1-Mavzu: XI xv asrlarda Angliya Mustahkamlash uchun savollar



Download 183,25 Kb.
bet65/65
Sana28.02.2021
Hajmi183,25 Kb.
#60747
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Jahon tarixidan Topshiriqlar (Lotincha)01

XVIII asrda. Buyuk fransuz burjua inqilobining sabablari va boshlanishi
So‘l kuchlar tomonidan Buyuk deb atalgan bu inqilob faqat Fran-ssiyadagi emas, balki butun Evropadagi eski tartiblarni ham buzib tashladi. U xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib, butun XIX asr uning ta’siri ostida o‘tdi.

«Odamlar ozod va teng huquqli bo‘lib tug‘iladilar!» – bu so‘zlar 1789 yili Fransiyada jarangladi va qariyb ikki asr boshqa qit’alarda ham aks sado berdi.

Qishloq xo‘jaligi. Dehqonlar va zodagonlar. XVIII asrning 70-yillariga kelib ham Fransiya agrar mamlakat bo‘lib qolaverdi. 25 millionli aholisidan 22 millionini dehqonlar tashkil qi- lardi.

Bu paytga kelib, dehqonlarning asosiy qismi shaxsan erkin bo‘lsada, hali yana bir yarim million dehqonlar monastirlarga qarashli edi. Dehqonlar yashayotgan va ishlayotgan erlar feodal- larning mulki hisoblanardi. Buning uchun ular senьorlar foy- dasiga bir qator to‘lovlar (pul yoki mol bilan) to‘lardi. Ko‘pincha dehqonlar erdan foydalanganligi uchun hosilning to‘rtdan bir qismini berishga majbur edilar. SHuningdek, yana senьorlar foy- dasiga dehqondan yo‘l, ko‘prik, yarmarka to‘lovlari, tutun puli (uy- ida olov yoqish huquqi uchun) olinardi. Tegirmon, nonvoyxona, uzum ezuvchi bosqonlardan foydalanish huquqi ham faqat senьorlarga tegishli edi. Dehqonlar baliq ovlay olmas, o‘rmonda ov ham qila olmasdilar. Senьor sud hokimiyatiga ham ega edi.

Katolik cherkoviga dehqonlar hamon hosilning «o‘ndan bir»ini berardi. Ular davlatga jon boshi solig‘idan tashqari boshqa soliqlar ham to‘lardi.

Qishloqlarning kambag‘allashishi odatiy hol bo‘lib qoldi.

Ko‘pgina dehqonlar tilanchi va daydilarga aylanib ketdilar. «Non isyonlari» va soliq zulmiga qarshi qo‘zg‘olonlar ham tez-tez bo‘lib turardi.

Sanoat va savdo. Fransiyada hukmron bo‘lgan eski tartib sa- noat va savdoning rivojini ham to‘xtatib turardi. Agar dehqon kambag‘alligi uchun hech narsa sota olmasa, unda uning sotibolishga ham puli bo‘lmas edi. Bu esa ichki bozornitoraytirardi.

Ko‘mir, metallurgiya, to‘qimachilik sohalari ba’zi bir yutuqlarga erishdilar. Bezak buyumlarini ishlab chiqarish esa gullab-yashnar- di, boy fransuzlarga qimmatbaho matolar, chinnivor, zargarlik bu- yumlari kerak edi.

Fransiyadassex tizimi qisqargan, lekin mamlakatningmuhim shaharlarida u hali saqlanib qolgandi. Qirol hokimiyati yirik manufakturalar qurilishiniquvvatlardi.

Mamlakatning eng yirik moliyaviy va sanoat markazi Parij edi. XVIII asr 80-yillariga kelib u erda 60 ta bank ochildi. Ma- nufakturalarni ishchi kuchi bilan ta’minlash maqsadida hukumat maxsus ishchilar uyi yoki gospitallar tashkil qildi. Ish kuni quyosh chiqqundan to botgunga qadar davom etardi, jarimalar, oylikdan ushlab qolish odatiy hol edi. Manufakturalarning ishchilari kor- xonaning o‘zida yashashardi, ularga faqat yakshanba kuni duo o‘qib ke- lishi uchungina darvozadan chiqishga ruxsat berilardi. Ayollarga er- kaklarga to‘langan haqning yarmi berilardi, xolos. Bolalar mehnati undan ham arzon turardi.

XVIII asr oxirida Fransiya hali sanoat to‘ntarishini boshidan kechirmagan, mashinalar kamdan-kam qo‘llanilardi. Masalan, 1789 yili Fransiya to‘qimachilik sanoatida 900 ta «jenni» tipidagi ma- shinalar mavjud bo‘lsa, shu paytda Angliyada ular soni 20 mingdan ziyod edi. Turli xil to‘siqlarning mavjudligiga qaramasdan XVIII asrda Fransiyada ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatiladi. Imti- yozli (qirolga qarashli) manufakturalar soni 1715 yilgi 135 ta o‘rniga 1789 yili 532 taga etdi. 1722 yili suyuq cho‘yan olish usuli o‘zlashtirildi. 1720 yili Anzen yaqinida ko‘mir konlari ochilib, 1734 yili uni qazib olish boshlandi. SHu yili Fransiyada birinchi bug‘ mashinasidan foydalanildi. Asr o‘rtalariga kelib takomil- lashtirilgan to‘quv stanoklarini yasash yo‘lga qo‘yildi (1747, Vo- kanson).

Ichki savdoni bojxona chegaralari siquvga olardi. Bir viloyat- dan boshqasiga mahsulot o‘tkazilganda ham boj olinardi. Senьor- lar ularning er mulklaridan o‘tayotgan savdogarlardan yo‘l solig‘i talab qilardi. SHunga qaramasdan ichki yo‘llarning qurilishiga katta e’tibor beriladi. 1789 yilga kelib mamlakatda 12 ming lьe yangi yo‘llar quriladi.

XVIII asrda Fransiya yirik dengiz va mustamlakachilik davlati bo‘lib, katta harbiy va savdo flotiga ega edi. Ayniqsa dengiz sav- dosining kengayishi yangi geografik kashfiyotlar va texnik mukam- malliklarni talab qilardi: 1734 yili Buger o‘zining kemasozlik nazariyasini e’lon qiladi, 1748 yili Lerua ochiq dengizda aniq ku- zatuvlar uchun zarur bo‘lgan xronometrni yaratadi. Fransuz dengiz sayohatchilarining kashfiyotlari olimlarni Erning yuzasini o‘lchash fikriga olib keladi. Buning natijasida

735–1745 yillari ek-

vatorga, Lakondamin va Laplandiyaga Mopertyui 1 (1734 –1737) eks- peditsiyalari uyushtirilib, o‘z davrida astronomik bilimlarning rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi.

Butun XVIII asr davomida tashqi savdo to‘xtovsiz o‘sib bordi. Savdogarlar YAngi Dunyo bilan,SHimoliyAfrika, O‘rta dengizi davlatlaribilansavdoyurgizaredi.Fransuzsavdogarlarimustam- lakalarda plantatsiyalarga, qullarga, zavodlarga egalik qilishardi, qul savdosi bilan shug‘ullanardi. Qisqa vaqt ichida ular ulkan boy- lik to‘plardi. Ammo mavjud eski tartiblar yangi, kapitalistik mu- nosabatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan edi. Barcha – burjuaziyaning keng qatlamlari ham, hunarmandlar ham, yollanma ishchilar ham, ilg‘or zodagonlar ham, dehqonlar ham o‘zgarishlarni kutayotgan va ulardan manfaatdoredi.

SHaharlar tez o‘sib bordi. XVIII asr o‘rtalariga kelib poytaxt Parijning aholisi 1 million kishidan oshib ketdi. Ayniqsa, Parij XVIII asr ikkinchi yarmida tez kengaydi va qayta qurildi.Aholi sonining oshib borishiga qaramasdan XIX asr o‘rtalariga qadar Parijda tug‘ilish o‘limdan ortiq emasdi. XVIII asr 80-yil- larida har yili o‘rtacha 20 ming odam o‘lardi. Ayniqsa, chaqaloqlar o‘limi yuqori bo‘lib, tug‘ilgan har 1000 ta chaqaloqdan 273 tasi o‘lardi2. Buning ustiga 1870 – yillari Parijda 30 ming chaqaloqdan 7 yoki 8 mingi tashlab ketilgan bolalar bo‘lardi. Bunday bolalarni kasalxonaga olib kelishning o‘zi bir hunar bo‘lib qoldi.Tabaqa tizimi. O‘rta asrlardagi kabi monarxiya jamiyatning uch tabaqaga: birinchisi – ruhoniylar, ikkinchisi – zodagonlar, uchin- chisi – aholining qolgan barcha qatlamlari – bo‘linishini o‘rnatgan edi.Qadimiy bir formula har bir tabaqaning hayotdagi o‘rnini aniq belgilab berardi: «Ruhoniylar qirolga duolari bilan xizmat qiladi, zodagonlar – qilichi bilan, uchinchi tabaqa – mol-mulki bi-lan». Birinchi va ikkinchi tabaqalar imtiyozli hisoblanardi. Ular soliq to‘lamasdi va erga egalik qilishardi. Ruhoniylar va zodagon- lar birgalikda mamlakat aholisining 4 foizini tashkil qilardi (130 ming ruhoniylar va 350 ming zodagonlar). CHerkovning oliy

mansablariga faqat zodagonlar, odatda, oliy nasab oilaning kenja farzandlari tayinlanardi. Ko‘pincha episkop va arxiepiskoplar dunyoviy turmush tarzida yashardilar, ular o‘zlarini hashamlar bi- lan o‘rab olardilar.

Zodagonlarning yuqori unvondagilarini 4 ming oila tashkil qilardi. Bu odamlar qirolning sovg‘a va nafaqalari hisobiga kun ko‘rardilar. Masalan, Markiz de Otishan to‘rtta nafaqa olardi: birinchisi, yozuvda ko‘rsatilishicha, «marhum otasining xizmatlari uchun, ikkinchisi, o‘shaning o‘zi uchun, uchinchisi xuddi yana shu asosda, to‘rtinchisi xuddi shu sabablarga ko‘ra».

Ofitserlik lavozimiga ham faqat zodagonlar tayinlanar edi. 1781 yilgi Nizomga ko‘ra ofitserlar o‘z ajdodlariningto‘rt

pog‘onasizodagonlarbo‘lganliginihujjatlarbilanisbotlashlari kerak edi. Saroyda turmaydiganlar va muhim lavozimlarniegalla- maganlari esa tobora kambag‘allashibborardi.

Eng og‘ir taqdir uchinchi tabaqaning chekiga tushgandi. Uning tar- kibi olaquroq dehqonlar, oddiy shaharliklar, hunarmandlar, savdo- garlar, sanoatchilardan iborat bo‘lib, ana shular barcha soliqlarni to‘lar, lekin mamlakatni boshqarishga yaqinlashtirilmas edi.

Burjuaziya orasida boy kishilar juda ko‘p edi, ular millionlab mablag‘ga ega edilar. Ulardan ba’zi birlari hatto qirollik saroy- iga ham qarz berardi. Lekin ular siyosiy huquqlarga ega emasdilar.

Imtiyozlarni yo‘qotishga, shaxs erkinligiga intilish absolyut monarxiyani yo‘qotish zaruratiga olib keldi. Ilgarigidek XVIII asrda ham fransuz qirollari absolyut hokimiyatga ega edilar. «... Millatning huquq va manfaatlari – bari shu erda, mening qo‘limda, qirollik hokimiyati esa faqat mening shaxsimda mujassamlash- gan», – degan edi 1776 yili Lyudovik XVI Parij parlamentida.

LyudovikXIVningvafotidankeyinuning5yoshlichevarasiLyu- dovik XV (1715 –1774) qirol bo‘ldi. U voyaga etgunga qadar gersog FilippOrleanskiyregentdebe’lonqilindi,mamlakatniu8yil boshqardi, qirol esa raqs tushdi va ov qildi. Qirol saroyi yana ham bayramona mo‘l-ko‘lchilikda bo‘ldi, xazina esa tobora bo‘m-bo‘sh bo‘lib borardi. Lyudovikning tashvishi bitta edi – mamlakatdan saroy hashamatlari uchun mablag‘ undirib olish. U «Bizdan keyin ne bo‘lsa bo‘lar» qabilida yashar va mamlakatni boshqarar edi, shu- ning uchun ham davlatni to‘la xonavayronlikka olib keldi. Barcha ogohlantirishlarga u «Mening davrimga etadi, o‘rnimgakeladiga

vorisim esa o‘zi bilganicha ilojini qilsin», – deb javobberardi. Uning tashqi siyosati ham mamlakat uchun halokatli bo‘ldi. U sulola manfaatlari uchun aralashgan barcha urushlar boyberildi.

Xalqaro maydonda Fransiyaning obro‘yi tushib ketdi. Urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og‘irlashmoqda edi. Burjuaziya va zodagonlarning bir qismi qirolning siyosatidan g‘azablanardilar. Fransiya inqilobga yaqinlashardi.

1774 yilning may oyida Lyudovik XV vafot etdi va uning na- birasi, yosh, tajribasiz, qat’iyatsiz, ov qilishni va chilangarlik ishini sevadigan Lyudovik XVI (1774 –1793) qirol bo‘ldi. Kasal- mand, injiq yosh qirol davlat masalalarini hal qilishga ojizlik qilardi. Uning xotini Mariya Antuanetta Avstriya imperatori- ning qizi edi. Quvnoq, go‘zal, dadil bu ayol o‘z eriga katta ta’sir o‘tkazardi. Mariya Antuanetta saroy ko‘ngil-xushliklarining tash- kilotchisi va qalbi edi.

Fransiya esa o‘zgarishlar kutardi va qirol ham ularni o‘tkazishga moyil edi: u taxtga o‘tirish marosimida sovg‘a sifatida keltiril- gan 24 mln livr puldan voz kechdi; barchaning la’natiga uchragan kansler Mopa bilan abbat Terreni ishdan bo‘shatib, Parijdan sur- gun qildi; Parij parlamentini tikladi; moliya bosh nazoratchisi lavozimiga iqtisodchi olim Rober Tyurgoni tayinladi. Tyurgo bu lavozimga tayinlanganligi uchun Lyudovik XVIga minnatdorchilik bildirayotib, shunday dedi: «Men o‘zimni qirolning qo‘liga emas, sofdil insonning qo‘liga topshirayotirman». Bunga Lyudovik XVI:

«Va siz adashmaysiz», – deb javob berdi. Biroq oradan yigirma oy o‘tgandan keyin vazir iste’foga chiqdi.



Tyurgoning dasturi mamlakatni islohot yo‘li bilan inqirozdan chiqarishga qaratilgan edi. U qo‘shimcha soliqlarni kiritmaslik- ni taklif qildi, donga qat’i narxni bekor qildi,ssexli tizim-

niyo‘qotaboshladi,zodagonlarvacherkovningfeodalhuquqlarini tugatmoqchi edi. Afsuski, 1774 yil hosilsiz bo‘ldi, donningnarxi keskin ko‘tarilib ketdi. Bu «un urushi»ni keltiribchiqardi.



Parijda, uylarning qurumdan qorayib ketgan devorlarida qo‘lda yozilgan afishalar paydo bo‘ldi: «Agar non arzonlashmasa, vazirni almashtirmasa biz qirolni va butun Burbonlar avlodini qirib tashlaymiz». Tyurgo iste’foga jo‘natildi, uning qarorlari bekor qilindi. Islohot qilishga birinchi urinish anashundaymuvaffaqiyatsizlikka
Download 183,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish