1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari



Download 376,92 Kb.
bet30/94
Sana21.06.2022
Hajmi376,92 Kb.
#687178
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
Bog'liq
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

3. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish;

  • operativ rejalarning o’zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;

  • o’z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy resurslarga bo’lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash;

  • moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o’z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;

  • xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qo’llab-quvvatlash);

  • shakllantirilgan rejalarni operativ o’zgartirish tartibini (prosedurasini) ishlab chiqish.

Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo’lishi mumkin:

  • strategik moliyaviy rejalashtirish;

  • joriy moliyaviy rejalashtirish.

Strategik moliyaviy rejalashtirish o’z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish subyekti moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashoratidan iboratdir.
Strategik moliyaviy reja, hech bo’lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog’i lozim:

  • xo’jalik yurituvchi subyekt uchun talab qilinadigan kapitalning o’lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?

  • bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?

  • o’z kuchiga ishongan holda xo’jalik yurituvchi subyekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo’q bo’lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?

  • xo’jalik yurituvchi subyekt pul mablag’lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investisiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?

O’z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish, investision, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;

  • mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish;

  • pul oqimlarini rejalashtirish;

  • butun xo’jalik yurituvchi subyekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash);

  • investisiyalarning daromadliligini rejalashtirish.

Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo’linishi mumkin:

  • uzoq muddatli moliyaviy rejalar;

  • qisqa muddatli moliyaviy rejalar.

Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o’zining qamrab olish gorizonti bo’yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko’ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan sur’atlarini aniqlash bo’lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy to’lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy rejasi unga tegishli bo’lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat ko’rsatishining boshqa yo’nalishlari (aspektlari) qiymat ko’rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning instrumenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o’zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ishlab chiqiladi:

  • bozorlarni va ko’zda tutilayotgan sotuvlar hajmini o’zlashtirishning loyihaviy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;

  • tannarxning turli ko’rinishlarini (to’liq, ishlab chiqarish, to’g’ri va boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni o’zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi;

  • pul mablag’larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining o’zgarishi, moliq to’lovlarini optimallashtirish va boshqalar bo’yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi;

  • zaruriy investisiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash;

  • va boshqalar.




Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish