4-mashg‘ulot. ASOSIY ALMASHINUVNI ANIQLASH
Darsning maqsadi. Odamda asosiy almashinuv qancha bo‘lishini hisoblash. Odam hayot faoliyati davomida sarflanadigan energiyaga qarab ovqatlanishini o‘rganish.
1-ish. O‘g‘il va qizlarda asosiy almasninuvni jadval
yordamida aniqlash
Kerakli jihozlar va reaktivlar.bo‘y o‘lchaydigan asbob, tarozi, asosiy almashinuvni hisoblash uchun jadval.
Odam nisbatan tinch, hyech qanday jismoniy ish bajarmagan holatida ertalab nahorda, xona haroratida (20—220C da) sarf bo‘ladigan energiya miqdori asosiy almashinuv deb ataladi.
Asosiy almashinuv sog‘lom odamda turg‘un bo‘lib, u odamning jinsiga, yoshiga, bo‘yi va tana yuzasiga, iqlim sharoitiga, organizmning fiziologik holatiga bog‘liq bo‘lgan muhim fiziologik konstantdir.
Asosiy almashinuvni aniqlash uchun odamning bo‘yi, yoshi va vaznini hisobga olgan holda tuzilgan jadvallar, nomogrammalardan foydalaniladi. Asosiy almashinuv erkaklarda ayollarga nisbatan 10% dan ortiq bo‘ladi, shuning uchun ham erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida jadval tuzilgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |