1-mavzu fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va manbalari


-mavzu:Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar



Download 45,6 Kb.
bet6/9
Sana20.09.2022
Hajmi45,6 Kb.
#849600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqarolik mustaqil ishlar

6-mavzu:Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar.
Nazariy savollar.
1.Mulk huquqi majburiyat huquqi bilan birga fuqarolik huquqining kichik sohalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli mulk huquqi va majburiyat huquqining oʻzaro nisbati va mulk huquqining fuqarolik huquqida tutgan oʻrnini tahlil qiling?
Javob. Majburiyat huquqlari bilan ashyoviy huquqlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatlarini qondirish uchun hizmat qiladilar. Shu ma’noda ashyoviy huquqlar mulk muayyan subyekt tomonidan egallanishini, unga mansubligini tavsiflab beruvchi iqtisodiy munosabatlarni, ya’ni doimiy muvozanat (statik) holatini ifodalovchi munosabatlarni, majburiyat huquqlari esa bir shaxsdan ikkinchi shaxsga tovar harakati, mol-mulk oʻtishi jarayonini, ya’ni dinamik munosabatlarni tartibga solish uchun xizmat qiladilar. Ashyoviy huquqlar mohiyatini va ularning boshqa fuqarolik huquqlardan farqini toʻlaroq tushunish uchun ashyoviy huquqlarning bir qator oʻziga xos xususiyatlarini ajratish lozim. Ashyoviy huquq mutlaq (absolyut) huquqdir. Ashyoviy huquqlarning mutlaqligi, ushbu huquqlarning (mulk huquqi, xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish huquqi, servitut va boshqalar) subyekti, uning ashyoga nisbatan huquqini buzmaslikka majbur subyektlarning cheklanmagan doirasiga qarshi turganligidir. Bunga qarama-qarshi majburiyat huquqlari egalariga u bilan majburiyat munosabatlarda boʻlgan shaxslarning cheklangan guruhi qarshi turadi.
2.Ma’lumki, mulk huquqining mazmunida foydalanish huquq alohida oʻrin tutadi. Ayni paytda foydalanish huquqi alohida holda emas, egalik qilish elementi bilan birgalikda namoyon boʻlishi anglashiladi. Biroq foydalanish huquqining egalik qilish elementidan alohida holda qoʻllanilish holatlari ham kuzatiladi. Mol-mulkka nisbatan foydalanish elementining egalik qilish elementidan alohida holda mustaqil ifodalanish holatini tahlil qiling?

Javob. Egalik qilish huquqi – shaxsning ashyoga nisbatan yuridik hukmronligi, unga amalda va xoʻjalik jihatidan egalik qilishidir. Egalik qilish mulk huquqining zaruriy elementi boʻlib, foydalanish huquqi bilan ajralmas bogʻliq, chunki ashyodan mustaqil foydalanish uchun bir vaqtning oʻzida unga egalik qilish ham kerak. Mulkka egalik qilishni mulkdor ham, mulkdor bilan shartnoma asosida yoki oʻzga huquqiy asoslarda boshqa shaxslar ham amalga oshirishlari mumkin. Masalan, ijara shartnomasi boʻyicha ijarachining, garov shartnomasi boʻyicha garovga beruvchining mol-mulkiga egalik qilish, meros qilib qoldirish asosida umrbod egalik qilish huquqi boʻyicha mol-mulkka egalik qilish, xoʻjalik yuritish, operativ boshqaruv va boshq. Bu holda egalik qilish mulk huquqining emas, balki boshqa subyektiv fuqarolik huquqlarning tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadi. Bizning huquqiy tizimimizda egalik qilish mustaqil ashyoviy huquq hisoblanmaydi. Foydalanish huquqi – ashyodan foydalanish jarayonida uning foydali, xoʻjalik xususiyatlarini yuridik jihatidan ta’minlangan iste’mol qilish imkoniyatidir. Foydalanish huquqining mazmuniga ashyo keltiradigan hosil va daromadlarni oʻzlashtirish huquqi ham kiradi. Masalan, FK 92-moddasiga muvofiq, ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ashyo egasiga tegishlidir. Foydalanish huquqi egalik qilish huquqiga asoslanadi. Shuning uchun ashyoning foydali xususiyatlarini nafaqat mulkdorlar, balki mulkdor egalik qilish huquqi bilan ushbu huquqlarni taqdim qilgan shaxslar hamolishlari mumkin. Demak, kim mulkka egalik qilsa, u undan foydalanish imkoniyatiga egadir. Chunki, ashyoga egalik qilmasdan, undan foydalanish mumkin emas.


3.Xususiy mulk ayni paytda fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslarning mulki sifatida ifodalanadi. Bunda fuqarolarning xususiy mulki va nodavlat yuridik shaxslari mulkining oʻzaro nisbati, obyektlari doirasi va boshqarilishidagi oʻziga xosliklar mavjud. Mazkur holatni muhokama qiling.
Javob.
Xususiy mulk huquqining subyektlari, ya’ni fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslar oʻz xohishlariga koʻra va oʻz manfaatlari yoʻlida, oʻzlariga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish va shuningdek mulk huquqining har qanday buzilishlarini,ular kim tomonidan sodir etilishidan qat’i nazar, bartaraf qilishni talab etishga haqlidirlar. Xususiy mulk egaligida mavjud boʻlgan mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. Masalan, Uy-joy Kodeksining 11-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, uy-joylarga, xonadonlarga, uyning bir qismiga, xonadonning bir qismiga mavjud xususiy mulk egaligi miqdor, oʻlcham va qiymat boʻyicha cheklanmaydi. Lekin, shu bilan birga, qonunchilikda belgilangan hollarda, xususiy va ijtimoiy manfaatlarini koʻzlash maqsadlarida ba’zi bir cheklashlar oʻrnatilishi mumkin. Masalan, “Giyohvandlik vositalari va psixotropli moddalar toʻgʻrisida” gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar oʻzlarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun, koʻrsatilgan faoliyat turi uchun litsenziyaning mavjudligi va yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ortiq boʻlmagan miqdorda, prekursorlarni sotib olishlari mumkin va sotib olingan yoki buyurtirilgan prekursor miqdori mazkur ehtiyojlardan ortib qolgan har bir holatda maxsus vakolatli organni shu haqda xabardorqilishga majburdirlar. Monopolistik faoliyatni cheklash va unga chek qoʻyish, hamda raqobatni rivojlantirish maqsadlarida, monopoliyaga qarshi qonunchilik tomonidan aksiyalarni ma’lum miqdorda sotib olish uchun tegishli davlat organidan ruxsatnoma olinishi shartligi ko ʻzda tutilgan.
4. Ommaviy mulkning shakllanish manbalarida soliqlar muhim oʻrin tutadi? Biroq soliqlarni undirish fuqarolik huquqiy munosabatlar tarkibiga kirmaydi. Shu sababli soliqlarning ommaviy mulkning shakllanish manbai sifatidagi ya’ni holatini uning soliq huquqi obyektliligi holatidan kelib chiqib muhokama qiling?
Javob. Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga binoan respublika mulki respublika budjetiga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobidan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazzarda tutilgan asoslarga ko’ra boshqa tushmlar hisobidan tashkil etiladi.
5. Munitsipal mulkni xususiylashtirish haqidagi qaror chiqarishda vazirlik va idoralarning vakolatlari va mahalliy davlat hokimiyat organlarining vakolatlarini toʻqnashuvi va ularning oʻzaro nisbatini fuqarolik-huquqiy nuqtayi nazardan mushohada eting?
Javob. Ommaviy mulk toifasidan xususiy mulk tarkibiga korxonalar (mulkiy majmualar), turarjoy binolari, xonadonlar, yer uchastkalari kabi obyektlarning oʻtishi maxsus qonunlar tomonidan nazarda tutilgan. Mazkur qonunlar, shuningdek, mulk huquqining rasmiylashtirilishi bilan birga, shunday oʻtishning shartlari va tartibini ham belgilaydi. Shu sababdan, Oʻzbekiston Respublikasi FKning mulk huquqining qoʻlga kiritilishi va bekor qilinishi toʻgʻrisidagi umumiy qoidalari faqat xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikda maxsus koʻrsatmalar mavjud boʻlmaganligi shartidagina mazkur munosabatlarga taalluqli boʻladi.Aslida bu, maxsus qonun umumiy qonundan ustuvorligi toʻgʻrisidagi umumiy qoidaga muvofiq, xususiylashtirish munosabatlari Kodeks qoidalarining ta’siri doirasidan qisman chiqarilganligini bildiradi. FK 215-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki ular tomonidan vakolatlangan organlar munitsipal mulk huquqining subyektlari deb e’lon qilingan.Munitsipal mulk huquqining subyektlari, odatda, murakkab tizimli tuzilmalar boʻlib, oʻzining ma’muriy-boshqaruv, ijtimoiy-madaniy, tezkorxoʻjalik kabi organlarining keng tarmogʻi orqali faoliyat yuritadilar, ammo faqat ular bilan cheklanib qolmaydilar. Bunda, munitsipal mulkning huquqiy rejimini vujudga kelishi molmulkni davlatdan ma’muriy-hududiy tuzilmalarga berishning qonun tomonidan tartibga solingan jarayoni doirasida sodir boʻladi. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 2-sentyabrdagi “Mahaliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismining normalariga tayanish lozim, unda quyidagicha koʻrsatilgan:“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari fondlarning va aniq maqsadga qaratilgan fondlarning mablagʻlari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega boʻlgan muhandislik infrastrukturasi obyektlari vaboshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta’limi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablagʻi hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek, ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qogʻozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki boʻlishi mumkin”.
Kazuslar.

  1. Olimov kechki payt ishdan qaytayotib yoʻldan uzuk topib oldi. Uzukni olib uyiga kelib qarasa, u tilladan yasalgan ekan. Ertasi kuni Olimov uzukni tanish zargarga koʻrsatib narxini surishtirganda, zargar uzuk juda qimmat turishini aytdi. Hursand boʻlib ketgan Olimov bu haqda ishxonasidagi doʻsti Nazirga aytganida, Nazir unga uzukni topilmalaridorasiga olib borish kerakligini, yoʻqsa, qonunda belgilangan javobgarlika toritilishini aytdi. Olimov maslahat soʻrab advokatga murojaat qildi. Unga maslahat bering?

Javob. O’zbekiston Reespublikasi Fuqarolikkodeksining 192-moddasiga muvofiq yo’qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo’qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo’lgan o’zga ma’lum shaxslardan birortasini darxol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni darxol shu shaxsga qaytarishi zarur. Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan bo’lsa, u shu binoning yoki transportning egasi bo’lmish shaxsga topshirilmog’I zarur. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlari va majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytaarilishini talab qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs noma’lum bo’lsa yoki uning manzili ma’lum bo’lmasa ahsyoni topib olgan shaxs Ichki ishlar organiga, tegishli davlat organlariga yoki fuqaorlarning o’zini o’zi boshqarish organiga ms’lu qilishi shart. Ashyoni topib olgan shaxs uni o’zida saqlab turishga yoki saqlash uchun ichki ishlar organi, tegishli davlat organi yoki fuqarolaring o’ziini o’zi boshqarish organiga yoxud ular ko’rsatgan shaxsga topshirishga haqlidir. Xulosa qilub aytadigan bo’lsak, ushbu vaziyatda fuqaro Olimov topilgan uzuk bo’yicha tegishli davlat organlariga murojat qilishi zarur.
2. Fuqaro A. notariusga murojaat qilib, fuqaro B. ga tegishli boʻlgan uy-joy (koʻchmas mulk)ga mulk huquqini beruvchi orderni rasmiylashtirib berishni soʻradi. Bunga asos qilib, u 30 yil davomida uy-joyga halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelganligi, B. ning vafot etganligi, uning merosxoʻrlari yoʻqligini ma’lum qildi. Ammo notarius fuqarolik qonunchiligi orqaga qaytish kuchiga ega emasligini bildirib, rad javobini berdi. Fuqaro A. ning talabi oʻrinlimi? Masala qanday hal qilinishi kerak?
Javob. Fuqarolik kodeksining 187- moddaisga muvofiq mulkdor bo’lmagan lekin mol-mulkka 15 yil davomida yoki boshqa mol-mulkka 5yil davomida o’ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi(egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat). Ko’chmas va boshqa mol-mulkka davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan mulk huquqi ushbu mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli olgan shaxsda anashunday ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlanadi. Egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqini olgunga olgunga qadar mol-mulkka o’ziniki kabi egalik qilib turgan shaxs o’z egaligini mol-mulkning egalari bo’lmagan, shuningdek qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra egalik qilish huquqi bo’lmagan boshqa shaxslardan himoya qilish huquqiga ega. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Ushbu vazuyatda notariusning harakatlari natog’ri.
3. Fuqaro Abdurazzoqovlarga tegishli boʻlgan xususiy uy-joy yoʻl qurilishi munosabati bilan buzib tashlanishi haqida viloyat hokimining qarori qabul qilindi. Abdurazzoqovlarga tegishli boʻlgan xususiy uy-joy buzib tashlangandan soʻng, ularning oila a’zolaridan ayrimlariga yer uchastkasi olib berildi. Biroq, oilaning boshqa a’zolariga yer uchastkasiolib berish taklifi bildirmadi.Mazkur holatda Abdurazzoqovlar oilasining xususiy mulk huquqini himoya qilishning qanday yoʻllari mavjud? Mulk huquqi mulkdorning molmulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari qanday himoya qilinadi?
Javob. Fuqarolik kodeksining 206-moddasiga ko’ra dadvlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qo’yishga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkasini olib qo’yish to’g’risidagiqarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonun hujjatlarida belgilangan holler va tartibdagina yo’l qo’yiladi, buday holda mulkdorga olib qo’yilgan mol-mulkka teng qimmatli mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi va uning ko’rgan boshqa zararlari qoplanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi bilan yetkazilgan zarar to’laqoplanadi. Olib qo’yilgan yer uchastkasidagi uylarnng, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki ekinlarning , shuningdek,yer uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymatini aniqlash belgilangan tartibda baxolovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda hususiy mulk huquqi bekor qilinganda olib qo’yilayotgan mol-mulkning va yer uchastkasiga bo’lgan huquqning bozor qiymati bevosita ushbu mol-mulkni olib qo’yishdan oldingi holatga ko’ra yoki kelgusida olib qo’yilishi haqidagihabar mol-mulkning va yer uchastkaisga bo’lgan huquqning bozor qiymatiga ta’sir qilgan paytdagi holatga ko’ra baxolovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Olib qo’yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqaa imoratlarni, inshootlarni va ekinlarni buzib tashlashga zararlarning zararlarning o’rni bozor qiymati bo’yicha oldindan va to’liq qoplanmaguncha yo’l qo’yilmaydi.Mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga mulkdor rozzi bo’lmagan taqdirda, bu qaror nizo sud tomonidan hal qilingunicha amalga oshirilishi mumkin emas. Nizoni ko’rib chiqish vqatida mulkdorga yetkazilgan zararni to’lash bilan bog’liq barcha masalalar hal qilinadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak , davlat organining harakatlari natog’ri.
4. Fuqaro S. sudga murojaat qilib, fuqaro D. ga tegishli boʻlgan uyjoy (koʻchmas mulk)ga mulk huquqini berishini soʻradi. Bunga asos qilib, u 20 yil davomida uy-joyga halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelganligi, D. ning vafot etganligini ma’lum qildi. Ammo sud fuqarolik qonunchiligi orqaga qaytish kuchiga ega emasligini bildirib, rad javobini berdi. Fuqaro S. ning talabini muhokama qiling.
Javob .
Javob. Fuqarolik kodeksining 187- moddaisga muvofiq mulkdor bo’lmagan lekin mol-mulkka 15 yil davomida yoki boshqa mol-mulkka 5yil davomida o’ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi(egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat). Ko’chmas va boshqa mol-mulkka davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan mulk huquqi ushbu mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli olgan shaxsda anashunday ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlanadi. Egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqini olgunga olgunga qadar mol-mulkka o’ziniki kabi egalik qilib turgan shaxs o’z egaligini mol-mulkning egalari bo’lmagan, shuningdek qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra egalik qilish huquqi bo’lmagan boshqa shaxslardan himoya qilish huquqiga ega. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Ushbu vazuyatda sudning harakatlari natog’ri.

Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish