1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Texnologik ta’minot tushunchasi maksadi va vazifalari



Download 1,79 Mb.
bet56/73
Sana27.02.2022
Hajmi1,79 Mb.
#473581
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

1.Texnologik ta’minot tushunchasi maksadi va vazifalari.
Texnoligik ta’minlanish tashkiliy boshqaruvning avtomatlashti-rilgan tizimlaridagi axborotli jarayonlarni EHM va boshqa texnik vositalar yordamida amalga oshirishdir.
Texnologik ta’minotni ishlab chiqish iqtisodiy tizimlar tuzilishi xususiyat-larini hisobga olishni talab qiladi. Eng avvalo, bu tashkiliy o’zaro hamkorlikning murakkabligidir. To’g’ridan-to’g’ri va teskari yo’nalishlardagi murakkab axborot aloqalariga ega, ko’p bosqichli ierarxik tizimni (asosiy firma, filiallar) yaratish zarurligini keltirib chiqaradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari tizimga kom-pyuterlarni keng qo’llash va ular bazasida o’zaro bog’lanish, ixtisoslashtirilgan, avtomatlashtirilgan ish joylarga ega hisoblash tarmoqlari kiritiladi.
Texnik ta’minlash AIJ faoliyat yuritishining majburiy sharti hisoblanadi. Bu ularni jihozlash uchun texnik vositalarining tanlangan majmui bilan asoslangan.
Axborotlarni ishlab chiqarish vositalari-har xil quvvatlar va turlardagi hisoblash mashinalari, hisoblash tarmoqlari texnik ta’minlanishining asosini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda tashkiliy iqtisodiy boshqaruv ShK bazasida markazlash-tirilgan va tarmoqli ishlab chiqishga o’tish texnik vositalaridan amalmiy foydala-nishning o’ziga xos xususiyatlaridan bo’ladi.
Agar ShK dan kichik mahalliy tarmoqning AIJ sifatida foydalanilsa, ishlash uchun zarur barcha axborotlar markazlashtirilgan holda saqlansa, unda ishlab chiqilayotgan axborotlarning hajmi katta emas. Bunda ishning tezligi kompyuterni tez harakat qilishi bilan emas, balki operator va mashina dialogining tezligi bilan belgilanadi. Bundan kelib chiqadiki, ushbu holda kichikroq tez harakatlanishga ega EHM ni qo’llash mumkin.
Boshqa holda agar kompyuter katta hajmini hujjatlarni muntazam tayyor-lash uchun mo’ljallansa va buning uchun axborotlarning katta massivlaridan foyda-lanilsa, unda tashqi va ichki xotiraning katta hajmiga ega qudratli mashinalarni o’rnatish zarur.
Foydalanuvchilar doirasini aniqlash va ular tomonidan echilayotgan vazifalarning mohiyatini aniqlashda AIJ ni axborot bilan to’ldirilishi AIJ ning axborotli ta’minlanishining amalga oshiradi. Turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilayotgan AIJ lar taqdim etilayotgan ma’lumotlar turlari bilan ajratiladi.
Raxbarlarga boshqaruvning maqsadlarini amalga oshirish yoki qarorlar qabul qilish uchun ham ichki, hali tashqi ma’lumotlar kerak bo’ladi.
AIJning matematik ta’minlanishi natijali axborotlarni shakllantirilishini ta’minlovchi algoritmlar majmuidan iborat bo’ladi. Matematik ta’minlanishi amaliy dasturlar majmuini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
AIJ ning dasturiy ta’minlanishining tarkibida ta’minla-nishning vazifalari bo’yicha farqlanuvchi ichki asosiy turini ajratish mumkin: birinchisi umumiy (tizimli) ikkinchisi maxsus (amaliy) turlari. Umumiy dasturiy ta’minlanish dasturlarni ishlab chiqishni avtomatlashtirish va ShK da echilayotgan vazifalarga nisbatan bo’lmagan iqtisodiy hisoblash jarayonini tashkil qilishni ta’minlovchi dasturlar majmuiga kiradi. Maxsus dasturiy ta’minlanish foydalanuvchilarning aniq vazifalarini echish dasturlarining yig’indisidan iborat bo’ladi. Dasturiy ta’minlanishning oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: ishonchlilik, ShK resurslaridan foydalanishning samaradorligi, tarkibiylik, modellik, xarajatlar bo’yicha samara-dorlik, foydalanuvchiga nisbatan do’stonalik.
AIJ ning ergonomik ta’minlanishi mutaxassislar tomonidan AIJ dan foydalanishda eng qulay sharoitlarni ta’minlovchi tadbirlar majmua-sidan iborat bo’ladi. Bu AIJ texnikasini joylashtirish uchun maxsus mebel tanlash, hujjatlar va magnatli manbalarni saqlash uchun kartotekalar tashkil qilinishi ko’zda tutadi.
AIJ ergonomik ta’minlanishning muhim vazifalaridan biri-insonga ShK tomonidan salbiy ta’sirini kamaytirishdir.
AIJ ning haqiqiy ta’minlanishi bu AIJ faoliyat yuritishi sharoitlarida mutaxassislar huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi haqiqiy hujjatlar tizimidir. Bu hujjatlar axborotlarint saqlash va himoyalashni tartibga soluvchi ishlanmalar ma’lumotlarni taftish qilish, AIJ da amalga oshiriladigan operatsiyalarning haqiqiy ta’minlanish qoidalari majmui bilan qat’iy bog’langan.
AAT va AIJ faoliyat yuritishning samaradorligi axborotlarning ishlab chiqarishning zamonaviy texnik va dasturiy vositalaridan texnikani joylash-tirishning zamonaviy tashkiliy shakllari bilan birgalikda kompleks foydalanishga asoslangan.
Yakuniy foydalanuvchilar uchun hisoblash tizimi bilan muloqot qilishning shunday vosita va usullarini yaratish talab qilinadiki, bular tufayli kishilar dastur-lashning kasbiy usullarini egallamay turib, mashina bilan o’zaro hamkorlik qilishda o’zlarining axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishlari mumkin.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish