11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

4.  Ta‘lim  vositalari:  ta‘lim  maqsadvni  amalga  oshirish  yo‘lida  xizmat 
qildirayotgan  metodlarni  muvaffaqiyatli  chiqishida  ishlatiladigan  o‘quv 
asboblaridir.  Ular  issiqlik  sig‘imini  o‘lchash  asbobi,  kompyuterlar,  EHMlar, 
logorifm lineykasi, apparat turlari, turli xil o‘quv asboblaridan tashkil topadi. 
5. Ta‘lim berish texnologiyasi-bu zarur bug‘in bo‘lib, amaliy fanlar va ta‘lim 
berish jarayonida ijodiy ko‘nikmalarni o‘zaro bog‘losh uchun xizmat qiladi. Bunda 
quyidagi o‘ziga xos muammolarni еchishga to‘g‘ri keladi: 
1. Kompyuterlarning o‘quv jarayonidagi o‘rni va vazifasi.  
2. O‘qituvchining ish sharoitlaridagi ahamiyati.  
3. O‘quv jarayonini kompyuter yordamida boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari.  
4. O‘quvchilarning EHM bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish.  
5. Ta‘lim berishni individuallashtirish.  
 
 
O‘quv  metarialini  tanlash  va  topshiriqlarni  ishlab  chiqish  har  bir 
o‘quvchining  shaxsiy  xususiyatlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Muayyan  o‘quv 
fanining  qaysi  bo‘limini  o‘rganishni  ta‘lim  oluvchining  o‘zi  ko‘rsatishi  mumkin. 
Bu holda JHM ko‘rsatilgan fan sohasiga doir topshiriqni ishlab chiqadi.  
 
Keyingi  yillarda  intellektual  ta‘lim  tizimlari  oliy  va  o‘rta  ta‘lim 
maktablarining  o‘quv  jarayonigi  mustahkam  kirib,  tobora  ko‘p  tarqalmoqda. 
Intellektual ta‘lim berish tizimi quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.  
1.  Intellektual  ta‘lim  berish  tizimlari  ta‘lim  berishni  boshqarishning  faqat 
natijasigagina  qarab  emas,  balki  masalani  hal  qilish  jarayonida  ham  amalga 
oshiriladi.  
2.  Ta‘lim  berish  oddiy  tilda  sodir  etilar,  hatti-harakatlarni    rejalashtirish,  ta‘lim 
berish strategiyasi muhokama etiladi.  
3.  Ta‘lim oluvchi modeli ta‘lim jarayonida aniqlashtirishlari.  
4.  Mazkur  tizim  ta‘lim  berishning  asosiy  va  yordamchi  ta‘sirlarini  tayyor  holda 
olmaydi, balki ularni ishlab chiqadi.  
Bunday  tazimlarning  afzalliklarini  baholashda  ularning  imkoniyatlari, 
tajribalarni pedagogning faoliyati bilan solitshtiriladi.  
Kompyuterli ta‘lim berishning tizimini tuzish uchun, eng avvalo, savollarning 
aniq tasnifini berish kerak. Savollar taxminan quyidagicha tasniflanadi:  
1.  Berilgan  savol  o‘quv  masalalarining  qaysi  sinfiga  mansub  (tushunishga  oid 
masalalargami, reflekstiyagami, fanigami). 
2.  Mazkur  savol  o‘quv  faoliyatining  qaysi  jihatiga  qaratilgan  (mazmuniy, 
operastion, motivistion).  
3.  Savol aniqmi yoki noaniqmi. U faollikning qaysi turini (unumli yoki unumsiz) 
dasturlaydi.  
4.  Savollarning umumlashganlik darajasi.  
5.  Ushbu  tizim  javobni  tahlil  qilishning  turli  usullaridan,  shu  jumladan,  raqamli 
usuldan, muhim so‘z va so‘z birikmalari, etallonlar, shakliy ifodalar usullaridan 
foydalaniladi.  
Ta‘lim  berishning  texnologiyasi-ta‘lim  berishning  umumiy  nazariyasi  bilan 
uning amaliy tadbiri orasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir.  


EHMdan  foydalanish  sharoitlarida  mazkur  texnologiya  ta‘lim  beruvchi 
dasturlar orqali amalga oshiriladi.  
O‘quv  jarayonida  kompyuterdan  samarali  foydalanish  uchun  dasturlarni 
loyihalashning  psixologik-pedagogik  muammolarni  hal  qilish  lozim.  Ta‘lim 
texnologiyasi ta‘lim beruvchi dasturlar vositasida amalga oshiriladi.  
5.  Ta‘lim  metodlari  talabalarning  yoshlariga,  ular  tanlagan  kasb,  ixtisoslik 
xarakteriga,  o‘tilayotgan  fanning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga,  oliy  o‘quv  yurtining 
moddiy  imkoniyatlari  va  sharoitiga,  talabalarning  bilim  saviyasiga  mos  holda 
tanlanadi.  Bu  metodlar  talabalarning  ichki  bor  imkoniyatlarini  ishga  solishga, 
qobiliyatlarni  tarbiyalashga,  kasbiga  xos  fazilatlarni  tarkib  toptirishga,  ularni 
o‘ylashli,  izlanishga  chorlaydi,  muammoli  vaziyatlardan  mohirlik  bilan  chiqib 
ketishga,  mustaqil,  erkin  fikrlashga,  maqsad  sari  intilishga,  tashabbuskorlik  va 
tarbirkorlikka o‘rgatishga, kamolotga erishishiga xizmat qiladi.  
Hozirgi  kunda  barcha  ta‘lim-tarbiya  maskanlarida,  jumladan,  pedagogika 
institutlarida ham ta‘lim jarayonida yangi pedagogik texnologiya ta‘lim berishning 
eng samarali vositasi sifatida mustahkam o‘rin egallamoqda.  
Pedagogik texnologi tushunchasi.  
Texnologiya  –  bu  biror  ishda,  kasb-hunarda  san‘atda  qo‘llaniladigan  usullar 
majmuisidir.  
Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonida amalga oshiriladigan sermazmun 
professional usullar majmuasi.  
Pedagogik  texnologiya  –  bu  ta‘lim  berishning  va  madaniy  hamda  insoniy 
qadriyatlarni,  ularning  o‘zaro  aloqadorligini  hisoga  olgan  holda  bilimni 
o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning sistemali 
metodidir.  
Ta‘lim berish jarayonining asosiy sifatlari.  
Mohiyati.  Har  qaysi  pedagogik  texnologiyaning  aniq  ilmiy  tushunishdagi 
asosiy negizida falsafiy, psixologik, didaktik asoslash yotadi.  
Tizimlilik.  Tizimlilik  belgilari–jarayon  mantiqi,  to‘liqligi,  uning  barcha 
bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligi.  
Boshqaruvchanlik. O‘quv jarayonini loyihalash, natijalarni tuzatish maqsadida 
uslublarni  va  vositalarni  o‘zgartirish,  diagnoslik  maqsadni  o‘ylab  topish 
qulayliklarini ko‘zlaydi.  
Samaradorligi. Muayyan ta‘lim standarti xarajati va muvaffaqiyati kafolatining 
optimalligi.  
Tiklanuvchanligi. Boshqa subyektlar bilan boshqa ta‘lim berish muassasalarida 
qo‘llash imkoniyatini ko‘zlash.  
Savol berish san‘ati.  
O‘qituvchi  savollari–bu  chuqur  fikrlashning  rivojlanishida  ham  susayishida 
ham qudratli vosita bo‘lib xizmat qiladi.  
Savollar  bo‘ladiki,  tinglovchining  fikrini  chegaralashga,  oddiygina  eslashga 
olib keladi. O‘ylash jarayonini bartaraf qiladi va tinglovchi xayoliga ―fikrim hyech 
kimga kerak emas‖ degan tushunchani olib keladi.  
Savollar  bo‘ladiki,  tinglovchini  fikrlashga,  o‘ylashga,  faraz  qilishga  undaydi. 
Fikrlash  darajasini  oshiradi  hamda  tinglovchilarda  o‘z  mulohazalarining 


loyiqligiga  ishonch  tug‘diradi.  Keyingi  paytlarda  institutlarda  ham,  maktablarda 
ham ta‘lim jarayonida yangi-yangi usullardan foydalanilmoqda. Bular quyidagilar:  
1.  Aqliy hujum.  
2.  Klaster usuli.  
3.  Sinkveyn usuli.  
4.  Kubikcha usuli.  
5.  Venn diagrammasi usuli 
6.  Blum taksonomiyasi usuli.  
7.  Insert usuli 
8.  Modelli dars.  
Pedagogik  amaliyotda  bir  necha  turdagi  darslar  o‘tiladi.  Ulardan  biri–modelli 
dars.  Dars  bir  necha  o‘quv  pog‘onlarida  bo‘ladi:  yangi  bilimni  o‘zlashtirishga 
tayyorgarlik,  yangi  bilimni  o‘zlashtirish,  bilim  olish,  uchun  mustahkamlash  va 
sistemalashtirish, amaliyotda qo‘llash.  
Modellik dars vaqt oralig‘i etaplarida quyidagicha ko‘rib chiqiladi:  
1.  Tashkiliy ish.  
2.  Chorlash bosqichi.  
3.  Anglash bosqichi.         ChAF   
4.  Fikrlash bosqichi.  
5.  Uyga vazifa.  
Modelli  dars  barcha  o‘tiladigan  darslarning  75-80:ini  tashkil  qiladi.  Modelli 
darsning  hayotiy  kuchi  shundaki,  u  o‘quv-tarbiya  jarayonining  obyektiv 
qonuniyalariga,  aqliy  ish  qobiliyatining  o‘sish  sur‘atiga  boshqalardan  ko‘ra 
ko‘proq moslashadi.  
Modelli dasr tuzilmasiga uch bosqich kiradi.  
Chorlash  
Anglash   
ChAF 
Fikrlash 
 
ADABIYoTLAR 
1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. T.1996. 
2. Muvavvarov A.K. Pedagogika. ―O‘qituvchi‖. 1996. 
3. O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖. T. 1997. 
4. O‘quv qo‘llanma. T. 1996 
 
 



Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish