1. Ta’lim muassasasida davlat-jamoat boshqaruvining psixologik-pedagogik asoslari



Download 178,09 Kb.
bet6/10
Sana16.01.2022
Hajmi178,09 Kb.
#376929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’lim muassasasi menejmenti(1-16)

Bosqichli nazorat o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo‘lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim xalqaro hamkorlik asosida ham tashkil etiladi. «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomning sakkizinchi bo‘limida qayd etilganidek, umumiy o‘rta ta’limni boshqarish organlari va ularning mahalliy organlari sanalgan ta’lim muassasalari xalqaro hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning tajriba o‘rganish va malaka oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg‘armalar va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar.

Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim (maktab)ni har tomonlama boshqarish mohiyatini o‘zida ifoda etadi.

«Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to‘g‘risida»gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi maslalar yoritilgan6


  1. Umumiy qoidalar.

  2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish.

  3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilarni qabul qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

  4. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish.

  6. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag‘ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.

  7. Xalqaro hamkorlik.

Umumiy qoidalarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qitish muddati 3 yil bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga muvofiq amalga oshirilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yuridik shaxs hisoblanishi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:

  • davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturini bajarish;

  • o‘quvchilarning uzluksiz ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirish, tanlagan mutaxassisliklar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan Shug‘ullanish uchun zarur va etarli bo‘lgan bilimlar ham kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;

  • respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.

Nizomda akademik litseylarning oliy ta’lim muassasalari huzurida, kasb-hunar kollejlarining esa hududlarning demografik va geografik sharoitlari, tegishli soha mutaxassisliklariga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etishlari ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining asosiy vazifalari sirasiga o‘quvchilarni qabul qilish, umumiy va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish, nazorat turlarini tashkil etish, kursdan-kursga, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining bir turidan boshqasiga o‘tkazish hamda diplom berish kabilar kiradi.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyat bilan Shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar, ta’lim muassasasiga professor-o‘qituvchilar va muhandis pedagoglarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib o‘tiladi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tartibi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish hamda joriy etish, o‘quv ta’lim va kasb-hunar dasturlarini bir xillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi), ularning hududiy boshqarmalari, Shuningdek, ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshiriladi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag‘ bilan ta’minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq ta’minlanadi. Ta’lim muassasasining moliyaviy mablag‘lari uning tasarrufida bo‘ladi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari belgilangan tartibda xorijiy sheriklar bilan bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘lib, xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkin.

Ta’lim muassasalarining faoliyati, Shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi.




Download 178,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish