23-mavzu. O’zbekistonning siyosiy hayotidagi o’zgarishlar hamda sovetlarning partiya organlariga qaramligi (28 ta)
1. Sovet davrida yoshlar tashkilotlari nima deb yuritilgan?
A)kommunist B)kamolot
C)komsomol D)komendant
2.Sovet jamiyatining siyosiy tizimiga nimalar kirgan?
1)partiya
2)turli darajadagi Sovet organlari
3)kasaba uyushmalari
4)komsomol
A)1,4 B)1,3 C)1,2 D)1,2,3,4
3.Sovet jamiyati siyosiy tizimining asosiy ustuni nima hisoblangan?
A) yoshlar tashkilotlari B) partiya
C) kasaba uyushmalari D) barchasi to’g’ri
4. 1917-1983-yillarda yashab faoliyat ko’rsatgan O’zbekiston rahbarini aniqlang.
A)Amin Niyozov B)Sobir Kamolov
C)Nuriddin Muhitdinov D)Sharof Rashidov
5.Sharof Rashidov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga qachon saylandi?
A)1977-yil noyabr B)1966-yil aprel
C)1959-yil 15-mart D)1977-yil 7-oktabr
6.Sharof Rashidov qachon va qayerda tug’ilgan?
A)1917-yil 7-noyabrda Jizzaxda
B)1917-yil 23-yanvarda Samarqandda
C)1917-yil 7-noyabrda Buxoroda
D)1917-yil 23-yanvarda Toshkentda
7.Sharof Rashidov qaysi yillarda O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi sifatida faoliyat ko’rsatgan?
A)1950-1955-yillarda B)1950-1959-yillarda
C)1952-1959-yillarda D)1951-1957-yillarda
8.Toshkentda qachon zilzila bo’lib o’tgan?
A)1977-yil noyabr B)1966-yil
C)1959-yil 15-mart D)1977-yil 7-oktabr
9.Toshkent metropoliteni qurilishi kimning tashabbusi bilan boshlangan?
A)Amin Niyozov B)Sobir Kamolov
C)Nuriddin Muhitdinov D)Sharof Rashidov
10.Toshkent metropolitenining birinchi navbati qachon ishga tushirildi?
A)1977-yil noyabr B)1966-yil
C)1959-yil 15-mart D)1977-yil 7-oktabr
11.Toshkent metropolitenining birinchi navbati nechta bekatdan iborat bo’lgan?
A)6 B)7 C)8 D)9
12.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qachon “Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi?
A)2017-yil 27-mart B)2017-yil 13-noyabr
C)2017-yil 10-avgust D)2016-yil 14-may
13.O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan shaxslarning shu lavozimda ishlagan yillari bilan moslashtiring.
1)Inomjon Usmonxo’jayev a)1959-1970-yillarda
2)Yodgor Nasriddinova b)1978-1983-yillarda
3)Nazar Matchonov c)1970-1978-yillarda
A)1-c, 2-b, 3-a B)1-b, 2-a, 3-c
C)1-c, 2-a, 3-b D)1-a, 2-c, 3-b
14.O’zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimida mehnat qilgan shaxslarning shu lavozimda ishlagan yillari bilan moslashtiring.
1)Orif Alimov
2)Rahmonqul Qurbonov
3)Normuhammadi Xudoyberdiyev
a)1959-1961-yillarda
b)1971-1984-yillarda
c)1961-1971-yillarda
A)1-c, 2-b, 3-a B)1-b, 2-a, 3-c
C)1-c, 2-a, 3-b D)1-a, 2-c, 3-b
15.Butun Sharqda parlament raisi bo’lgan birinchi ayol kim?
A)Sayyora Rashidova B)Yodgor Nasriddinova
C)Indra Gandi D)Benazir Bxutto
16.Butun Sharqda parlament raisi bo’lgan birinchi ayol 1970-1974-yillarda qanday faoliyat bilan shug’ullangan?
A)SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi
B)Qo’shilmaslik harakati rahbari
C)Yevropa Ittifoqi raisi
D)Hindiston Bosh vaziri
17.Yodgor Nasriddinova qayerda tug’ilgan?
A)Qo’qon B)Jizzax
C)Andijon D)Xorazm
18.O’zbekiston SSRda qachon avvalgi davrlarga nisbatan xalqning turmush darajasi nisbatan yaxshilandi, uning moddiy ahvolida ijobiy o’zgarishlar yuz berdi?
A)XX asrning 50-60-yillarida
B)XX asrning 20-30-yillarida
C)XX asrning 60-80-yillarida
D)XX asrning 30-50-yillarida
19. XX asrning 60-80-yillarida qaysi cho’llarning o’zlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan?
1)Mirzacho’l 2)Usyurt C)Surxon-Sherobod
4)Qorako’l 5)Qarshi 6)Zarafshon
A)1,3,5 B)2,4,6
C)1,2,3 D)1,2,3,4,5,6
20.Oliy Sovetdan boshlab qishloq sovetlarigacha bo’lgan organlar kimlarning manfaatlarini himoya qilishlari kerak edi?
A)zodagonlar B)mehnatkashlar
C)qashshoqlar D)ABC
21.Milliy respublikalar huquqini rasmiy cheklab, Markazga keng vakolatlar olib bergan SSSRning yangi Konstitutsiyasi qachon qabul qilindi?
A)1977-yil noyabr B)1966-yil
C)1959-yil 15-mart D)1977-yil 7-oktabr
22.Milliy respublikalar huquqini rasmiy cheklab, Markazga keng vakolatlar olib bergan SSSRning yangi Konstitutsiyasi kimning rahbarligida tayyorlandi?
A)Xrushyov B)Stalin
C)Brejnev D)Gorbachyov
23.Leonid Ilich Brejnev yashagan yillarni to’g’ri belgilang.
A)1917-1983-yillarda B)1910-1978-yillarda
C)1906-1982-yillarda D)1907-1989-yillarda
24.SSSRda rivojlangan sotsialistik jamiyat qurish nazariyasini ilgari surgan SSSR rahbarini aniqlang.
A)Xrushyov B)Stalin
C)Brejnev D)Gorbachyov
25.SSSR Konstitutsiyasining nechanchi moddasida KPSSning sovet davlatidagi yetakchilik roli qonuniy mustahkamlab qo’yilib, kommunistik partiya jamiyatning rahbarlik qiluvchi va yo’naltiruvchi kuchi deb yozilgan edi?
A)16-moddasida B)9-moddasida
C)6-moddasida D)12-moddasida
26.Partiya nomenklaturasi nima?
A)partiyani faqat slavyan va arman millatiga mansub shaxslar boshqarishi
B)partiyadagi ko’pchilikning rus millatiga mansubligi
*C)partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar
D)joylarda partiya nomidan ish ko’radigan boshqarmalar
27.SSSRdagi ma’sul lavozimlarga faqat kimlar tayinlangan?
*A)kommunistlar B)liberallar
C)eserlar D)demokratlar
28.Turli darajadagi Sovetlar, komsomol hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari qaysi partiya tarkibiga kiritilgan?
A)Liberalistik partiya
B)Demokratik partiya
*C)Kommunistik partiya
D)hech qanday partiya tarkibiga kiritilmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |