1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo'LG'usi pedagoglarda o'qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafani taraqqiyot bosqichlari. Reja


San‘at estetikaning tadqiqot ob‘ekti



Download 168,6 Kb.
bet45/74
Sana31.12.2021
Hajmi168,6 Kb.
#261635
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
фалсафа

San‘at estetikaning tadqiqot ob‘ekti sifatida o’ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo’rtib ko’zga tashlanadi. SHunga ko’ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San‘at hayotni in‘ikos ettirar ekan, insonning o’zini o’ziga ko’rsatuvchi ulkan ko’zgu vazifasini o’taydi. U insonni o’rgatadi, da‘vat etadi, go’zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san‘atning ko’makchisi, etakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san‘atning paydo bo’lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san‘at asarining ichki murvatlaridan to san‘atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan, san‘at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan esa, san‘at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o’zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. SHunday qilib, estetika san‘atni hamma tomondan qamrab oladi va unga teran kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi – idrok etuvchiga etib borgunigacha bo’lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero, «San‘at falsafasi» iborasining siri ham ana shunda.

Estetika – falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa, fanlarning podshosidir. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o’z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon etaklaydi. SHu bois, tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. Estetika esa, falsafiy fan sifatida barcha san‘atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go’zallik orqali haqiqatga etishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san‘atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, marom (ritm), kompozitsiya va h.k. borasidagi qonuniyatlar barcha san‘at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san‘at turi haqidagi fan bunday imkon va imtiyozga ega emas. Masalan, kinoshunoslik ishlab chiqqan montaj nazariyasini musiqa yoki me‘morlik san‘atiga tadbiq etib bo’lmaydi.



Estetikaning falsafiy mohiyatini yana uning san‘at asariga yondashuvida ko’rish mumkin. Ma‘lumki, har bir san‘atshunoslik ilmi o’z tadqiqot ob‘ektiga uch tomonlama – nazariy, tarixiy, tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikni olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo’lgan badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositalarini o’rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy-badiiy jarayonlar ketma-ketligini tadqiq qilish orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa, adabiy-badiiy ijodning zamonaviy jarayonlarini tahlil etadi va har bir yangi asarni baholaydi, asar ijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham, rangtasvirda ham, boshqa san‘at turlarida ham shunday. Estetikada esa, tadqiqot ob‘ektiga yondashuv uch emas, birgina – nazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham nazariyaga bo’ysundiriladi. To’g’ri, «estetika tarixi» degan atama mavjud va shu nomda kurslar o’qitiladi. Lekin bu nom, bu ibora shartli tarzda qo’llaniladi. CHunki, u fan tarixi emas, balki tarixan davrlarga bo’lingan estetik nazariyalar tahlilini o’z ichiga oladi. Ma‘lumki, san‘at asarining mavjud bo’lishi uchun to’rt  shart yoki omil albatta zarur. Bular: ijodkor – badiiy asar – badiiy asarni idrok etuvchi –vositachi. YUqoridagi misol nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak: yozuvchi – roman – kitobxon – tanqidchi. Adabiyotshunoslik bularning har birini odatda alohida-alohida o’rganadi. Deylik, yozuvchi Odil YOqubov  ijodiy faoliyati haqida adabiy portret alohida, uning «Ulug’bek xazinasi» romani to’g’risida tadqiqiy maqola alohida, «Ulug’bek xazinasi» romani va zamonaviy kitobxonning didi, saviyasi va talablariga bag’ishlangan taqriz hamda unda kitob nashriga (nashriyotga) doir mulohazalar alohida-alohida yozilishi mumkin. Nafosatshunoslik fani hammasini bir yo’la, muayyan tizim sifatida tadqiq etadi va bu tadqiqot umumlashtiruvchilik, nazariylik xususiyatiga ega bo’ladi. SHunday qilib, estetikaning falsafiy mohiyatini ko’rib o’tdik. Endi uning boshqa fanlar bilan o’zaro munosabatlariga to’xtalamiz.


Download 168,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish