1) progressiv assimilyatsiya;
2) regressiv assimilyatsiya.
Progressiv assimilyatsiyada oldingi fonema o‘zidan keyin fonemani o‘ziga o‘xshatadi: qishloq+ga→qishloqqa, idish+da→idishta, ko`k+ga→ko`kka (yozilishi qishloqqa, idishda, ko`kka).
Regressiv assimilyatsiyada keyingi fonema o‘zidan oldingi fonemani o‘ziga o‘xshatadi: tanbur→tambur, mazkur→maskur, (yozilishi: tanbur, mazkur).
O`zgargan fonemalar orasidagi masofa jihatidan assimilyatsiya ikkiga bo`linadi: 1) kontakt assimilyatsiya yonma-yon kelgan undoshlarning o`zaro o`xshash bo`lib qolishidir: oq+gan→oqqan; 2) distant assimilyatsiya uzoqda joylashgan fonemalarning o`zaro ta’sir natijasida o`zgarishidir: soch→choch.
Do'stlaringiz bilan baham: |