1. Tabiiy resurslar / Er


Bosqichlar Subyektlar



Download 461,62 Kb.
bet4/8
Sana26.02.2022
Hajmi461,62 Kb.
#470325
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
71 14.02.2022

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha takliflarni “Yerelektron” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritib boradi.

Doimiy ravishda

Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda yer uchastkalari bo‘yicha takliflar tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari hamda tegishli ravishda “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “Toshkent-boshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi.

2-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Tuman (shahar) qurilish bo‘limining takliflariga asosan kadastr yig‘majildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan filialga yuboradi.

Kiritilgan takliflarga muvofiq

Jismoniy va yuridik shaxslar

“Yerelektron” AATning ochiq elektron portalida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turini, aniq chegaralari hamda maydoni va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Xohishiga ko‘ra

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Buyurtmada belgilangan er uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi;
2. Yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish bo‘limiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi;
3. Bo‘sh yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash materiallarini tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga joylashtiradi.

10 ish kuni

4-bosqich

Loyiha-qidiruv tashkiloti

1. Joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron shaklda tayyorlaydi;
2. Elektron shaklda tayyorlangan topografik xaritani “Yerelektron” AATga joylashtiradi.

10 (25) ish kuni

5-bosqich

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi:

Topografik xaritani olgandan so‘ng bir ish kunida topografik xaritani va bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha yer tanlash materiallarini ilova qilgan holda “Yerelektron” AAT orqali yer uchastkasining joylashuvini kelishish uchun tegishli organlarga yuboradi.

1 ish kuni

Hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar

Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

3 ish kuni

Yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Yer uchastkasi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlaydi bunda:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
zarur hollarda loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan topografik xarita asosida yer uchastkasining chegaralariga o‘zgartirish kiritish yoxud yer uchastkasidan shaharsozlik cheklovlari quyilgan holda foydalanish bo‘yicha asoslangan taklif aks ettiriladi.
Xulosalar “Yerelektron” AATga elektron shaklda kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

3 ish kuni

6-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar

“Yerelektron” AAT orqali har bir yer uchastkasi bo‘yicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi.

5 ish kuni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari

Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi, uni elektron shaklda “Yerelektron” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari

Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari

Avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasi hududida joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

7-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

Yer u?astkasi bo‘yicha tuman (shahar) qurilish bo‘limi va barcha vakolatli tashkilotlardan ijobiy xulosa “Yerelektron” AATga joylashtirilgandan so‘ng kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

10 ish kuni

8-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

“E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda “Kadastr va ro‘yxatda� o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga yuboradi.

2 ish kuni

9-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

1. Buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.
2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi.
3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ko‘chirmani “Yerelektron” AATga kiritadi.

2 ish kuni

10-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan va kelishuv natijalari va ijobiy xulosalar olinganidan so‘ng quyidagilarni:
auksionga chiqariladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining huquq turini;
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlarni;
auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara muddati va ijara shartnomasining loyihasini belgilaydi va “Yerelektron” AATga kiritadi.

2 ish kuni

11-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

1. Barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan boshlab eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini yoki ijara huquqi qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini ta’minlaydi;

15 ish kuni

2. Mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) jalb etgan holda baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi;

10 ish kuni

3. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining bozor qiymatini kiritadi (ijara huquqida avtomatik kiritiladi).

1 ish kuni

12-bosqich

“Yerelektron” AAT

Bo‘sh yer uchastkalarini auksionga chiqarish bo‘yicha materiallar kelishilgandan, bozor qiymati yoki ijara huquqi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yerelektron” AATga kiritilganidan, ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara shartno?asi shakllantirilganidan so‘ng yer uchastkasi yoki unga ijara huquqi auksionga qo‘yish uchun operatorga yuboriladi.

Avtomatik ravishda

13-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Auksionga qo‘yilgan bo‘sh yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.

2 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

14-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari

Elektron onlayn-auksionda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq ishtirok etadi.

Belgilangan muddatda

15-bosqich

Auksion g‘olibi

Download 461,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish