21-mavzu: Ziyolilarning qatag’on qilinishi va sovet jamiyatida shaxsga sig’inishning fosh etilishi (23 ta)
1. XX asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boshlaridagi qatag’onlar asosan kimlarga qarshi qaratildi?
A) Harbiy va davlat xizmatchilariga.
B) Asosan harbiylarga.
C) Madaniyat va fan arboblariga.
D) Asosan partiya va davlat xodimlariga.
2. 1950-yili 1-sentyabrda “O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ishi to’g’risida”gi masalada qoralangan akademiya olimlarini sohasi bilan to’g’ri moslashtiring.
1) Adabiyotshunos va faylasuf 2) Iqtisodchi 3) Tilshunos 4) sharqshunos va tarixchi
a) Olim Aminov b) Olim Usmonov c) Abdusamad Boboxo’jayev d) Vohid Zohidov
A) 1-d,2-b,3-a,4-c.
B) 1-d,2-a,3-b,4-c.
C) 1-d,2-a,3-c,4-b.
D) 1-a,2-d,3-c,4-b.
3. Qachon O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkuraviy masalalarga bag’ishlangan X plenumi bo’lib o’tdi?
A) 1952-yili fevral. B) 1952-yili dekabr.
C) 1950-yili sentabr. D) 1950-yili dekabr.
4. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkuraviy masalalarga bag’ishlangan X plenumida “Respublikada mafkuraviy ishning ahvoli va uni yaxshilash choralari to’g’risida” ma’ruza qilgan kim edi?
A) Usmon Yusupov. B) Nuritdin Muhitdinov.
C) Amin Niyozov. D) Akmal Ikromov.
5. Ma’ruzasida “Alpomish” dostonini o’qish taqiqlangan O’zbekiston SSR rahbarini ko’rsating.
A) Usmon Yusupov. B) Nuritdin Muhitdinov.
C) Amin Niyozov. D) Akmal Ikromov.
6. 1951-yili “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati” olib borganlikda ayblanib qancha kishi qamoqqa olindi va 25 yil ozodlikdan mahrum qilindi?
A) 7 kishi. B) 10 kishi.
C) 12 kishi. D) 9 kishi.
7. 1951-yili “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati” olib borganlikda ayblanib qamoqqa olingan madaniyat arboblari qachon sovet rejimi tomonidan oqlanib ozod qilindi?
A) 1953-yili. B) 1955-yili.
C) 1958-yili. D) 1961-yili.
8. Stalin vafotidan keyin kim SSSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimiga tayinlandi?
A) Nikita Xrushchey. B) Leonid Brejnev.
C) Lavrentiy Beriya. D) Georgiy Malenkov.
9. 1956-yildan keyin O’zbekiston bo’yicha otilgan va qamoqqa olinganlardan qansha kishi oqlandi?
A) 40 mingga yaqin. B) 50 mingga yaqin.
C) 100 mingdan ortiq. D) 20 mingga yaqin.
10. 1950-aprelda Usmon Yusupov o’z vazifasidan ozod qilinib, Moskvada qanday lavozimga tayinlandi?
A) SSSR tashqi ishlar ministri.
B) SSSR ichki ishlar ministri.
C) SSSR paxtachilik ministri.
D) KPSS Markaziy Qo’mitasi kotibi.
11. Nikita Xrushchev 1954-yili Usmon Yusupovni respublika hukumati raisligidan olib tashlab, qayerdagi 4-Boyovut sovxoziga director qilib jo’natdi?
A) Jizzax. B) Mirzacho’l.
C) Qashqadaryo. D) Xorazm.
12. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimida ishlagan shaxslarni to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Nuritdin Muhitdinov 2) Usmon Yusupov
3) Sobir Kamolov 4) Amin Niyozov
A) 2,4,3,1. B) 2,3,4,1.
C) 3,2,1,4. D) 2,4,1,3.
13. Sobir Kamolov necha yoshida O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga saylangan?
A) 42 yoshida. B) 47 yoshida.
C) 51 yoshida. D) 35 yoshida.
14. 1956-yili 25-fevralda qaysi majlisda Nikita Xrushchev shaxsga sig’inish va uning oqibatlari to’g’risida ma’ruza qilib, Stalin shaxsiga sig’inish qoralandi?
A) KPSS Markaziy Komitetining XXI plenumi.
B) KPSS XX syezdining yopiq majlisi.
C) Kompartiyasi Markaziy Komitetining XII plenumi.
D) KPSS XIX syezdining yopiq majlisi.
15. Qaysi majlis va unda qabul qilingan qarorlar O’zbekistonning ma’naviy hayotiga kuchli zarba bo’lib tushdi?
A) Kompartiyasi Markaziy Komitetining X plenumi.
B) KPSS XX syezdining yopiq majlisi.
C) Kompartiyasi Markaziy Komitetining XII plenumi.
D) KPSS XIX syezdi.
16. Quyidagilardan qaysi biri KPSS MK ideologiya sekretari lavozimida ishlagan?
A) Amin Niyozov. B) Nuritdin Muhitdinov.
C) Sobir Kamolov. D) Usmon Yusupov.
17. O’zbekistonda rahbarligi davrida kadrlarni mahalliylashtirish jarayoni ommaviy ravishda amalga oshirila boshlangan (1) va islom diniga erkinliklar berilgan (2) siyosiy arboblarni ko’rsating.
A) 1-Sobir Kamolov; 2-Sobir Kamolov.
B) 1-Amin Niyozov; 2-Sobir Kamolov.
C) 1-Nuritdin Muhitdinov; 2-Amin Niyozov.
D) 1-Sobir Kamolov; 2-Amin Niyozov.
18. Amin Niyozov haqidagi xa’to ma’lumotni ko’rsating.
A) U Marg’ilonda tug’ilgan.
B) U 1947-1950-yillari O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi lavozimida ishlagan.
C) Uning davrida O’zbekiston ziyolilariga nisbatan qatog’onchilik siyosati olib borildi.
D) 1950-1955-yillarda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimida ishlagan.
19. Qaysi O’zbekiston rahbari o’zbek ziyolilari oqlanishida tashabbuskorlik ko’rsatdi?
A) Amin Niyozov. B) Nuritdin Muhitdinov.
C) Sobir Kamolov. D) Usmon Yusupov.
20. 15 oy davomida respublika partiya tashkilotini boshqargan rahbarni ko’rsating.
A) Amin Niyozov. B) Nuritdin Muhitdinov.
C) Sobir Kamolov. D) Usmon Yusupov.
21. Paxta xarid bahosini oshirishni markaz oldiga talab qo’yib buni uddalagan rahbar kim edi?
A) Amin Niyozov. B) Nuritdin Muhitdinov.
C) Sobir Kamolov. D) Usmon Yusupov.
22. Nuritdin Muhitdinov (1) va Sobir Kamolov (2) qayerda tug’ilgan?
A) 1-Qo’qon; 2-Marg’ilon.
B) 1-Marg’ilon; 2-Samarqand.
C) 1-Samarqand; 2-Buxoro.
D) 1-Marg’ilon; 2-Toshkent.
23. Nuritdin Muhitdinov nechanchi yillarda KPSS MK Prezidiumi a’zosi bo’lgan?
A) 1954-1955-yillar. B) 1951-1953-yillar.
C) 1957-1961-yillar. D) 1955-1960-yillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |