11-mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasini aniqlash



Download 47,56 Kb.
bet5/13
Sana23.01.2022
Hajmi47,56 Kb.
#404220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11-mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish daraja

Baholash - ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida о‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida о‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.

Bilimlarni tekshirish va baholashning ta'limiy ahamiyati shundan iboratki, bunda о‘quv materialining о‘zlashtirilganligi haqida ta'lim beruvchi ham, ta'lim oluvchi ham muayyan ma'lumotga ega bо‘ladi. Baholash natijasida, ta'lim beruvchi uchun ta'lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmayotganligi, qaysi material yaxshi о‘zlashtirilganu, qaysi biri hali yetarli darajada о‘zlashtirilmaganligi yoki umuman о‘zlashtirilmaganligi ma'lum bо‘ladi. Bu ta'lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bо‘lib hisoblanadi. Ta'lim beruvchi о‘z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. О‘z ish metodlariga tuzatishlar kiritadi. Shuningdek, baholash natijalari ta'lim beruvchining о‘quv dasturidagi materiallarni ta'lim oluvchilarning bilish imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta kо‘rib chiqishi va baholashi uchun ham juda muhimdir.

Baholash natijasida tushuncha va qonun - qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi birlari esa oson о‘zlashtirilishi aniq -ravshan bо‘ladi. Bu ta'lim oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik kо‘rishi va о‘quv mashg‘ulotini о‘tkazishi uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta'lim oluvchiga ham ta'lim jarayonida qaysi о‘quv materialini yaxshi, qaysinisini qoniqarli va nimani yomon о‘zlashtirgani ma'lum bо‘ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta'lim oluvchi о‘z bilimlarini chuqur, har tomonlama va tо‘g‘ri baholashga qodir emas. Ba'zan unga gо‘yo u о‘quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog‘ida esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma'lum bо‘lib qoladi. Baholash natijasida, ta'lim oluvchilarning о‘rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qо‘llay olish. tahlil qilish va о‘z bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi. Ta'lim oluvchi о‘z bilimlariga berilgan baho va tavsiflar asosida maktabdagi oqish va uydagi mustaqil vazifalarni bajarish uslubini takomillashtirish, bilimlari, malaka va kо‘nikmalaridagi ijobiy tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bо‘ladi.

Bilim, kо‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ta'lim oluvchilarning о‘qishga, о‘z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug‘iladi. Baholash hamisha ta'lim oluvchining shaxs sifatida о‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchining о‘ziga nisbatan munosabatini, tuyg‘ularini, uning xarakteridagi irodalilik, sinfdoshlari bilan hamkorlik, о‘zaro bir - biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga e`tibor qaratishi lozim bо‘ladi.

Ba'zan baholash jarayonida ta'lim oluvchi qо‘shimcha bilim, kо‘nikma va malakalarga ham erishadi. Ta'lim jarayonida о‘zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib yetadi. Shu bois, baholashni ta'lim olish jarayonining davomi deb ham aytish mumkin.

Ta'lim oluvchi о‘rtoqlarining, ota - onalarining unga, uning maktabdagi yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabatlariga hech qachon befarq bо‘lib qolmaydi. Uning bilimlariga berilgan baholar ushbu munosabatni belgilaydi. Mana shuning uchun ham maqtov, ma'qullash, tanbeh berish, yaxshi yoki yomon baho qо‘yish ta'lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning tengdoshlari jamoasidagi va katta yoshdagilar orasidagi mavqeini shakllantiradi. Bu ayniqsa, о‘smirlar orasida katta ahamiyatta ega.

Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash natijalarini umumlashtirish orqali maktab jamoasining ta'lim - tarbiya sohasidagi faoliyatiga, о‘quvchilarning umumiy о‘zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta'lim standartlarida davlat tomonidan qо‘yilgan talablar qanchalik darajada bajarilayotganligi aniqlanadi.

Baholash natijasida nafaqat ta'lim oluvchining, balki ta'lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, о‘quv jarayonidagi kamchiliklar xam aniqlanadi. Ta'lim vositalari, rejalar, ta'lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi.

Ta'lim dasturining qism va bо‘laklari bо‘yicha muntazam baholab borish oxir - oqibat aniq va adolatli baholanish shakllanishga olib keladi. Kichik bо‘limlar bо‘yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning aniq bо‘lishiga yordam beradi. Ta'lim oluvchini muntazam ravishda о‘z natijalari tо‘g‘risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini rо‘yobga chiqarishga ijobiy ta'sir kо‘rsatadi.

Ta'lim berish davomidagi nazorat natijalarini о‘lchab borish bilim, kо‘nikma va malakalarni baholash о‘quvchining о‘zligini anglashi uchun bir imkoniyatdir.




Download 47,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish