1-mavzu fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va manbalari


-mavzu: Shartnoma to’g’risida umumiy qoidalar. Shartnomalarni tuzish, o’zgartirish va bekor qilish



Download 45,6 Kb.
bet9/9
Sana20.09.2022
Hajmi45,6 Kb.
#849600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqarolik mustaqil ishlar

9-mavzu: Shartnoma to’g’risida umumiy qoidalar. Shartnomalarni tuzish, o’zgartirish va bekor qilish.
Nazariy savollar.
1. Koʻp hollarda bitim va shartnoma tushunchasi bir xil hisoblanadi hamda shartnoma tushunchasi oʻrniga bitim va bitim tushunchasi oʻrniga bitim tushunchasi qoʻllaniladi. Mazkur holatlarning qaysi bir huquqiy jihatdan asosli ekanligi muhokama qiling?
Javob. Shartnoma huquqiy tartibga solish vositalari ichida eng universal, demokratik vosita hisoblanadi. Shartnomalar orqali huquqiy munosabat tartibga solinganda, undagi barcha ishtirokchilarning manfaati eng koʻp darajada ta’minlangan boʻladi. Odatda har qanday shartnoma ixtiyoriylik asosda vujudga keladi va shartnomalarda huquq va majburiyatlarni belgilashda mulkiy manfaatlar va shaxsiy ne’matlarni taqsimlashda oʻziga xos muvozanat, uygʻunlik oʻz mujassamini topadi. Garchi shartnomalar qadim-qadimdan fuqarolik huquqida, oila huquqida, mehnat huquqida va xalqaro huquqda qoʻllanilib kelinayotgan boʻlsa ham, bugungi kunda undan huquqni boshqa tarmoqlarida ham foydaydalanish holatlarikuzatilmoqda. Jumladan, jinoyat huquqida yarashuv, jinoyat protsessida sud bilan guvoh oʻrtasidagi, sud bilan sudlanuvchi oʻrtasidagi kelishuvlar buni yaqqol misoli hisoblanadi. FKning 8-moddasi talabiga koʻra, shartnomalar taraflar oʻrtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir.
2. Shartnomalar tuzish erkinligi tamoyili va FKning 377-moddasida belgilangan majburiy tartibda shartnoma tuzish qoidalarining nisbatini tahlil qiling?
Javob. Shartnoma erkinligi tamoyilining mazmuni FKning 354-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan. Unga koʻra, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Buning ma’nosi shundan iboratki, hech kim ularni shartnoma tuzishga majbur qila olmaydi. Shartnoma fuqarolar va yuridik shaxslarning oʻz xohishiga koʻra, oʻz erki irodasi bilan tuziladi. Albatta, ularni shartnoma tuzishga undovchi sabablar (motiv) turlicha boʻlishi mumkin: oʻz ehtiyojlarini qanoatlantirish, foyda olishga intilish, ta’sis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish va h.k. Ba’zan, boshqa uchinchi shaxslar shartnoma tuzish haqida talab,taklif yoxud iltimos qilishlari mumkin. Biroq har qanday holda ham shartnoma tuzish haqidagi qaror fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan mustaqil, oʻz erki-irodasi asosida qabul qilinadi. Shartnoma tuzish vaqtida fuqaro (yuridik shaxs rahbari, vakili) fikri tiniq, ruhiy holati normal, oʻzini oʻzi idora qila oladigan, oʻz harakatlarining oqibatlarini koʻra oladigan holda boʻlishi lozim. Fuqarolik kodeksining 377 moddasiga muvofiq oferta (shartnoma loyihasi) yo’llangan taraf uchun shartnoma tuzish majburiy bo’lgan hollarda bu taraf oferta olingan kun kundan boshlab o’ttiz kun mobaynida boshqa tarafga aksept to’g’risida yoki akseptdan bosh tortishi to’g’risida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi to’g’risida (shartnoma loyixasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) bildirish yo’llashi kerak. Oferta yo’llagan hamda shartnoma tuzishi majburiy bo’lgan tarafdan ofertani boshqa shartlarda akseptlash to’g’risida bildirish olgan taraf bunday bildirish olingan yoki akept uchun muddat tugagan kundan boshlab 30kun mobaynida shatnoma tuzish chog’ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko’rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli.
Kazus.
1.Fuqaro Qodirovdan Maqsudov 900.000 soʻm miqdorida 10 kunlik muddat ichida qaytarish sharti bilan qarz oldi. Umumiy qoida boʻyicha Qodirov Maqsudovga shartnomani yozma ravishda ifodalab qoʻyishlarini taklif qildi. Shu ondayoq Maqsudov: “ey, ogʻayni, sen nimadeb oʻylayapsan, men aytilgan kundayoq pulni qoʻlingga tutqazaman”, deb ogʻzaki roziligini olib, taraflar bunga kelishgandek boʻldilar. Belgilangan kun oʻtdi, ammo puldan darak boʻlmadi. Qodirov Maqsudovdan pulni talab qilganida, u bunga oʻtaketgan e’tiborsizlik bilan qaradi. Qodirov ushbu masala yuzasidan sudga murojaat qildi. Sud tergovida Maqsudov shartnoma tuzilayotganida ogʻzaki kelishishga oʻzi rozi boʻlganligini xaspoʻshlashga urindi. Ish boʻyicha fikringiz qanday? Sukut saqlash aksept boʻla oladimi? Shartnomaning yozma shakli uning ogʻzaki shaklidan qanday afzalliklarga ega? Agar kelishuv yozma shaklda ifodalanganda jarayon qanday kechardi?
Javob. Amaldagi qonunchilikka muvofiq Sudlar shartnoma tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda Qonunning 10 — 15-moddalari, Fuqarolik kodeksining 364—385-moddalariga muvofiq, shartnoma tuzish haqidagi tarafning taklifi (oferta)ga javob to‘liq va pisandasiz bo‘lgandagina aksept hisoblanishiga e’tibor berishlari kerak. Agarda ikkinchi taraf ofertani ba’zi bir e’tirozlar bilan yoki qisman qabul qilsa, u holda bu aksept bo‘lmaydi va qarshi taklif bildirilgan deb hisoblanadi.Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda uni olgan shaxsning ko‘rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo‘natishi, xizmat ko‘rsatishi, ishlarni bajarishi, muayyan summani to‘lashi va hokazolar), agarda qonun va ofertada boshqacha tartib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi. Agar shartnoma tuzish haqidagi taklifni olgan shaxs belgilangan muddat davomida shartnomada nazarda tutilgan shartlarni qisman bajargan (tovarlarni qisman jo‘natgan, pul summasini qisman to‘lagan) bo‘lsa, uning harakati aksept deb baholanadi. Bunday holatlarda sudlar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, xo‘jalik shartnomasini tuzilgan deb hisoblab, unga tegishli baho berishlari lozim.Qonunning 11-moddasi va Fuqarolik kodeksining 108-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik shartnomalari yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik (og‘zaki kelishuv) uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi (qonunda ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). Biroq, sudlar shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik oqibatida nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum etsa-da, yozma va boshqa dalillar bilan tasdiqlash huquqi beriladi.1. FK ning 106- moddasidagi og'zaki shaklda tuzilgan Agar shartnoma yozma shaklda tuzilganida sud bu ishni shartnomada berilgan shartlar asosida ko'rib chiqgan bo'lar ediBu holatda Qodirov (qarz beruvchi) qarz oluvchi Maqsudovga nisbatan sudga murojaat qilganligi o'rinli .2.Sukut saqlash aksept hisoblanadi. Lekin, ushbu holatda, shaxs ofertani rozi bo‘lib qabul qilmagan, shuning uchun ushbu holat uchun shaxsning harakatlari aspekt hisoblanmaydi.
2. Fuqarolar E. Qurbanov va D. Xayrullaevalar xonadonni oldi-sotdi shartnomasini imzoladilar. Shartnoma qonunga muvofiq notarius tomonidan rasmiylashtirildi. Biroq xonadonni sotuvchi D. Xayrullayeva mulk huquqini E. Qurbanovga oʻtganligini tasdiqlab, Texnik inventarizastiyalash mahkamasidan roʻyxatga oʻtkazishni ayrim sabablarni roʻkach qilib kechiktirib kelgan. Sotib oluvchi fuqaro E. Qurbanov uyga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerak. Shartnoma bunday vaziyatlarda qachon tuzilgan hisoblanadi.
Javob. Fuqarolik kodeksining 388-moddasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi sharnomasida nazzardatutilgan topshirishi shart. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, sotuvchi sotib oluvchiga ashyoni berish bilan bir vaqtda unga mansub ashyoni shuningdek qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan ashyoga aloqodor hujjatlar( texnik passport, sifat sertifikati, foydalanish bo’yicha yo’riqnoma va hkz)ni topshirishi shart. Ushbu kodeksning 389-moddasiga muvofiq sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyatini bajarish muddati oldi-sotdi shatnomasida belgilanadi. Agar shartnom bu muddatni aniqlash imkonini bermasa u ushbu kodeksning 242-moddasida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq aniqlanadi. Belgilangan muddat buzilgan taqdirda sotib oluvchida shartnomaning bajarilishiga qiziqish yo’qolishi shaartnomadan aniq bilinib tursa oldi- sotdi shartnomasi uni qatiy belgilangan muddatda bajarish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi.Sotuvchi bunday shartnomani unda belgilangan muddatdan oldin yoki bu muddat tugagandan so’ng sotib oluvchining roziligisiz bajarishga haqli emas. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, shartnoma notarrius tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va sotuvchi D. Xayrullayeva o’z majburiyatini vaqtida bajarmaganligi uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan normalar bo’yicha javobgar bo’lishi mumkin.
Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish