  o‘zgarishlar 
kiritish  imkoniyatlari  mavjud.  Bunda  ta‘limdan  kutilgan  natijaga  erishiladi,  vaqt 
tejaladi,  bu  esa  pedagogik  texnologiyaning  samarasi  demakdir.  Pedagogik 
texnologiyaning  jo‘nligi-ishlangan  model  boshqa  pedagoglar  qo‘llanganda  ham 
xuddi  o‘shanday  samara  berishi  kerakligini  bildiradi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda, 
ta‘lim  jarayoniga  yangicha  yondashib,  ijodkorlik,  bunyodkorlik  tatbiq  etilsagina, 
ta‘lim samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi, ya‘ni: 
-bolaning  talabi,  moyilligi,  istak-hohishi  uning  imkoniyatlari  darajasida 
qondiriladi; 
- o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas‘uliyati, javobgarligi oshadi; 
- bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi; 
- shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini tezroq topib olishi uchun muhit yaratiladi. 
Buning  uchun  bugun  biz  o‘quvchiga  «sen  buni  bilishing  kerak»  degan 
majburlovchi  da‘vatdan  «menga  bu  zarur  va  men  buni  bilishga,  uni  hayotga 
qo‘llashga  qodirman»  degan  ichki  ishonch  va  intilishni  uyg‘otishga  o‘tishimiz 
kerak. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish