10 gapning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda gap haqida ma’lumot


Holning asosiy ma’no turlari



Download 78,55 Kb.
bet19/26
Sana06.02.2022
Hajmi78,55 Kb.
#433331
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
GAPNING TUZILISHIGA KORA TURLARI

Holning asosiy ma’no turlari















1.


Payt holi



qachon?
qay vaqtda?


qachongacha?
qachondan beri?


Tunda sovuq, ertalab tuman, tushda issiq,


namozgar yomg’ir, hozir yulduzlar charaqlab
turgan oydin kecha.
















2.


O’rin holi



qayerda?
qayerdan?


qayerga?
qayergacha?


Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik,


dunyoda tinchlik bo’lsin.














3.

Ravish holi

qanday?
qay tarzda?


qanday qilib?




Bola epchillik bilan turdi,qisqa va lo’nda javob berdi. Mardlarcha kurashdi. Botirlarcha harakat qildi. Senday yashamayman. Pastkashlardek yalinmayman.





4.

Daraja- miqdor


holi

qancha?
nechog’lik?


necha marta?


Kam de, oz ye – ko’p yashaysan.


Guruchni qopi bilan olishdi.
Qirq marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi.
















5.


Sabab holi



nega?
nima sababdan?


kim sababli?
nima uchun?




Quvvatsizligidan tez charchardi.


Go’lligi sababli har joyda kaltak yeydi.
Arzimagan narsa uchun janjal ko’tarardi.

6.

Maqsad holi

nega?
nima uchun?


qay maqsadda?


Hammani kuldirish uchun ataylab shunday antiqa kiyindi.

TO’LDIRUVCHI VA UNING IFODALANISHI




Eslab qoling. Gapning biror bo’lagiga (ko’pincha kesimga) boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, uni to’ldirib kelgan ikkinchi darajali bo’lak to’ldiruvchi deyiladi.Masalan: Omon menga qaradi, men unga qaradim.(G’.G’.) Vodiylarni, tog’larni oshib, Dalalarda yolg’iz adashib, kelib qoldi yurtingga Omon. (H.O.) Sizga nima bo’ldi o’zi? (O.Y.)


E’tibor bering: Men undan (kimdan?) so‘radim: Mehringni qo‘yib, bunchalar saralab gul (nimani?) terding kimga? Gulidan (nimadan?) ko‘zini uzmayin singlim. Asta javob berdi: — O‘qituvchimga (kimga).
Тo‘ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat bilan bog‘langan predmetni bildirganligi tufayli ot, olmosh va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi:
1. Ot bilan: Dilshod maktubni xolasiga berib, ko’chaga chiqib ketdi.(M.Ism.)Mansurov odamlar bilan xayrlashdi.
2. Otlashgan sifat bilan: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. (Maqol)
3.Otlashgan son bilan: Beshni beshga qo’shsak, o’n bo’ladi.
4. Sifatdosh bilan: Bilmagandan bilgan yaxshi,to’g’ri ishni qilgan yaxshi. (Maqol)
5. Harakat nomi bilan: Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.
6.Taqlid so’z bilan: Taqir-tuquringni yig’ishtir.
7. Modal so’z bilan: Yo’qni yo’q deydi,borni bor deydi.
To’ldiruvchilar, boshqa gap bo’laklari kabi, birikmali holda ham qo’llanadi. Masalan:
Men uning go’zal siymosida qalbim ko’zgusini, visol orzusini,umidim gulshanini ko’rardim. (M.Qoriyev) O’qituvchining pedagogik mahorati u tarbiyalagan shogirdlarining bilimdonligi bilan o’lchanadi. O’qituvchida zilol chashmadek tuganmas mehr va bilim bo’lmog’i kerakligini unutmang. Voris hammaning ertaga ovga jo’nashini aytdi.
To’ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo’lgan fikr ravshanlashadi: Oyni (etak bilan) yopib bo’lmas. (Maqol) Odam (mehnatda) sinaladi. Bu gaplardagi etak bilan, mehnatda bo’laklari yordamida so’zlovchining niyati to’la ochilgan.
Тo‘ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog‘lanadi. Agar u bog‘langan so‘z kesim bo‘lib shakllana olmagan bo‘lsa, ana shu so‘z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo‘lakning bo‘lagi bo‘ladi. Masalan, Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so‘rog‘iga javob bo‘lib, kesimga bir butun holda bog‘lanadi. Bu birikmali to‘ldiruvchi o‘z ichida qismlarga bo‘linadi: onamdan eshitgan (qanday?) gap. Qanday? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi onamdan eshitgan birikmali aniqlovchi o‘z ichida yana tarkibiy qismlarga bo‘linadi: onamdan (kimdan?) eshitgan.
Eslab qoling. Shunday qilib, to‘ldiruvchilar kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish-bog‘lanmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:



Download 78,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish