1. Ta’lim muassasasida davlat-jamoat boshqaruvining psixologik-pedagogik asoslari



Download 178,09 Kb.
bet10/10
Sana16.01.2022
Hajmi178,09 Kb.
#376929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’lim muassasasi menejmenti(1-16)

Metodik Kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.

Metodik Kengashning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablarini ro‘yobga chiqarish maqsadida ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini metodik ta’minlash va muvofiqlashtirish hamda pedagogik kadrlarning metodik jihatdan bilimlarini oshirib borishga qaratiladi.



Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo‘lib, u tomonidan quyidagi vazifalar1 amalga oshiriladi:

  • ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o‘rganadi, ta’lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;

  • ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;

  • yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;

  • ta’lim muassasasi o‘quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;

  • o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;

  • o‘qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo‘limlari mazmuni bo‘yicha tavsiyalar beradi;

  • ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo‘llash uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;

  • o‘qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;

  • davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;

  • tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

  • ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko‘rsatmalar berib borish;

  • o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko‘rsatmalar berish;

  • yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;

  • o‘qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qilish;

  • pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha materiallarni tayyorlash;

  • ta’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo‘yicha darsdan tashqari (fakulg‘tativ, to‘garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish. Metodika Kengashi yig‘ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning quyidagi hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi (chizma).



Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumlari bo‘yicha Metodika birlashmalari1 faoliyat ko‘rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi o‘qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga qo‘yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini ta’minlash borasida o‘zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg‘unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Metodika birlashmalari o‘zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:

  • fanlar bo‘yicha taqvimiy mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;

  • oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;

  • ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;

  • tegishli yo‘nalish yoki fan bo‘yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;

  • darslarni o‘zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;

  • ta’lim metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;

  • ko‘rgazma va ko‘rsatmali vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni berish;

  • fan xonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitta, V-XI sinflarda esa o‘quv rejasidagi alohida fanlar bo‘yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda fan o‘qituvchilari Shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar, Akademik litseylarda ham Metodika birlashmalari xuddi Shu tarzda tashkil qilinadi. Kasb-hunar kollejlarida esa kafedralarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha Metodika birlashmalari tuziladi.

Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi Aedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rahbar tayinlanadi. Metodika birlashmalarining faoliyati quyidagi hujjatlar asosida tartibga solinadi.

Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi Yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va ijodkor bo‘lishlarini talab qiladi.



O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilab qo‘yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash uchun bugungi kun o‘qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o‘z ishig ijodiy yondashish, o‘z burchiga nisbatan fidoiy bo‘lishga bog‘liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko‘p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim-tarbiYani boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog‘liqdir.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o‘qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o‘qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. Shunga ko‘ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag‘batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo‘lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllariga quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:




Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o‘sishini rag‘batlantirish, ta’lim-tarbiyada ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni qo‘llash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.



Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi «Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o‘qituvchi, o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to‘garak rahbarlari kiradi.

Pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:



  • pedagog kadrlar o‘z mutaxassisligi hamda me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovidan, suhbatdan o‘tkaziladilar;

  • pedagog o‘qitayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va o‘zlashtirish darajasi o‘rganiladi;

o‘quvchilar o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkaziladi.

Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, o‘quvchilarning bilim darajasi, ilmiy, o‘quv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan o‘rganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar yiqindisidan iborat bo‘ladi.

Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, madaniyat, sport, san’at sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha suhbatdan o‘tkaziladilar.

Pedagog kadrlar uchun me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha test savollari to‘plami O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», Davlat ta’lim standartlari, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, Yangi pedagogik texnologiyalarga oid masalalardan iborat bo‘ladi.

Komissiya attestatsiya natijalariga ko‘ra pedagogning ushbu jarayondagi faoliyati «Attestatsiyadan o‘tdi», «Attestatsiyadan shartli o‘tdi» va «Attestatsiyadan o‘tmadi» tarzida baholanadi.

Mutaxassis toifaga ega pedagog «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etilganda, Shuningdek, taYanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmagan bo‘lsa, tegishli ta’lim muassasasi rahbari pedagogga o‘z mutaxassisligiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida malaka oshirishni taklif qiladi. Mazkur takliflarga rozi bo‘lmagan o‘qituvchilarning mehnat shartnomasi (amaldagi qonunchilik asosida) bekor qilinadi.

«Attestatsiyadan o‘tmadi» deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkaziladilar.

YOsh o‘qituvchilar bilan ishlash. YOsh o‘qituvchilarning har tomonlama etuk mutaxassis bo‘lib etishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Xaqiqatan ham yosh o‘qituvchi ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi)ga ishga keldi deylik: uni o‘quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?



To‘g‘ri, oliy o‘quv yurtida u yaxshi nazariy bilimlarga ega bo‘ladi va Shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o‘tib keladi. Biroq, u oliy o‘quv yurtini tamomlashi bilan o‘qituvchi degan nomga ega bo‘ladi. Tabiiyki, unda o‘quvchilar bilan ishlash tajribasi etarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o‘qituvchiga xarakteri turlicha bo‘lgan o‘quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o‘z o‘quvchilarining qobiliyat darajasi, o‘zlashtirishdan ortda qolayotgan o‘quvchilar shaxsini o‘rganishda ularning har biri o‘ziga xos xotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo‘lishlarini hisobga olmaganligi sababli o‘quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga olish imkoniyatini qo‘ldan boy beradi. YOsh o‘qituvchining eng kata xatosi, u o‘zini bilimi sayoz o‘quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada qoloq o‘quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi ta’lim jarayonida tartibsiz kechadi.

YOsh o‘qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo‘g‘in – bu ular bilan bevosita ishlashni yo‘lga qo‘yishdir. Ularga ma’ruzalar o‘qish, nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etish shart emas, Chunki ular oliy ta’lim muassasasida etarli ma’lumotlarni oladilar. YOsh o‘qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin:

  1. barcha yosh o‘qituvchilarni jalb etish orqali;

  2. ogohlantirish orqali har bir o‘qituvchining darsini kuzatish yo‘li bilan;

  3. yosh o‘qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.

Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlarini tamomlab, maktabda ishlayotgan yosh mutaxassislar va ular olib borayotgan ta’lim-tarbiyaishlarini o‘rganish, ularga tegishli metodik yordam яko‘rsatish, yo‘l-yo‘riqlar va maslahatlar berib borish, turli mavzularda ijodiy kechalar, tajribali hamda faxriy o‘qituvchilar bilan uchraShuvlarni uyushtirish maqsadida tuman Metodika kabineti qoshida «YOsh mutaxissislar maktabi»ni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR



1.Pedagogika. // M.To‘xtaxo‘jaevning umumiy tahriri ostida. – T.: “O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati”, 2010.

  1. Ibragimov X.I., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

  2. YUzlikaeva E., Ahmedova M., Qurbonova G., Tashmetova SH., Xushnazarova M. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: TDPU, 2012.



11 «Ўрта махсус касб-ҳунар таълими тўғрисида»ги Низом, 1998.

11 Сластенин В.А. Общая педагогика. – Москва, Педагогика, 2003.

11 «Умумий ўрта таълим мактаби Методика Кенгаши тўғрисида»ги Низомдан.

11«Умумий ўрта таълим мактаби фан Методик бирлашмалари тўғрисида»ги Низомдан.

Download 178,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish