1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Kontaktli payvandlash mashinalarining ishchi qurilmalari



Download 5,29 Mb.
bet31/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

5. Kontaktli payvandlash mashinalarining ishchi qurilmalari


Kontaktorlar kontaktli mashinalar transformatorlari birlamchi o’ramlarining tokini qo’shish va ajratishga mo’ljallangan. Iqtisodiy va samaralilik nuqtai nazaridan tiristorli kontaktorlar maqsadga muvofiq bo’ladi.
Payvandlash sikli rostlagichlari payvandlash operatsiyalari davomiyligini rostlash va muayyan ketma-ketligini ta’minlashni amalga oshiradi.
Sinxron to’xtatkichlar kontaktli mashinalar transformatorlarining birlamchi o’ramlari tokini sinxron qo’shish va ajratish, uning miqdori va o’tish davomiyligini rostlash uchun mo’ljallangan.
Pnevmatik va gidravlik apparaturalar kontaktli mashinalar pnevmatik va gidravlik yuritmalari ishini boshqaradi.
Turlicha shakllarga ega, shtamplab payvandlangan kuzov uzellarini ishlab chiqarish katta miqdordagi asbobsozlik qurilmalarini talab qiladi. Kontaktli payvandlash mashinalari asboblariga konsollar, elektr tutqichlar, elektrodlar, shuningdek, payvandlash qisqichlari va to’pponchalar kiradi.
Konsollar, elektr tutqichlar va elektrodlar nuqtali payvandlash statsionar mashinalari ikkilamchi konturining tarkibiy qismi hisoblanadi, ular orqali payvandlash joyiga tokni o’tkazish ta’minlanadi.
Konsollar, bundan tashqari, payvandlanadigan detallar siqish kuchini qabul qilish uchun qo’llaniladi va yetarlicha bikrlikka ega bo’lishi talab etiladi. Konsol uchida elektrtutqichni mahkamlash uchun boltli birikma bor. Konsollar M1 markali misdan yoki mis asosidagi qotishmalardan tayyorlanadi.
Elektrtutqichlar elektrodlarni mahkamlash uchun xizmat qiladi va shunga bog’liq tarzda turlicha konstruksiyaga ega bo’ladi. Ular turlicha markadagi bronzalardan tayyorlanadi (xromli – БрХ, kadmiyli – БрКдva b.).
Elektrodlar payvandlash mashinalarida eng ko’p yuklangan asboblardir. Payvandlanadigan mahsulot bilan bevosita tutashgan holda, ular ham harorat, ham kuch ta’siriga uchraydilar va shuning uchun ancha tez yeyiladilar. Elektrodlarni tayyorlash uchun turli markali bronzalar, jumladan, xromli bronza – БрХ ko’proq qo’llaniladi. Ushbu elektrodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. normal va yuqori haroratlar sharoitida yuqori issiqlik- va

elektro’tkazuvchanlik;

  1. katta bosimlarni uzatish uchun yetarlicha mustahkamlik va

yanchilishga yuqori bardoshlilik;

  1. normal va yuqori haroratlar sharoitida yuqori oksidbardoshlik;

  2. mahsulot metalli bilan payvandlanishning yo’qligi va cachrovlarning detalga past mustahkamlik bilan yopishishi;

  3. mustahkamlik buzilishining yuqori haroratlarda sodir bo’lishi;

  4. elektrod materialining yaxshi ishlanuvchan bo’lishi va tannarxning past bo’lishi.

Elektrodlar konstruksiyalarining xilma-xilligi kontaktli payvandlash usuli, birikish joylarida mahsulot konfiguratsiyalari, detallar qalinligi, tutashuv sirti shakli va o’lchamlari, elektrtutqichda mahkamlash usuli, sovutish suyuqligini uzatish zarurati va b. omillar bilan tushuntiriladi.
Nuqtali mashinalar elektrodlari ko’pchilik hollarda elektrtutqichlar bilan konussimon o’tqazish sirti orqali biriktiriladi. Bu o’rinda rezbaning mumkin bo’lgan shikastlanishi natijasida elektrodlarni chiqarib olish qiyinlashishi sababli konussimon rezba kam qo’llaniladi. Ishchi sirtni sovutuvchi suvni berish uchun elektrodlarda maxsus kanallar qilingan bo’ladi.
Relyefli payvandlash uchun mahsulot shakli va birikish tipiga bog’liq bo’lgan elektrod konstruksiyalari qo’llaniladi. Ular ishchi sirt o’lchami, odatda, katta ahamiyatga ega bo’lmaydi, chunki tutashuv yuzasi tegishish joyidagi payvandlanadigan sirtlar shakli orqalianiqlanadi. Ko’p relyefli payvandlashda, relyeflar bo’ylab tokni va kuchni tekis taqsimlash maqsadida elektrodlar ishchi sirtlarining o’zaro parallel bo’lishini ta’minlash muhimdir.
Chokli mashinalar elektrodlari disklar (roliklar) ko’rinishida tayyorlanadi va diametri 100-400 mm chegaralarda bo’ladi. Elektrodlar ishchi sirtlari silindrik yoki toroidal qilib tayyorlanadi. Silindrik ishchi sirt kengligi detal qalinligi ga bog’liq
t arzda munosabat orqali aniqlanadi. Elektrod diskining umumiy
qalinligini, odatda, ga teng qilib tayyorlaydilar.
Relyefli va chokli mashinalar elektrodlari uchun ham nuqtali mashinalar elektrodlari uchun qo’llangan materiallar ishlatiladi.

  1. Download 5,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish