4. Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborot-larga qo’yiladigan talablar
Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
Ishonchlilik. Hozirgii davrda raxbar boshqaruv ishlarida tashabbus va omilkorlik ko’rsatishi, operativ ish olib borishi, vaziyat o’zgarishini o’z vaqtida payqab olishi, resurslar bilin manevr qila bilishi, har-bir aniq sharoitda maqbul qaror qabul qilishi zarur. Buning uchun rahbar ishonchli va mazmunli axborot olib turishi lozim.
Tushunarli ya’ni bir ma’nolilik. Axbrot tushunarli bo’lishi kerak. Chalkash, bir-biri bilan taqqoslab bo’lmaydigan ko’rsatkichlar to’g’ri raxbarlik qilishga va o’z vaqtida qaror qabul qilishga putur etkazadi.
Tezkorlik. Axborotning o’z vaqtida kelishi va belgilangan muddatda bajaruvchilarga yuborilishi ya’ni tezkorligi ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining ya’ni ishlab chiqaritshning uzluksiz bo’lishiga yordam beradi.
To’liqlilik. Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qiymatli hisoblanadi. Kech berilgan axborotlar o’z qimmatini yo’qotadi. Ishlab chiqarish vaziyatiga to’g’ri baho berish qaror qabul qilish uchun boshqaruv organi axborot bilan to’liq ta’min etilishi, axborot hajmi maqsadga muvofiq bo’lishi kerak. Axborot etishmasligi yoki haddan tashqari ko’payib ketishi tezkor va to’g’ri boshqarishga xalal beradi.
Tejamlilik. Boshqarish apparati xodimlari kanchalik yuqori malakali bo’lsa, axborot qimmati ham shunchalik tartibga solingan bo’ladi. Boshqarish organlari ma’lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari bilan qanchalik mukammal ta’minlangan bo’lsa, raxbarlarga ortiqcha, befoyda ma’lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa, o’z navbatida axborot oqimidagi tejam-korlikni ta’minlaydi.
Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va istemol qilish jarayonlariga xizmat ko’rsatuvchi axborot xalk xo’jaligi va uning bo’g’inlari, tashkiliy – iqtisodiy, boshqaruvchining vazifalari hal qilinishi ta’minlaydi va boshqaruvchi (boshqaruv) deb ataladi. U iqtisodiy texnalogik, ijtimoiy, huquqiy, demografik va boshqa mazmundagi turli -tuman ma’lumotlarni tezda namoyon qiladi. Boshqaruv faoliyatidan iborat bo’lgan axborot jarayonida axborotlar energetik, moddiy, mehnat, moliya resurslari bilan bir qatorda muhim resurslardan biri bo’ladi. Ishlab chiqarish texnalogiyalarda ishlab chiqarish va xo’jalik operatsiyalari, kishilar, mahsulotlar ishlab chiqarish, tovarlarni xarid qilish va sotish dalillar haqida birlamchi ma’lumotlar mehnat predmeti rolini, olingan natijaviy axborotlar esa mehnat mahsulotining rolini bajaradi. Undan boshqaruv qarorlarining tahlili va qabul qilinishi uchun foydaliniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |